R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




Download 8,17 Mb.
bet59/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Tarmoqni boshqarish muammolari

Tarmoqni boshqarish tizimini tashkil etishda asosiy muammolardan biri, ko‘pincha operatorlarning turli yetkazib beruvchilarning qurilmalaridan foydalanishlari hisoblanadi. Odatda ularning har biri faqat o‘z qurilmasini boshqarishning yetarlicha kuchli va ko‘p funksionalli tizimini taklif etadi. Boshqa tomondan ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa prinsiplari asosida qurilgan HP Open View (Hewlett - Packard), Net view (IBM) yoki Sun Net Manager kabi platformalar mavjud bo‘lib, ular turli xil qurilmalarning keng spektrini boshqarishga imkon beradi, lekin ular tarmoqni boshqarish uchun faqat asos bo‘lib hisoblanadilar. Tarmoqni ma’murlashtirishning bu platformalari bir konsoldan turli xil yetkazib beruvchilarning boshqaruv ilovalariga kirishini ta’minlaydi.


Aniq bir boshqarish tizimini amalga oshirish uchun tayyor yechimlar mavjud emas – hatto boshqarish tizimlari uchun ishlab chiqarilgan boshqaruvchi axborotning umumiy protokoli (Gommon Management Information Protocol, CMIP) va tarmoqni boshqarishning oddiy protokoli (Simle Nework Management Protocol, SNMP) kabi protokollarni hisobga olgan holda ham. Ma’lum bir kompaniya tomonidan amalga oshirilgan tarmoqni boshqarish tizimi, buyurtmachining talablariga to‘liq mos kelishiga kafolat berib bo‘lmaydi. Buning uchun, uni yangi buyurtmachining tarmoq xususiyatlarini hisobga olib qayta ishlashga to‘g‘ri keladi.
Tarmoqni boshqarish platformasini (TBP) malakali tarzda, ya’ni qo‘yilgan barcha vazifalarning yechimini ta’minlash uchun dasturlar kompleksini tanlash juda muhimdir. Agar operator tarmog‘i turli xil ishlab chiqaruvchilarning qurilmalaridan iborat bo‘lsa, u holda TBP kanallar kommutatsiyasiga ega tarmoqni ham (PSTN), paketlar kommutatsiyasi bo‘lgan tarmoqni (IP/MPLS, ATM, Fram Relay, X.25 va boshq.) ham yuqori samaradorlik bilan boshqarishni ta’minlashi kerak. Tarmoqni boshqarish platformasi quyidagi masalalarni yechish uchun moslashgan bo‘lishi kerak:

  • uzoqlashtirilgan uzellarlar, modullar, portlar, kanallarni grafik interfeys yordami bilan konfiguratsiyalash;

  • foydalanuvchilarning talab qilingan miqdordagi kanallari va multipleksorlarni boshqarish;

  • har qanday konfiguratsiyadagi ulanishlarni yaratish: “nuqta-nuqta”, “nuqta-guruh”, “guruh-guruh”;

  • haqiqiy vaqt rejimida tarmoq holatini nazorat qilishni tashkil etish;

  • tarmoqni sinxronlashtirishni akslantirish;

  • tarmoq resurslaridan foydalanishni akslantirish;

  • nosozliklarning oldini olish va bartaraf etish uchun tashxislashni o‘tkazish;

  • quyidagi kontekstlardan birida tarmoq holatini ko‘rib chiqish: ob’ektga yo‘naltirilgan va mantiqiy yo‘naltirilgan.

Ob’ektga yo‘naltirilgan holda ko‘rib chiqish tarmoqning fizik komponentlarini, jumladan, multipleksorlar, modullar, portlar, kirish qurilmalari, kanallar kabi komponentlarni taqdim etishni amalga oshirishga imkon beradi. Tarmoq operatorining ishlashi qulay bo‘lishi uchun, kommunikatsiya uzellari guruhlashni har qanday prinsipi bo‘yicha guruhlarga yoki nimtarmoqlarga birlashtirilishi mumkin.
Mantiqan yo‘naltirilgan ko‘rib chiqish qo‘yilgan yuqori tezlikli (IP/MPLS domenlarida LSP traktlari, Frame Relay kanallari, virtual traktlar va ATM virtual kanallari) va past tezlikli tarmoqlarning “nuqta-nuqta” topologiyasi asosida ulanishi tashkil etilgan yo‘lni ko‘rsatish imkonini beradi.
Tarmoqni boshqarish platformasi quyidagilarni taqdim etishi kerak:

  • tarmoq elementlariga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun mablag‘lar va kompaniyaning texnik, hisob-kitob va marketing xizmatlarining o‘zaro aloqalari;

  • qurilmaning konfiguratsiyasini boshqaruvchi va tarmoq holatini kuzatuvchi operatorlar va ma’muriyatlar uchun imkoniyatlarni keng spektri.

Telekommunikatsiya tarmog‘ining barqaror ishlashining asosi barcha xizmatlar orasida tezkor, statistik va boshqa axborotlarni taqsimlanishi, kompaniyaning barcha bo‘linmalarining yaxshi o‘zaro aloqalarini ta’minlash hisoblanadi.
Tarmoqni boshqarish platformasi tarmoqda rad etishlar yoki o‘ta yuklanishlar yuzaga kelganda quyidagi vazifalarni hal etishni ta’minlovchi dasturiy vositalarga ega bo‘lishi kerak:

  • haqiqiy vaqt rejimida avariya to‘g‘risidagi xabarlarni kommutatsiya uzellari, aloqa liniyalari, interfeyslar va abonent oxirgi qurilmalari guruhlari bo‘ylab saralash va taqsimlash;

  • yuzaga kelgan muammolarni tezkor yechish uchun zarur bo‘ladigan axborotlarni, avariya xabarlari bilan bir vaqtda olish;

  • amalga oshirilgan harakatlar natijalari to‘g‘risida, nosozliklarni sababi to‘g‘risida, shuningdek mazkur muammo bilan shug‘ullangan avariya xizmati operatori yoki muhandisining ismi-sharifi to‘g‘risidagi axborotni qayd qilish;

  • har bir tarmoq elementi bo‘yicha, shu jumladan foydalanuvchi axborotni uzatadigan uzel, modul, port yoki kanal bo‘yicha rad etishlar va to‘xtab qolishlarning miqdori va davomiyligi to‘g‘risida, statistik axborotni yig‘ish, to‘plash va o‘qish.

Bu axborot tarmoqning ishlash qobiliyatini tahlil qilish va mijozlar bilan o‘zaro hisob-kitob qilish uchun foydalanilishi kerak.

Download 8,17 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

Download 8,17 Mb.