|
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95
|
bet | 62/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeTaqdim etilayotgan xizmatlar sifatini boshqarish (Performance Management, RM) deganda:
trafikni boshqarish;
xizmatlar sifatini oshirish va ularning turini kengaytirish;
taqdim etilayotgan xizmatlarning sathi haqidagi bitimlarni ishlab chiqish, xulosa chiqarish va ijrosini nazorat qilish (SLA);
tarmoqlar va ularning elementlarini faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish (tarmoq resurslaridan foydalanish samaradorligini hisobga olish va tarmoq hamda uning elementlari ishlashining ishonchliligini nazorat qilish);
telekommunikatsiya tarmoqlarining ekspluatatsion tavsiflarini yaxshilash uchun aloqa xizmatlarini taqdim etishni yaxshilash va assortimentini kengaytirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
aloqa tarmoqlarini boshqarish usullarini takomillashtirish maqsadida boshqarish va nazorat qilish tizimlarining faoliyat yuritilishini tahlil qilish;
xizmatlar sifatini boshqarish tizimining ta’sirchanligini tahlil qilish (u yaratilgandan so‘ng) va uni takomillashtirish tushuniladi.
Bu guruhning vazifalari to‘plangan statistik axborot asosida tizimning ta’sir ko‘rsatish vaqti, virtual yoki fizik aloqa kanalining o‘tkazish qobiliyati, tarmoqning kanallari va alohida segmentlarida trafikning jadalligi, tarmoq orqali ma’lumotlarni uzatishda ularning buzilish ehtimolligi, shuningdek tarmoqning tayyorgarlik koeffitsienti kabi parametrlarini baholash bilan bog‘liq. Tarmoq resurslarini qo‘llash samaradorligini, tarmoq va uning elementlari ishonchliligini nazorat qilish funksiyasi, tarmoqni tezkor boshqarish singari tarmoqni rivojlantirishni rejalashtirish uchun ham zarurdir.
O‘zaro hisoblashlarni boshqarish (Accounting Management, AM) deganda:
taqdim etilayotgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash;
taqdim etilayotgan aloqa vositalari va xizmatlari uchun tariflar ishlab chiqish va takomillashtirish;
taqdim etilayotgan xizmatlar hajmi va nomenklaturasini hamda ularning narxlarini hisobga olish;
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar summasini hisobga olish;
ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi va nomenklaturasi hamda ularga to‘lovlar masalasi bo‘yicha abonentlarga ma’lumotnoma-axborotli xizmat ko‘rsatish;
istalgan qonuniy shaklda xizmat ko‘rsatish uchun aloqa operatorlari bilan shartnomalar tuzgan abonentlarni ro‘yxatga olish va hisobini olib borish;
taqdim etilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni nazorat qilish.
Tarmoqni avtomatlashtirilgan boshqarish masalalarini hal etish uchun boshqarish tizimi (BT) va boshqarish ob’ektlari – tarmoq elementlari (NE) o‘rtasida jadal ma’lumotlar almashinuvi zarur. Tarmoqni boshqarish tizimlarining intellektual vazifalari, bir vaqtda faoliyat yurituvchi amaliy jarayonlar uchun hisoblash resurslarini ajratishni ta’minlovchi kuchli operatsion tizim va boshqarishning o‘ziga xos masalalarini yechishni ta’minlovchi amaliy dasturiy ta’minoti bo‘lgan kompyuterlar majmui bilan amalga oshiriladi.
Axborotni himoyalashni boshqarish (Security Management, SM) deganda:
xususiy texnologik axborotni va foydalanuvchilarning maxfiyligini ta’minlash uchun me’yorlarni ishlab chiqish;
noqonuniy ulanishdan tarmoqni xavfsizlik sathini sinfini ta’minlash;
ma’lumotlarni taqdim etishda konfedensiallikka rioya etish;
ma’lumotlarni butunligini himoyalash va saqlash;
foydalanuvchilarni avtorligini nazorat qilish;
aloqa xizmatlariga turli ulanish sathlarini ta’minlash;
aloqa xizmatlariga noqonuniy ulanish xodisalari haqida hisobot tuzish;
personallar uchun turli avtorlik sinflarini ta’minlash.
Bu guruh vazifalariga tarmoq resurslariga ulanishni nazorat qilish va ma’lumotlarni tarmoq orqali uzatishda ularni saqlash va butunligini ta’minlash kiradi. Xavfsizlikni boshqarishni asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi:
foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash jarayoni;
tarmoq resurslariga ulanish huquqini tekshirish va belgilash;
shifrlash kalitlarini qo‘llab-quvvatlash va taqsimlash, vakolat bilan boshqarish.
Tarmoqni boshqarishni kompleks masalalariga quyidagilar kiradi:
ishga tushirishdan oldin:
tarmoqni resurslari va tuzilishini rejalashtirish;
ma’lumotlar bazasini yaratish;
qurilmalarni o‘rnatish;
resurslarni ma’muriy boshqarish;
trafikni boshqarish;
tarmoq elementlari orasida yo‘qolgan aloqani qayta tiklash;
xizmatlar sifatini nazorat qilish;
foydalanuvchilar bilan hisoblarni boshqarish;
tarmoqni modernizatsiyalash;
trafikni oldindan aytish.
Tarmoqni avtomatlashtirilgan boshqarish masalasini yechish uchun boshqarish tizimi (BT) va tarmoq elementlari (NE) - boshqarish ob’ektlari orasida ma’lumotlar jadal almashishi zarur.
Boshqarish tizimi uchun platforma sifatida MSEM (Italtel), ALMA 1360 (Alcatel), C&NMS (Siemens), HP Open View Network Node Manager (Hewlett-Packard) foydalanilishi mumkin (6.3-rasm).
6.3-rasm. NGN ni boshqarish tizimi
BT va tarmoqlar hamda ularning elementlari (NE) o‘rtasida axborot almashinuvi IP/MPLS texnologiyasi qo‘llanilgan transport tarmog‘i va UKS7 signalizatsiya tarmog‘i tomonidan ta’minlanishi kerak. Bu tarmoqlarning tavsiflariga qat’iy talablar qo‘yilgan (yuqori tezlikda ma’lumotlar uzatish, xabarlarni jo‘natish ehtimolligining kichikligi, yashovchanlik darajasining yuqoriligi).
BT va boshqarish ob’ektlari orasidagi telekommunikatsiya infrastrukturasi hisoblanuvchi, transport tarmoqqa bo‘lgan talablar M.3010, Q.811, Q.812 tavsiyalarga mos kelishi kerak.
|
| |