|
MULTIMEDIALI ALOQA TARMOQLARINI BOSHQARISH
|
bet | 58/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeMULTIMEDIALI ALOQA TARMOQLARINI BOSHQARISH
Multimediali aloqa tarmoqlarini boshqarish modeli
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish sohasidagi asosiy modellardan biri M.3000-M.3100 seriyasidagi ITU-T tavsiyalarida batafsil tavsiflangan, Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmoqlari (Telecommunication Management Network, TMN) modeli hisoblanadi.
ITU-T ta’rifiga ko‘ra, TMN o’zida bir necha nuqtalarda bitta yoki juda ko‘p sondagi aloqa tarmoqlari interfeyslariga ega bo’lgan alohida tarmoqni ifodalaydi, bu tarmoqlar bilan axborot almashadi va ularning faoliyatini boshqaradi. TMNni aloqa tarmoqlaridan ajratish jismoniy yoki mantiqiy sathda amalga oshiriladi. Keyingi holatda TMN boshqarilayotgan tarmoqning infratuzilmasidan qisman foydalanishi mumkin. TMN tasniflarida boshqariluvchi resurslar umumiy “tarmoq elementlari” nomiga ega (Network, Element, NE). Boshqarish vazifalari amallarni ta’minlash tizimi (Operations Support System, OSS) zimmasiga yuklangan.
TMNni har biri telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishning o‘z jihatini ifodalaydigan uchta arxitekturadan fodalanib tavsiflash mumkin.
Uchta arxitekturadan birinchisi – funksional arxitektura – funksional bloklar deb ataluvchi atamalarda TMN tarmog‘idagi funksional imkoniyatlarning taqsimlanishini tavsiflaydi. Har bir blok aniq turdagi tarmoq resurslari uchun aniqlangan, boshqaruvchi funksiyalar guruhini ifodalaydi.
TMN aritekturasida funksional bloklarning besh turi keltirilgan:
tarmoq elementlarining vazifalari (Network Element Function, NEF): foydalanuvchi va aloqa tarmog‘i bilan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydigan tayanch telekommunikatsiya funksiyalar (TMN tasniflarida aniqlashtirilmaydi) va tarmoq elementiga agent sifatida ishtirok etishga imkon beruvchi boshqaruv funksiyalari;
operatsiyalarni ta’minlash tizimining vazifalari (Operation Support Sustem Functions, OSSF), ma’muriylashtirish jarayonini tashabbusini ta’minlaydi, aloqa tarmog‘ini turli vazifalarini muvofiqlashtirish va monitoring maqsadida, shu jumladan TMNning o‘zi bajaradigan boshqarish masalalarini xizmatchi axborotlarni qayta ishlashni ta’minlaydi. “Menedjer-agent” boshqaruv modelida ular menedjerning roliga mos keladi;
ishchi stansiyaning vazifalari (Workstation Functions, WSF), tarmoq foydalanuvchilari uchun, xususan tarmoqdan foydalanuvchilar uchun qulay ko‘rinishda boshqaruvchi axborotni taqdim etish uchun javob beradi;
Q-adapterning vazifalari (Q-Adapter Funkctions, QAF), tarmoq resurslarini TMN bilan bog‘lash imkonini beradi;
vositachilik vazifalari (Monition Function, MF): NEF (yoki QAF) va OSSF bloklari orasida axborot almashish. MFni bitta bloki Q-adapteri yoki bir nechta tarmoq elementlari bilan amallarni ta’minlash tizimini ulashi mumkin.
TMNning fizik arxitekturasida bloklarning olti turi keltirilgan:
Tarmoq elementi (Network Element, NE), NEFning vazifalarini bajaradi. Shuningdek u funksiyalarning boshqa bloklaridan istagan to‘plamini ham bajarishi mumkin.
Vositachilik qurilmasi (Mediation Device, MD), operatsiyalarni ta’minlash tizimining mos axborot modeli interfeyslari va TMN mahalliy interfeyslar orasida oraliq bo‘g‘in hisoblanadi. Shuningdek u Q-adapter, OSS va ishchi stansiya vazifalarining bir qismini bajarishi mumkin.
Q-adapter (Q-adapter, QA), TMN tarmog‘ining chegarasida uning boshqariluvchi tarmoq yoki boshqa boshqarish tizimlari bilan ulanishida vositachi vazifalarini amalga oshiradi. MDdan farqli ravishda, Q-adapter TMN ichida tutashtirish uchun qo‘llanilmaydi.
Operatsiyalarni ta’minlash tizimi (Operation Support Sustem, OSS), OSSF guruhining vazifalari uchun javob beradi. Shuningdek u vositachilik (MF), tutashtirish (QAF) vazifalarini va ishchi stansiya vazifalarini (WSF) bajaradi.
