Texnik vositalarga xizmat kơsatishda xavfsislik. Texni uskunalardan foydalanish va ularga xizmat kơsatish




Download 19.86 Kb.
Sana15.04.2024
Hajmi19.86 Kb.
#196454
Bog'liq
24-Mavzu Avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarini jihozlashning texnik vositalari
print out pdf, Fuqarolik va mafkuraviy tarbiyalar , Funksiya hosilasi xususiyatlari, кунделик, KARAKALPAK STATE UNIVERSITY, QAYIPNAZAROV BUYRIQ, 2023-05-17 0508, 3lab, 3, Tom Slayd-3, Bellashuv.uz - Tarbiyaviy soat sinf 8, Tárbiyashılıq kásibiniń áhmiyeti. Tárbiyashıǵa qoyılatuǵın talaplar, 7, Abu Nosir Farobiyning pedogogikaga oid qarashlari, qanat10

Texnik vositalarga xizmat kơsatishda xavfsislik. Texni uskunalardan foydalanish va ularga xizmat kơsatish.
REJA:
1. Yo‘l to‘siqlari. Yo‘l to‘siqlarining vazifasi va tasnifi.
2. Ta’mirlash joylarini to‘sish uchun ishlatiladigan yo‘naltiruvchi vositalar.
3. Yo‘l belgilari. Yo‘l belgilari va ko‘rsatgichlarining turlari va vazifalari. Yo‘l belgilarini o‘rnatish va ularning amal qilish mintaqasi.
4.Yo‘l belgi chiziqlari. Yo‘l belgi chiziqlarining maxsus turlari va qo‘shimcha axborot vositalari. Yo‘l belgi chiziqlari uchun ishlatiladigan materiallar va jihozlar.
5. Yo‘l va yo‘l inshootlarini yoritish. Yoritgichlar konstruksiyalari va ularni joylashtirish. Yoritish tizimini ekspluatatsiyasi.
6.Svetoforlar. Svetofor signallari. Svetoforlarni joylashtirish va o‘rnatish.
7. Avtomobil yo‘llarini muhandislik jihozlash. Avtomobil yo‘llarini muhandislik jihozlashni samaradorligini baholash.

Tayanch so‘z va iboralar: Arxitektura, yo‘l to‘siqlar, yo‘naltiruvchi qurilmalar, yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari, yorug‘lik manbalari, yoritish tizimi, svetoforlar, arxitektura, muxandislik jixozlari.


