R. X. Djurayev, Sh, Y, Djabbarov, S. O. Maxmudov, Sh, Q, Qodirbergenova axborot va kodlash nazariyasi asoslari ekektron o’quv qo’llanma Toshkent 2016




Download 329.01 Kb.
bet1/67
Sana12.12.2023
Hajmi329.01 Kb.
#117189
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Axborot va kodlash nazariyasi asoslari-www.hozir.org
Iqtisodiyot nazariyasi, 5111000-Kasb talimi (5310600-Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi)

Axborot va kodlash nazariyasi asoslari


R. X. Djurayev, Sh, Y, Djabbarov, S. O. Maxmudov,

Sh, Q, Qodirbergenova

AXBOROT VA KODLASH NAZARIYASI ASOSLARI

Ekektron o’quv qo’llanma

Toshkent - 2016
Xozirgi paytda mutaxassislar tayyorlashning sifatini oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Shuni aytish kеrakki, kеlajakdagi oliy o’quv yurtlaridagi mutaxassislar o’zlarining profеssional faoliyatidagi tasavvur va tushunchalarini amaliy masalalar еchishda qo’llashi, masalalarni ko’zlagan maqsadda ko’rishi va tadbis qilishi, hamda yangi bilimlarni qo’lga kiritishi lozim.
Axborot – kommunikatsiya tеxnologiyalari sohasida ishlash uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdеk, ularning malakasini chеt davlat mutaxassislari bilan hamkorlikda oshirish muhimligini hisobga olgan holda, Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеtida, bazali ta'lim muassasasi sifatida axborot-kommunikatsion tеxnologiyalarda yangi talablarga mos holda o’quv rеjalari va dasturlari takomillashtirilib, yangi talablarga binoan ishlab chiqarilmoqda.
Ta'lim maqsadi davr bilan, ijtimoiy hayot bilan uzviy bog’liq. Ijtimoiy hayotdagi tub burilishlar, fanning intеnsiv rivojlanishi, ta'lim modеrnizatsiyasi, yangi didaktik imkoniyatlar, insonparvarlashtirish shubhasiz ta'lim maqsadini ham tubdan o’zgartirdi. Ta'lim maqsadining tubdan o’zgarishi ta'lim mazmunida o’z ifodasini topadi. Axborot va kodlash nazariyalari asoslari fani mazmuniga axborot va entropiya, axborotni kodlash, arxivlash va siqish, axborotni uzatish tizimlarida ishonchlilik, shovqinbardosh kodlash, zamonaviy shovqinbardosh kodlash algoritmlari, axborotni uzatish tizimlarida modulyatsiya va manipulyatsiya bo’limlari kiritilgan.

MUNDARIJA


KIRISH......................................................................................


6

1-ma’ruza

Zamonaviy jaxon infrastrukturasida axborot kommunikatsiya texnologiyasining axamiyati. Xabar uzatish tizimi: axborot, xabar, signal..................................................................................


8

2-ma’ruza

Diskret xabar manbalarini axborot tavsiflari. Diskret manbalarini tasniflari. Axborot hajmi. Entropiya.........................



12

3-ma’ruza


Shartli va o‘zaro bog‘liq axborotlar, ularning xususiyatlari.........


24

4-ma’ruza

Axborotni kodlash usullari. Shennon – Fano, Xaffman teoremalari. Samarali kodlash usullaridan foydalanish................



29

5-ma’ruza


Matnli, audio, tasvirli va video axborotlarni kodlash...................


39

6-ma’ruza

Telekommunikatsiya tizimlarida ishonchlilikni oshirish choralari va usullari. Shovqinli diskret kanallarda kodlash. Shennon teoremasi........................................................................


64

7-ma’ruza

Shovqinbardosh kodlash. Chiziqli va blokli kodlar.....................


73

8-ma’ruza

Siklik kodlar. Goley va Xemming kodlari....................................


81

9-ma’ruza

O‘ralgan kodlar.............................................................................


85

10-ma’ruza

Ikkilik Bouza-Choudxuri-Xekvingem kodlari.............................


93

11-ma’ruza

Rid – Solomon kodlari..................................................................


97

12-ma’ruza

Fayra kodlari................................................................................


