• O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya-texnologiyalari (AKT) rivojlanishi.
  • Vazirlar Mahkamasining 1 avgustdagi 307-son Qarori.
  • -ma’ruza. Zamonaviy jaxon infrastrukturasida axborot kommunikatsiya texnologiyasining axamiyati. Xabar uzatish tizimi: axborot, xabar, signal




    Download 329,01 Kb.
    bet2/67
    Sana12.12.2023
    Hajmi329,01 Kb.
    #117189
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
    Bog'liq
    Axborot va kodlash nazariyasi asoslari-www.hozir.org
    Iqtisodiyot nazariyasi, 5111000-Kasb talimi (5310600-Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi)
    1-ma’ruza. Zamonaviy jaxon infrastrukturasida axborot kommunikatsiya texnologiyasining axamiyati. Xabar uzatish tizimi: axborot, xabar, signal.
    Reja:
    1. O‘zbekiston Respublikasida axborot kommunikatsiya –texnologiyalarini rivojlanishi xolati.
    2. Ma’lumotlarni uzatishning rivojlanish tarixi.
    3. Xabar uzatish tizimi: axborot, xabar, signal.

    O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya-texnologiyalari (AKT) rivojlanishi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini 2010 yilgacha bo‘lgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi to‘g‘risida»gi 1995 yil 1 avgustdagi 307 –son qarori;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida" 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmoni;
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori;
    2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi.


    Vazirlar Mahkamasining 1 avgustdagi 307-son Qarori. Mazkur qarorga muvofiq, respublika telekommunikatsiya tarmog‘ini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish va rivojlantirish vazifalari belgilangan:
    Birinchi bosqich – transport telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
    Ikkinchi bosqich – mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
    Uchinchi bosqich – qishloq telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish
    1793—1794 yillarda Shappa taklifiga asoslanib minoralar yordamida axborot uzatishga mo‘ljallangan uzunligi 225 km iborat bo‘lgan Parij va Lill o‘rtasidagi telegraf aloqa liniyasi qurilgan (1-rasm).

    1.1-rasm. Litermontdagi Shappa optik telegrafii.


    1.2-rasm. Axborot uzatishga mo‘ljallangan Shappa telegrafining ko‘rinishi va belgilari


    1 844 yil Morze tomonidan telegraf apparati ixtiro qilindi. Birinchi telegraf apparati uchun 1867 yil Nyu-Yorkda patent olindi.
    1869 yil London va Nyu-York o‘rtasida telegraf kabel yotkizildi.
    1 876 yilda Aleksandr Bell tomonidan telefon apparati ixtiro kilindi. Aleksandr Bell tomonidan 1876 yil 7-martda «gapiruvchi telegraf» nomini olgan telefon appatariga patent olindi. Bell trubkasi navbati bilan inson ovozini uzatishga ham kabul kilishga xizmat kilgan.
    2 5 iyun 1876 yil Aleksandr Bell uzini telefon apparatini Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan birinchi butun jahon elektrotexnika yarmarkasida namoyish qildi (1.3-rasm).

    1.3-rasm. Qadimiy telefon apparatlar (1896y. Shvesiya)



    Axborot bu jarayon, xodisa, belgilar va xolatlarni ifodalovchi kattalikdir. Umuman olganda axborot juda keng tushuncha bo‘lib unga tabiatdagi har qanday jarayon va xodisalarni misol qilib keltirish mumkin.

    Axborot deganda qabul qiluvchiga kelib tushadigan xar xil ma’lumotlar tushiniladi. Axborot - bu uzatish, taqsimlash, hosil qilish, saqlash va foydalanish ob’ekti xisoblanuvchi ma’lumotlardir.

    Ma’lumot - bu uzatish va qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan axborotning bir ko‘rinishidir. Shu bilan birga axborotning bunday ko‘rinishi yordamida axborotni saqlash, qayta ishlash va shu kabi amallarni bajarish mumkin. Demak axborot tushunchasi ma’lumot tushunchasiga qaraganda umumiyroq.


    Download 329,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




    Download 329,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ma’ruza. Zamonaviy jaxon infrastrukturasida axborot kommunikatsiya texnologiyasining axamiyati. Xabar uzatish tizimi: axborot, xabar, signal

    Download 329,01 Kb.