Ram — Random Access Memory, оперативное запоминающее устройство, озу




Download 4,08 Mb.
bet7/13
Sana15.05.2024
Hajmi4,08 Mb.
#235954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi11

MULOQOTLI SERVIS XIZMATLARI
Ba’zan tashqi xotiralar bilan ishlash sekinlashadi. Buning sabablari turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, diskdagi sistema xatoligi, ba’zi ma’lumotlar o’chirilib, boshqasi yozilganda tashqi xotiradagi ma’lumotlar tarqoq joylashishi va buning oqibatida bo’sh joylarning aniqlanishiga ketayotgan vaqtning ortishi, diskdagi ma’lumotlar hajmining ko’pligi va boshqalar. Shu sababli NTFS fayl sistemasida disk sohasini to’liq saqlash uchun maxsus usullar qo’llanilgan. Lekin bu ham fayllar bo’laklanishining oldini ololmaydi. Shuning uchun qattiq diskni tez-tez (iloji bo’lsa haftada bir marta) defragmentatsiyalab (ing. parcha yoki qismlarni yigish) turish maqsadga muvofiq.
Operatsion sistemalar qattiq disk, flash-xotiralar bilan ishlash uchun quyidagi muloqotli servis xizmatlarini taklif etadi:
a) diskni tozalash (keraksiz ma’lumotlami o’chirish);
b) diskni defragmentatsiyalash;
c) diskdagi ba’zi axborotlami arxivlash.
Masalan, diskni degragmentatsiyalash uchun Windows operatsion sistemasi servis xizmatining “Diskni defrag­mentatsiyalash” bo’limidan foydalanish mumkin. Umuman yuqorida sanab o’tilgan servis xizmatlaridan foydalanish uchun kerakli disk tanlanib, sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi. Ochilgan kontekst-menyudan Свойства (Xususiyatlar) amali tanlanadi. Natijada quyidagi muloqot oynasi ochiladi. Muloqot oynasi bir necha bo’limdan iborat, servis xizmatlaridan foydalanish uchun, ular ichidan Сервис bo’limini tanlash keak bo’ladi.

12-rasm. C diskning kontekst-menyusi.
“Diskni defrag­mentatsiyalash” xizmati ishga tushgach, avval disk sohasida ma’lumotlar qanday joylashganini tahlil etadi. Quyidagi rasmda tushunarli bo’lishi uchun disk sohasida ma’lumotlar joylashish tahlili (analizi) ko’rsatilgan. Bunda oq joylar diskdagi bo’sh joylar bo’lib, boshqa ranglar esa fragmentatsiyalangan, fragmentatsiyalanmagan va ko’chirilmaydigan fayllarning qanday taqsimlanganini bildiradi.

13-rasm. Disk sohasida ma’lumotlar joylashish tahlili (analizi)


Download 4,08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 4,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ram — Random Access Memory, оперативное запоминающее устройство, озу

Download 4,08 Mb.