• Manzilli
  • Berilganlar shinasi
  • Tashqi xotira
  • Ram — Random Access Memory, оперативное запоминающее устройство, озу




    Download 4,08 Mb.
    bet10/13
    Sana15.05.2024
    Hajmi4,08 Mb.
    #235954
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Kurs ishi11

    Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo‘lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko‘proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi.
    Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo‘lgani uchun kesh xotira bilan
    ishlash vaqti ancha kam bo‘ladi.
    Videoxotira. Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasidan ko‘p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo‘lsa, shuncha yaxshi albatta.
    Shinalar
    Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi electron sxemalar mavjud bo‘lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayriboshlovchi magestral yo‘l deb ataluvchi shinalar orqali bog’langan bo‘ladi. Shunday qilib, oddiy so‘z bilan aytganda, shinalar turli qurilmalarni bog’lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo‘lishi mumkin. Asosan uch xil shina mavjud:

    • berilganlar shinasi;

    • manzilli shina;

    • buyruqli shina.

    Manzilli shina. Berilganlar bu shinada tezkor xotiraning yacheykalari manzili kabi yuboriladi. Aynan shu shinadan protsessor bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqlar manzilini o‘qiydi. Zamonaviy protsessorlarda manzilli shinalar 32 raziryadlidir, ya’ni u 32 ta parallel simlardan tashkil topgan.
    Berilganlar shinasi. Shu shina orqali protsessor registriga berilganlar nusxasi ko‘chiriladi va aksincha. Intel Pentium protsessorli ShK larda berilganlar shinasi 64 raziryadlidir.
    Buyruqli shina. Protsessor bajaradigan buyruqlar shu shina orqali tezkor xotiradan keladi. Buyruqlar baytlar ko‘rinishida tasvirlanadi. Oddiy buyruqlar bir baytga joylashtiriladi, lekin shunday buyruqlar ham mavjudki, ular uchun ikki, uch va undan ortiq baytlar kerak bo‘ladi. Ko‘pchilik zamonaviy protsessorlar 32 razryadli buyruq shinalarga ega.
    Sistema blokidagi shinalar faqat protsessor bilan bog’lanish uchungina ishlatilmaydi. Sistema blokining barcha boshqa ichki qurilmalari, shu bilan birga unga ulangan qurilmalar bir - birlari bilan o‘zaro shinalar yordamida bog’langan.
    Tashqi xotira va tashqi xotira qurilmalari
    Tashqi xotira shunday xotiraki, u tashqi ko‘rinishidan sistema platasiga o‘xshash bo‘lib, axborotlarni o‘zida uzoq vaqt saqlash uchun mo‘ljallangan har xil printsiplarda saqlovchi va har xil turdagi tashuvchi qurilmalardir. Shu bilqan birga, tashqi xotirada kompyuterning barcha dasturiy ta’minotlari saqlanadi. Tashqi xotira qurilmalari kompyuter sistema blokida joylashishi bilan birga uning alohida korpuslarida ham joylashgan bo‘ladi. Oddatda tashqi qurilmalar ma’lumotlarni o‘zda jamlovchi (yig’uvchi) qurilmalar deb ataladi. Jamlovchi – bu axborotni o‘zida saqlaydigan qurilma bo‘lib, u katta hajimdagi axborotlarni uzoq vaqt saqlash uchun mo‘ljallangandir. Ularning hajmi tezkor xotiradan bir necha yuz marotaba kattadir. Jamlovchi qurilmani ma’lumotni tashuvchi va o‘quvchi qurilma deb qarash mumkin. Axborot tashuvchilar ikki xil bo‘ladi: lentali va diskli. Lentalilar faqat magnitli bo‘lishi mumkin, diskli tashuvchilar esa magnitli, magnitooptik va optik bo‘ladi.
    Eng ko‘p tarqalgan jamlovchilar bu magnitli disklardir. O‘z navbatida magnitli disklar ham uch turga bo‘linadi: qattiq disklar, egiluvchan disklar va lazerli (optik) disklar.




    Download 4,08 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 4,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ram — Random Access Memory, оперативное запоминающее устройство, озу

    Download 4,08 Mb.