Yo‘l to‘siqlari avtomobillar ko‘tarilgan joylardagi qiyaliklardan, ko‘priklardan, estakadalardan, ajratish polosasidagi o‘tish joylaridan kutilmaganda tushib ketmasligi, katta to‘siqlarga urilmasligi, yo‘lovchilarning harakatini tartibga solish uchun o‘rnatiladi.
Vazifasiga ko‘ra yo‘l to‘siqlarining konstruksiyasi ikkita guruhga bo‘linadi: Birinchi guruhga transport vositalarining kuch bilan ta’sir qilishiga mo‘ljallangan konstruksiyalar kiradi. Bunday konstruksiyalarning shakli va o‘lchamlari transport vositalarini qatnov qismida, yo‘l chetida yoki ajratish polosasida ushlab qolish, haydovchi va yo‘lovchilarga ta’sir qiladigan, inersiya kuchi talablariga asosan belgilanadi. Ikkinchi guruhga esa yo‘lovchilar harakatini tartibga soladigan yo‘l to‘siqlari kiradi.
Avtomobil bilan to‘siq konstruksiyasining o‘zaro ta’siri jihatidan birinchi guruh to‘siqlari ikki guruhga bo‘linadi: yo‘naltiruvchi va to‘xtatuvchi. Yo‘naltiruvchi to‘siqlar yo‘l o‘qi bo‘ylab yo‘l chetiga, ajratish polosasiga yoki ko‘prik (yo‘l o‘tkazgich) qatnov qismining chetiga o‘rnatiladi, avtomobilning sirg‘alib urilishini to‘xtatishga mo‘ljallanadi (to‘siqqa urilish burchagi 30° darajagacha bo‘ladi). Xorijda ko‘p ishlatiladigan To‘xtatuvchi to‘siqlar avtomobil old bilan (90° daraja burchakda) urilishini hisobga olib, ko‘prikdan, balandlikdan tushib ketishini to‘xtata olmaydigan, katta, qo‘zg‘olmay turgan to‘siqqa urilishidan oldin o‘rnatiladi.
Konstruksiyasiga ko‘ra birinchi guruhdagi yo‘naltiruvchi to‘siqlarning bir necha turi bo‘ladi: bar’erlar, parapetlar, bordyurlar va aralash to‘siqlar.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra YTHning taxminan 35 foizi avtomobil kutilmaganda yo‘l qatnov qismidan chiqib ketib ag‘darilishi yoki to‘siqqa urilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday hodisalar ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib keladi: har to‘rtta ag‘darilgan avtomobildan bittasida, to‘siqqa urilgan har oltita avtomobilning bittasida haydovchi va yo‘lovchilar halok bo‘ladi.
Xarakat xavfsizligin ta’minlash uchun avtomobilning passiv va faol xavfsizligi choralarini avtomobil yo‘llarida ham qo‘llasa bo‘ladi. YTH vujudga kelishini oldini olish uchun qaratilgan tadbirlarga, masalan: yo‘l belgi chiziqlarni chizish, yo‘l belgilarini o‘rnatish, sun’iy yoritish jihozlarini o‘rnatishni yo‘lning faol xavfsizligi deyish mumkin.
YTH og‘irlik darajasi yo‘lning passiv xavfsizligi deyiladi. Masalan, yo‘l poyini yon qiyaligini 1:3÷1:6 nisbatda belgilash, yo‘l belgilarini ustunini elastik materialdan qilish, yo‘l chetidagi daraxtlar o‘rniga butasimon daraxtlar ekish.
Haydovchi avtomobil boshqarolmay qolgani, barqarorligini yo‘qotgani, (pritsep surilib ketganda, kuzovdagi og‘ir yuk joyidan qo‘zg‘olganda) elementlarining barqarorligi yo‘qolgani, birdan betob bo‘lgani, qarshidan kelayotgan avtomobillar farasi nuridan ko‘zi qamashgani va hk. natijasida bo‘ladigan hodisa oldini olaolmay qolganda passiv xavfsizlik vositalari yordam beradi. Yo‘ldagi passiv xavfsizlik avtomobil yo‘l qatnov qismidan chiqib ketish natijasida bo‘ladigan YTH og‘irlik darasini kamaytirish mumkin.
Hozir avtomobil yo‘llari xavfsizligi oshirilishining ikkita usuli mavjud. Passiv xavfsizlik oshirilishining eng oddiy va samarali usuli - yo‘l poyi qiyaligini kamaytirish bo‘ladi, shunda yo‘l qatnov qismidan chiqib ketgan transport vositasi ag‘darilib ketmaydi. Lekin yer ko‘tarilgan, chuqurliklar bor joyda yo‘l poyini bunday qurish to‘g‘ri bo‘lmaydi, sababi, birinchidan yer poyi qurish ishining hajmi bilan xarajati oshib ketadi, ikkinchidan, ko‘pincha qishloq xo‘jaligiga tegishli bo‘ladigan yerlar yo‘l qurilishiga o‘tib ketadi. Yo‘l poyi tog‘ yonidan yoki suv chetidan o‘tganda qiyaligini kamaytirib yo‘l poyi qurishning iloji bo‘lmaydi. Bundan tashqari yotiq qiyalik avtomobillarning yo‘l chetidagi, qiyalik oldidagi yoki yo‘l uchun ajratilgan joy yoqasidagi to‘siqlarga urilishidan himoya qilmaydi. Bunday hollarda yo‘l belgilari, yoritish machtalari, sfetofor va boshqa vosita ustunlariga urilganda xavfsiz bo‘lishi kerak, shunda ular avtomobil urilganda oson buzilib avtomobilning o‘zi jiddiy shikastlanmaydi. Lekin hozir bunday ustunlarning yetarli darajada ishonchli konstruktiv ishlanmalari yo‘q.
