Uzatilayotgan ma’lumot turiga qarab xizmatlar klassifikatsiyasi (kontent)




Download 8,17 Mb.
bet18/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Uzatilayotgan ma’lumot turiga qarab xizmatlar klassifikatsiyasi (kontent). Ushbu usulga mos ravishda xizmatlar klassifikatsiyasi quyidagilarga bo‘linadi:

  • telefon (va videotelefon) xizmatlari;

  • ma’lumotlar uzatish xizmatlari;

  • keng eshittirishli xizmatlar;

  • ajratilgan kanallarning xizmatlari (uzatilayotgan ma’lumotlar turiga umuman bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar);

  • infrastrukturali xizmatlar.

Telefon xizmatlari deganda tovush uzatishni tushunish mumkin. Bunda oxirgi foydalanuvchi sifatida boshqa huddi shunday mijozlar bilan interaktiv rejimda o‘zaro munosabatda bo‘ladigan individual mijozlar bo‘lishi mumkin. Bu xizmatlar o‘z navbatida qayd etilgan va uyali telefon aloqasi xizmatlariga bo‘linishi mumkin. Bundan tashqari, hozirda ushbu turdagi xizmat turlaridan bosqichma bosqich video uzatish xizmat turi (videotelefoniya) ajralib chiqmoqda. Masalan, bu xizmatlarning asosiy turlaridan biri videokonferens aloqa hisoblanadi.
Hozirda sodir bo‘layotgan tarmoqlarning konvergensiyasida telefon va boshqa turdagi xizmat turlari orasidagi chegara unchalik ajratilmaydi. Biroq hozirgi kunda telefon xizmat turlarini boshqa xizmat turlaridan ajratishimizning asosiy sabablaridan biri, bu abonent tamonidan chaqiriladigan manzillar tahlili asosida kanallar kommutatsiyasi bilan bog‘liq.
Telefon xizmatining asosiy hisob birligi “ulash minuti” hisoblanadi va bu tarmoqning infrastrukturasiga (TDM, VoIP), mijoz turiga (subprovayderlarga va korporativ mijozlarga “minutlar” ulgurji sotilishi mumkin) va ulanish turiga bog‘liq emas. Qo‘shimcha hizmatlar (masalan, intellektual tarmoq xizmatlari) ham “minut” birligi sifatida hisoblanadi. Trafikni “chegaralanmagan” tariflash xizmat turlari ham uchrab turadi. Agar minut bo‘yicha tariflash xizmati operator tomonidan olib borilmasa, telefon xizmatlariga berilgan xizmat mezonlariga bog‘liq holda operator tarmog‘ida telefon kanalini kommutatsiyalash amalga oshirilishi mumkin.
O‘z navbatida ma’lumotlar uzatish xizmatlari IP, ATM, FR, X.25 va boshqa shu kabi xizmatlarga bo‘linadi. Bu xizmatlar abonentni manzil (kommutatsiyalash) bilan ulashni amalga oshiradigan paketlar sarlavhasini tahlil qilish asosidagi protokollarga bog‘liqligi bilan farqlanadi. Hisoblashlar uzatiladigan trafikdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, ya’ni bilvosita yoki bevosita o‘lchash amalga oshiriladi, masalan, xizmat ko‘rsatish sathi haqida kelishuv (SLA) asosida yoki kanal sig‘imi va uni ishlatish vaqtiga bog‘liq uzatilayotgan trafikdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Xizmat ko‘rsatish ko‘p protokolli ma’lumotlar uzatish muhitidan foydalanilgan holda taqdim etilganda va tarmoqda ko‘p turdagi trafik mavjud bo‘lganda xizmat turini “ajratish” oson bo‘lmaydi, ya’ni ulardan o‘tayotgan trafik qismini belgilash oson bo‘lmaydi. Bularni IP – paketlari, ATM – yacheykalari, FR va X.25 kadrlari asosida hisoblash oson bo‘ladi. Bu hisoblashlarning natijalarini foydalanuvchiga ishlatilgan pul qiymati sifatida uzatiladi. Ko‘p protokolli tarmoqda trafikning tarifikatsiyasi mavjud bo‘lmagan holatda, xizmat turini ajratilgan kanallar xizmati turiga kirgizishimiz mumkin.
Keng eshittirishli xizmatlar bir vaqtda ko‘p sonli mijozlarga ma’lumotlarni bir yo‘nalishda uzatishni taqdim etadi. Unga birinchi navbatda tele va radio eshittirishlar kiradi. Hozirda bu xizmat turlarini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Bu harakatlar tufayli interaktiv televideniya vujudga keldi.
Ajratilgan kanallar xizmatlari orqali ma’lumotlar yetkazib berish tarif siyosatiga ega kanallarni taqdim etadi. Bu siyosatda trafikning turi, qiymati va kanalni ishlatish darajasi hisobga olinmaydi. Turli xil tariflarni farqini, kanalning turi va uning eng katta o‘tkazuvchanlik qobiliyati bo‘yicha ajratish mumkin.
Mijozlarga ma’lumotlar yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlarni infrastrukturali xizmatlar deb atash mumkin. Bu xizmat turlariga misol tariqasida infrastrukturani (qurilma yoki joy) ijaraga berishni va turli maslahatli xizmatlarni olish mumkin. Bundan tashqari bir turdagi ish ham bo‘lishi mumkin. Masalan, boshqa operator yoki korporativ mijozning telekommunikatsiya tarmog‘ini loyihalash yoki qurish.

Download 8,17 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzatilayotgan ma’lumot turiga qarab xizmatlar klassifikatsiyasi (kontent)

Download 8,17 Mb.