• Multimediali aloqa tarmoqlarida sinxronizatsiya
  • R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




    Download 8,17 Mb.
    bet54/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    SUA va IUA protokollari. SCCP foydalanuvchilari uchun moslashish sathining SUA protokoli, IP-tarmoq bo‘ylab SCCP foydalanuvchilarning signalli xabarlarini o‘tkazishni ta’minlaydi, masalan, TCAP yoki INAP, SUA protokoli IP-tarmoq signalizatsiyaning oxirgi punktlari va signalizatsiya shlyuzlari orasida qo‘llaniladi.
    SUA protokoli, SCCP xizmatlar singari tartibsiz va tartiblangan yetkazish bilan ulanishsiz, ma’lumotlar oqimini boshqarishli yoki boshqarishsiz ulanishlarga mo‘ljallangan xizmatlar va xabarlarni o‘z vaqtida yetkazilmaganligi natijasidagi xatolar va xabarlarning yo‘qolganligini bilish xizmatlarini ta’minlaydi (ya’ni SCCP 0 dan 3 gacha xizmatlar sinfi). Ulanishsiz xizmat holatida SCCP va SUA protokollari signalizatsiya shlyuzida o‘zaro ta’sirlashadi.
    ISDN - foydalanuvchi (IUA) uchun moslashish sathining protokoli IP tarmoq orqali Q.931 xabarni o‘tkazishni ta’minlaydi. IUA protokoli MTP protokolining qismini signalizatsiya tizimida qo‘llanilishini ta’qiqlaydi va yuqori sathning ilovalarini SCTP transport protokollar bilan bevosita o‘zaro ta’sirlashishiga imkon beradi.



      1. Multimediali aloqa tarmoqlarida sinxronizatsiya

    Sinxronizatsiya deganda aloqa tarmog‘ining funksional elementlari bilan axborotni uzatish, kommutatsiyalash va ishlov berishning ayrim muhim elementlari orasida muvofiqlashtirish tadbiri tushuniladi. “Sinxronizatsiya” atamasi aloqa tarmog‘i va uning ayrim elementlarining faoliyat yuritishini turli jarayonlarini tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Raqamli UFTTga nisbatan sinxronizatsiyaning uchta jixatini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir:


    - taktli sinxronizatsiya;
    - siklli sinxronizatsiya;
    - tarmoq sinxronizatsiyasi.
    Taktli sinxronizatsiya, umumiy bitlar oqimidan sinxronizatsiya signalini ajratib olishga asoslangan. U bitlar darajasida (taktli intervallar) uzatish va qabul qilish qurilmalarining ishlashini vaqt bo‘yicha moslashtirish uchun zarur. Siklli sinxronizatsiya, turli manbalardan kelayotgan axborotlar, bitlarning umumiy oqimida axborotlar blokining boshi va oxirini aniqlash uchun zarur, ya’ni uni qabul qilishda to‘g‘ri taqsimlash uchun. Tarmoq sinxronizatsiyasi, axborot uzatishda yuqori sifat taminlanishi uchun tarmoqning turli nuqtalarida (shu jumladan xalqaro ulanishlarda) taktli signallarning uzoq muddatli aniqliligi va barqarorligining berilgan ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi.
    Tarmoq sinxronizatsiya uchun kvars va atom generatorlaridan foydalaniladi. Ular yuqori aniqlikdagi etalon signallarni ishlab chiqaradi. Masalan odatdagi kvars generatorining barqarorligi bir yilda 10-6 ni tashkil etadi. Rubidiyli, seziyli va vodorodli atom generatorlarining barqarorligi ancha yuqori. Xususan, seziyli generator bir yilda 10-13 barqarorlikni taminlaydi.

    Download 8,17 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

    Download 8,17 Mb.