Yo‘lning yuqorida aytilgan usul bilan natijaga erishishning imkoni bo‘lmaydigan (yoki bunday usulni ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lmaydigan) xavfli qismlarida avtomobillar yo‘l poyidan chiqib ketishi oldini oladigan yo‘l to‘siqlari o‘rnatiladi. Egilishi va konstruksiyasining deformatsiyasi elastik (egiluvchan) bo‘lgani uchun bunday to‘siqlar avtomobil traektoriyasini o‘zgartiradi, zarbani kamaytiradi. Lekin yo‘l to‘siqlarining o‘zi ham xavfli g‘ov bo‘lishini esdan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun to‘siqni shunday qo‘yish kerakki avtomobil unga urilgandagi hodisa to‘siq bo‘lmaganda yo‘ldan chiqib ketgandagi hodisadan og‘ir bo‘lmasligi kerak.
G.K. Artemov to‘siqlar qo‘yish yoki yo‘l poyi qiyaligini kamaytirish masalasining yechimi borasidagi tavsiyalarini ishlab chiqqan. Unga ko‘ra bir-biri bilan raqobat qiladigan tadbirlar samaradorligini taqqoslash me’zoni qilib olish kerak. Etalon sharoitdagi (yo‘lga to‘siq qo‘yilmaganda, yo‘l qiyasi yotiqligi 1:1,5 bo‘lganda) xarajatlar taklif qilingan yechim qo‘llanilgandagi (to‘siq o‘rnatilgandagi, yo‘l poli qiyasi yotiq qilingandagi) xarajatlar bilan solishtirilganda amalga oshirish uchun xarajat shu jumladan,, bir vaqtdagi xarajatlar, joriy xarajatlar, YTH natijasidagi yo‘qotishlar, avtomobil harakati tezligi kamaygani sababli xalq xo‘jaligi zarar ko‘rishi, to‘siqlarni ta’mirlash xarajatlari va hk. kam bo‘ladigan variant olinadi.
Yo‘l to‘siqlari ishlatilish sharoitiga qarab ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga transport vositalari kuch bilan urilishiga mo‘ljallangan konstruksiyalar kiradi. Bunday konstruksiyalarning shakli, o‘lchami, haydovchi va yo‘lovchilarga inersiya ta’sirini yo‘l qo‘yiladigan darajada saqlab, transportni qatnov qismida, ajratish polosasida yoki yo‘l chetida ushlab qolish talablariga mos bo‘lishi kerak. Bularga birinchi navbatda turli to‘siq bo‘ladigan g‘ovlar, parapetlar va bordyurlar kiradi. Parapetlar bilan bordyurlar har doim ham inersiya kuchining insonga ta’siri yo‘l qo‘yilgan darajada bo‘lishini ta’minlay olmaydi, ko‘pincha transport vositalari bunday to‘siqlarga urilganda insonlar haloq bo‘ladi.
Transport vositasi bilan to‘siqning bir-biriga ta’siri jihatidan birinchi guruh to‘siqlarining konstruksiyasi ikki guruhga bo‘linadi: yo‘naltiruvchi va to‘xtatuvchi.
Asosan ikki xil yo‘naltiruvchi to‘siqlar ishlatiladi: barer va parapet to‘siqlar. Barer to‘siqlar yo‘naltiruvchi qism (balka, planka, troslar) va tayanchdan (odatda muvofiqlashtiruvchi jild qo‘yilgan ustundan) iborat bo‘ladi. Parapet turidagi to‘siqlar to‘g‘ri burchakli bloklardan iborat bo‘ladi yoki yon yuzasining tuzilishi murakkab bo‘ladi.
Ikkinchi guruhga deformativ xususiyatli to‘siq konstruksiyalari kiradi, ularda xususan insonning ta’siri hisobga olingan bo‘ladi, uzluksizligi, asosiy gabarit o‘lchamlari (balandligi, uzunligi, chuqurligi) to‘liq yoki qisman ulardan piyodalar, yirik uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar o‘tishi oldini oladi. Ular ba’zan piyodalar to‘sig‘i deyiladi.
Piyodalar yo‘lning maxsus ajratilgan qismidan o‘tishlari uchun ularni aholi punktlarida, ulardan tashqaridagi avtobus bekatlari oldida o‘rnatish tavsiya qilinadi.
Ikkinchi guruh to‘siqlar ko‘pincha metall quvur va sterjenlardan yasaladi, kamroq plastmassa konstruksiyalar ishlatiladi. Yo‘lning shahardan tashqaridagi qismida ko‘pincha metall to‘r ishlatiladi.
Yo‘naltiruvchi to‘siqlarning asosiy vazifasi boshqaruvni yo‘qotgan transport vositasi harakat traektoriyasini to‘g‘rilab uning yo‘l poyidan chiqib ketishi yoki ko‘prikdan tushib ketishi oldini olish bo‘ladi. Yo‘naltiruvchi to‘siqlarning qo‘shimcha vazifasi – ayniqsa tunda haydovchilarning mo‘ljal olishiga yordam beradi.
Hozir to‘siqlarning qattiq, yarim qattiq va elastik (cho‘ziluvchan) konstruksiyalari ishlatiladi. Deformatsiyasi juda kam to‘siq vositalar qattiq, deb ataladi; plastik deformatsiya hisobiga energiyani qisman yutadigan turlari yarim qattiq deyiladi; energiyani yutmaydigan, deformatsiyasi ko‘p bo‘ladiganlari esa elastik deyiladi.
Download 19.86 Kb.




Download 19.86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnik vositalarga xizmat kơsatishda xavfsislik. Texni uskunalardan foydalanish va ularga xizmat kơsatish

Download 19.86 Kb.