Ishchi stansiya (Work station, WS).
Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i (Data Network, PN).
Axborot arxitekturasi, TMN funksional bloklari orasida boshqaruvchi axborotlarni uzatish algoritmlarini aniqlaydi, ular OTO‘B modelidan ikkita muhim elementni meros qilib olishgan: ob’ektli mo‘ljal olish va “menedjer-agent” arxitekturasi.
TMNda nazarda tutilgan, taqsimlangan boshqaruvchi ilovalar vazifalarining menedjer va agentga bo‘linishi, OSI standartini ta’minlovchi ma’muriylashtirish tizimlarida keng foydalaniladigan tamoyilni deyarli o‘zgarishsiz takrorlaydi. TMN funksional bloki bir paytda bitta boshqaruvchi komponentga (management entity) nisbatan menedjer rolida va boshqasiga nisbatan agent tarzida ishtirok etishi mumkin.
TMN axborot arxitekturasining ob’ektli yo‘naltirilganligi, telekommunikatsiya resurslari boshqariluvchi ob’ektlar sinflari ko‘rinishida ifodalanib, ular TMN interfeyslarini qo‘llash bilan o‘zgarishi va yaratilishi mumkin. Ob’ektning chegaraviy interfeysi mazkur ob’ektning tavsiflari bilan bog‘liq xizmatlar to‘plami, ruxsat etilgan operatsiyalar, javob xabarlari va bildirishlarni ta’minlashi shart. Ixtiyoriy aloqa tarmog‘ini boshqarish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan ob’ektlar to‘plami universal tarmoq axborot modeli (Generic Network Informotion Model, GHIM) nomini oldi.
TMN axborot modeli telekommunikatsiya resurslari va boshqariluvchi ob’ektlar o‘rtasida o‘zaro bir qiymatli moslik bo‘lishiga, bitta resursni bir necha ob’ektlar tomonidan taqdim etilishi, mantiqiy resurslarni akslantirish uchun qo‘shimcha ob’ektlarni kiritish (qo‘llab-quvvatlash ob’ektlari deb ataluvchi), shuningdek, boshqariluvchi ob’ektlarni bir-birining ichiga kiritishga yo‘l qo‘yadi. Funksional, fizik va axborot arxitekturalaridan tashqari TMN konsepsiyasi aloqa tarmoqlarini boshqarishga tegishli funksional komponentlarni va tadbirlarni taqsimlashning boshqa prinsipini ham taklif etadi. Aynan bir xil ma’muriy funksiyalar abstraksiyaning turli xil darajalarida amalga oshirilishi mumkinligi, mantiqiy ierarxiyali arxitekturani (Logical Lavered Architecture, LLA) aniqlashga imkon beradi. Aslida LLA arxitekturasi (ba’zida TMN- piramidasi deyiladi, 6.1-rasm) ma’muriy vazifalarni bajarish uchun javobgarlik ierarxiyasini aks ettiradi.
6.1-rasm. TMN piramidasi
Hozirgi vaqtda LLA arxitekturasida boshqarishning beshta sathi ko‘zda tutilgan:
- Tarmoq elementlari sathi (Network Element Layer, NEL) alohida qurilmada joylashgan xizmatchi axborotli ma’lumotlar bazasi (Management Information Base, MIB) va TMN infratuzilmasi orasida interfeys vazifasini bajaradi. Bu darajaga Q-adapterlar va xususan tarmoq elementlari kiradi.
- Elementlarni boshqarish sathi (Element Management Layer, EML), tarmoq elementlari guruhi ishini nazorat qiluvchi operatsiyalarni ta’minlash tizimlari funksiyalariga mos keladi. Bu sathda aniq ishlab chiqaruvchining qurilmasi uchun xos bo‘lgan boshqaruvchi funksiyalar amalga oshiriladi. Bunday funksiyalarga quyidagilar misol bo‘ladi: qurilma xatolarini aniqlash, energiya iste’mol qilish va ishchi temperaturani nazorat qilish, statistik ma’lumotlarni to‘plash, hisoblash resurslaridan foydalanish darajasini o‘lchash, mikrodasturiy vositalarni yangilash. Mazkur sath o‘z ichiga vositachilik qurilmalarini qamrab oladi (jismoniy jihatdan ular yanada yuqori sathlarga tegishli bo‘lsa ham).
