Multimediali aloqa tarmoqlarini modellashtirishning




Download 8,17 Mb.
bet66/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Multimediali aloqa tarmoqlarini modellashtirishning

asosiy masalalari

Multimediali aloqa tarmoqlarini matematik modellashtirishning asosiy vazifalari, zamonaviy raqamli aloqa tizimlari ham, bo‘lajak multiservisli tarmoqlar ham murakkab va katta texnik tizimlar hisoblanib, ularning faoliyat yuritishi statistik xususiyatga ega. Ularning faoliyat yuritish jarayonlari murakkab algoritmlar bilan amalga oshirilib, ular ko‘pincha evristik hisoblanadi. Multimediali aloqa tarmoqlari katta hududda taqsimlangan turli xildagi komponentlarning katta miqdoridan iborat bo‘ladi. Bu komponentlar murakkab tuzilishga va o‘zaro ta’sirlashuv algoritmlariga ega hamda ular ishonchsiz elementlar mavjud bo‘lganda, haqiqiy halaqitlar sharoitida, shuningdek passiv va aktiv qarshi ta’sir, shu jumladan axborot qarshi ta’siri sharoitida faoliyat yuritadi.


Multimediali aloqa tarmog‘ini ishlash va loyihalash bosqichlarida, uning haqiqiy faoliyat yuritishi va rivojlanishi sharoitida, xizmat ko‘rsatish sifati va ishonchlilikni, yashovchanligi va axborot xavfsizligini ta’minlash talablariga muvofiq ehtimoliy-vaqt xarakteristikalarni keng sinfini baholash masalasi yuzaga keladi. Bu shunday murakkab tizimlarni tahlil qilish uchun tegishli matematik apparatni ishlab chiqish, multiservisli tarmoqni monitoring qilish tizimini yaratish va tarmoqni haqiqiy vaqt masshtabida boshqarish zarurligini yuzaga keltiradi. Boshqarishning zarurligi tarmoqning faoliyat yuritish jarayonida turli xil, odatdan tashqari vaziyatlarning rivojlanishi va yuzaga kelishi natijasida vujudga kelishi mumkin. Bunday odatdan tashqari vaziyatlarga quyidagilar kiradi: tarmoqning umuman o‘ta yuklanishi, uning alohida komponentlari yoki segmentlarining o‘ta yuklanishi, tarmoqning ayrim komponentlarini ishdan chiqishi, tarmoqning faoliyat yuritish me’yoridagi jarayonning atayin buzilishi. Odatdan tashqari vaziyatning turiga bog‘liq bo‘lmagan holda, murakkab tizim hisoblangan axborot tarmog‘ining holati nuqtai nazaridan, uning oqibatlari tarmoq komponentlarining to‘la yoki qisman ishdan chiqishidan, uning va alohida komponentlari samaradorligining pasayishidan, shuningdek abonentlarning ayrim qismlariga xizmat ko‘rsatish sifatining yomonlashishidan, u taqdim etayotgan axborotni buzilishidan yoki yo‘qolishidan iborat bo‘ladi. Bu komponentlar ham apparatli (marshrutizator yoki serverning vaqtincha ishdan chiqishi), ham dasturiy (xabarlarni paketlash dasturining noto‘g‘ri faoliyat yuritishi yoki trafikni noto‘g‘ri manzilga yo‘naltirish) bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar, masalan, tarmoqda xaotik trafiklarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuni ta’kidlaymizki, modellashtirish nuqtai nazaridan apparatli va dasturli komponentlar turli qiymatlidir. Unisi ham bunisi ham axborotga ishlov berish va jo‘natish uchun mo‘ljallangan vositalarning mohiyatidir. Shunday qilib, sanab o‘tilgan bu barcha holatlar turli komponentlarni alohida olganda ham, barcha axborot tarmoqlarini to‘laligicha olganda ham ishonchsiz faoliyat yuritishga olib kelgani uchun biz loyihalash, ishlab chiqish, foydalanish va modernizatsiyalash bosqichlarida ularni har tomonlama va sinchiklab matematik tahlil qilish hamda modellashtirish zarurligiga kelamiz.
Uning asosida qarorlar qabul qilinadigan, axborotga ta’sir qiluvchi asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi:

  1. Multimediali aloqa tarmoqlarining faoliyat yuritishining taqsimlangan xususiyati.

  2. Multimediali aloqa tarmoqlarida qo‘llaniladigan telekommunikatsiya texnologiyalarning ko‘p sonli ekanligi.

  3. Multimediali aloqa tarmoqlarining komponentlarini butunlay, uning komponentlarini alohida oxirgi unumdorligi.

  4. Multimediali aloqa tarmoqlarining ayrim komponentlarining ishonchsizligi.

  5. Multimediali aloqa tarmoqlarida axborot xavfsizligining yetarli emasligi.

  6. Multimediali aloqa tarmoqlarining vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi topologiyasi.

  7. Multimediali aloqa tarmoqlarini tasodifiy nobarqarorligi va turli xil axborot yuklanishi.

  8. Multimediali aloqa tarmoqlarida odatdan tashqari vaziyatlar turlarining xilma-xilligi.





    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multimediali aloqa tarmoqlarini modellashtirishning

Download 8,17 Mb.