123

13-ma’ruza

Kaskadli kodlar.............................................................................


145

14-ma’ruza

Turbo kodlar. Kod spektrining og‘irligi.......................................


153

15-ma’ruza

Yengil yechimli dekodlash............................................................


170

16-ma’ruza

Shovqinbardosh kodlarni telekommunikatsiyada qo‘llanishi.......


174

17-ma’ruza

Zamonaviy modemlarda modulyatsiya va demodulyatsiya usullari............................................................................................


177

18-ma’ruza

Panjarali kodli modulyatsiya. Ko‘p darajali kodli modulyatsiya...


200



адабиётлар рўйхати.....................................................


207




KIRISH
So‘nggi yillarga kelib telekommunikatsiya tarmog‘i jadal sur’atlarda rivojlandi. Bunga misol sifatida TSR/IP, Frame Ralay, ATM kabi yuqori tezlikli texnologiyalarni tarmoqqa kiritilganligini keltirish mumkin. Bu texnologiyalar (xususan ATM texnologiyasi) turli xildagi axborotlarni (ovoz, matn, ma’lumotlar, qo‘zg‘almas va video tasvirlarni) uzatish imkonini beradi. Frame Ralay texnologiyasi yuzlab kbit/s dan bir necha o‘n Mbit/s gacha bo‘lgan uzatish tezligida ishlasa, ATM texnologiyasi esa, bir necha Gbit/s gacha bo‘lgan uzatish tezligida ishlay oladi. Bunday ulkan tezliklarda har qanday axborotlarni aloqa kanali bo‘yicha uzatganda yuqori ishonchlilik talab etiladi. Sababi arzimagan ta’sir ham katta miqdordagi xatolarga olib keladi. Yuqori ishonchlilikni ta’minlashning asosiy usullaridan biri – xatolarni aniqlovchi va to‘g‘irlovchi shovqinbardosh kodlarni qo‘llashdir.
Ba’zi xollarda nazariy jixatdan kuchli bo‘lgan kodlarni qo‘llash ham effektiv natijani bermasligi mumkin. Bunga sabab aloqa kanallarida xosil bo‘ladigan xatolarning xarakteridir. Aloqa kanallaridagi xatolarning modelini yaxshi o‘rganib chiqqandan so‘ng, o‘rganilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib kerakli kodlar tanlanadi.
Bir karralik xatolar paketini to‘g‘irlashda Fayra kodi ishlatiladi. Fayra kodi ma’lum uzunlikdagi xatolar paketini aniqlaydi va zarur xollarda to‘g‘irlaydi. Xatolar paketi impulsli shovqinlar ta’sirida yuz beradi. Impulsli shovqinlar ta’sirida ko‘p karralik xatolar (bir karralik, ikki karralik, uch karralik va xokazo) xam sodir bo‘lishi mumkin. Bunday xollarda Fayra kodini ishlatish – xatolar paketi aniqlanmay o‘tkazilib yuborilishga olib kelishi mumkin.
Ko‘p karralik xatolar paketini aniqlash va to‘g‘irlashda ikkilik bo‘lmagan kod Rid – Solomon kodi qo‘llaniladi. Rid– Solomon kodi Galua maydonining elementlari asosida ko‘riladi. Aniqlanadigan va to‘g‘irlanadigan xatolar paketining uzunligi Galua maydonining kengligiga bog‘liq.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada xozirgi kunda ishlatilayotgan kodlar, shovqinbardosh kodlarning klassifikatsiyasi va parametrlari xakida so‘z boradi. Shuningdek, kodlarning bir nechta turlari, siklik kodlar turkumiga kiruvchi Fayra va Rid – Solomon kodlarini qurish asoslari hamda ularni kodlashtirish va dekoderlash usullari keltirilgan. Algebrik kodlashtirish va dekoderlashlarning algoritmlari berilgan bo‘lib, u orqali jarayon moxiyatini osongina tushuntirish mumkin.


Download 329.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Download 329.01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. X. Djurayev, Sh, Y, Djabbarov, S. O. Maxmudov, Sh, Q, Qodirbergenova axborot va kodlash nazariyasi asoslari ekektron o’quv qo’llanma Toshkent 2016

Download 329.01 Kb.