- Tarmoqni boshqarish sathi (Network Management Layer, NML), oldingi sathdagi operatsiyalarni ta’minlash tizimlari tomonidan uzatiladigan va u yoki bu shakldagi mahsulotning xususiyatlariga bog‘lanmagan alohida tarmoq elementlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanib, umumiy tarmoqni ifodalashni shakllantiradi. Boshqacha aytganda, bu sathda tarmoq elementlarining o‘zaro aloqalari ustidan nazorat amalga oshiriladi, xususan, xizmat ko‘rsatishning talab etilgan sifatiga erishish uchun chetki qurilma orasida ma’lumotlarni uzatish marshrutlari shakllantiriladi (Quality of Service, QoS), marshrutlashtirish jadvallariga o‘zgarishlar kiritiladi, ayrim kanallarning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish darajasi kuzatiladi, tarmoqning unumdorligi optimallashtiriladi va uning ishlashidagi to‘xtab qolishlar aniqlanadi.
- Xizmatlarni boshqarish sathi (Service Management Layer, SML), foydalanuvchilar bevosita duch keladigan (abonentlar yoki boshqa xizmat-provayderlar) tarmoqning faoliyat yuritishi jihatlarini qamrab oladi. LLA ning umumiy tamoyillariga muvofiq bu sathda NML sathdan kelib tushgan ma’lumotlardan foydalaniladi. Ammo endi bu yerda marshrutizatorlarni, kommutatorlarni, ulanishlarni bevosita boshqarishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Xizmatlarni boshqarishga tegishli bo‘lgan ayrim funksiyalar quyidagilardir: QoSni va xizmat ko‘rsatish sathi to‘g‘risidagi bilimlar shartlarini nazorat qilish (Service Lerel Argeement, SLA), qayd qilinuvchi yozuvlarni, xizmatlar obunachilarini boshqarish, foydalanuvchilarni qo‘shish yoki kamaytirish, manzillarni berish, billing, boshqa provayderlar va tashkilotlarning boshqaruvchi tizimlari bilan o‘zaro aloqa.
- Biznesni boshqarish sathi (Business Management Layer, BML), aloqa tarmog‘ini kompaniya-operatorning umumiy biznes maqsadlari nuqtai nazaridan qarab chiqadi. U LLAning qolgan sathlari kabi tezkor boshqaruvga emas, balki strategik va texnik boshqaruvga tegishli. Bu yerda gap tarmoqni loyihalashda va uning rivojlanishini biznes vazifalarini hisobga olib rejalashtirish, budjetlarni tuzish to‘g‘risida boradi. Shunday qilib, LLA sathi tarmoqni boshqarish tadbirlarining funksional ierarxiyasini ma’muriy dasturiy ta’minotini jismoniy segmentatsiyasiz taqdim etadi. Bu ierarxiyaning paydo bo‘lish sababi – boshqarish funksiyalarini ularning guruhlari va tarmoq ulanishlariga taalluqli funksiyalardan alohida tarmoq elementlari bilan mantiqiy ajratish zarurligidadir. Ma’muriy tadbirlarning ularni ta’siri yo‘naltirilgan resurslarga yaqinlashishi boshqarish samaradorligini oshiradi.
Aloqa tarmoqlarini zamonaviy konvergensiyalash va intellektuallashtirish sharoitlarida, boshqarishga yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga keldi. Bu zaruriylikning asosiy sabablarini ko‘rib chiqamiz.
Boshqarish nuqtai nazaridan keyingi avlod tarmoqlarining (Next Generation Networks, NGN) xususiyati shundaki, bu tarmoqlar har xil turdagi komponentlarning katta miqdoridan iborat. Boshqarish tizimi turli xizmatlarni taqdim etuvchi va turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalaridan iborat turli xil texnologiyalar negizida amalga oshirilgan tarmoqlarni boshqarishni ta’minlovchi qarorlar to‘plamidan iborat. NGNni boqarish tizimini ob’ektga yo‘naltirilgan taqsimlangan tuzilmadan foydalanib qurish maqsadga muvofiq. Ob’ektga yo‘naltirilganlik tizimni har biri o‘z xususiyatlariga (atributlariga) va bajarish mumkin bo‘lgan operatsiyalarga ega bo‘lgan ob’ektlar yig‘indisi ko‘rinishida tasavvur qilishdan iborat. Mazkur texnologiya murakkab tizimlarni tahlil qilishda, loyihalashda va dasturlashda foydalaniladi va unga oid asosiy ma’lumotnomalardan biri deb aytish mumkin.
Boshqaruv tizimini ishlab chiqishda yangi modullarni ishlab chiqishga va joriy qilishga, mavjud ilovalar bilan ishlashga va tizimning ishlayotgan modellarini oson zamonaviylashtirishga imkon beruvchi ochiq modulli arxitektura konsepsiyasiga amal qilish zarur.
|
| |