• HDD va SSD disklar
  • Ram — Random Access Memory, оперативное запоминающее устройство, озу




    Download 4,08 Mb.
    bet11/13
    Sana15.05.2024
    Hajmi4,08 Mb.
    #235954
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Kurs ishi11

    Qattiq disk (HDD Hard Disk Driver)
    Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan dasturlar va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun mo‘ljallangan. Ko‘p hollarda qattiq disklar vinchester nomi bilan yuritiladi. Vinchester tashqi ko‘rinishidan silliq germetik yopiq qutiga o‘xshash bo‘lib, uning chida umumiy o‘qqa ega bo‘lgan aylana shaklidagi bir nechta qattiq alyumin yoki shishali plastinkalar joylashgan. Uning ichidagi disklar soni o‘ntagacha bo‘lishi mumkin. Ularning yuroqi qismi aylana shaklida ajratilgan bo‘lib, ular yo‘laklar (track) deb ataladi. Har bir yo‘lak o‘z raqamiga ega. Bir xil raqamli yo‘laklar disklarda ustma – ust joylashgan holda tsilindr shaklini hosil qiladi. Diksdagi yo‘lakalr sektorlarga ajratilgan. Sector 571 bayt joy egallaydi. Sektorlar va yo‘laklar diskni formatlash vaqtida hosil bo‘ladi. Foydalanuvchi formatlashni maxsus dasturlar orqali amalga oshiradi. Formatlanmagan diskga hech qanday axborot yozib bo‘lmaydi. Qattiq diskni bir necha logik disklarga bo‘lish mumkin. Bu kompyuterda ishlashda foydalanuvchining ishini engillashtiradi.
    HDD va SSD disklar
    Kompyuterda ma’lumot saqlaymiz. Kino filmlar, musiqalar, dokumentlar, o‘rnatilgan dasturlar, operatsion tizim (misol uchun Windows), umuman barcha kompyuterdagi ma’lumotlar aynan diskda joylashadi. Buning uchun yillar davomida HDD disklardan foydalanilgan. Hozirgi kunda SSD formatdagi disklar paydo bo‘lgan. Ushbu disklar HDD disklarga nisbatan bir necha barobar tezroq ishlaydi. Lekin ular bir necha barobar qimmatroq ham.
    Shuning uchun pulingiz yetmasa HDD disklardan foydalaning, leking mablag’ingiz yetarli bo‘lsa ikkovini oling. Misol uchun 128 gigabayt SSD disk olasiz, va ushbu diskda faqat operatsion tizim hamda o‘rnatilgan dasturlar turadi. Shunda kompyuter juda katta tezlikda ishlaydi. Undan tashqari 1000 gigabayt HDD disk olasiz, bu yerda sizning shaxsiy fayllaringiz joylashadi: dokumentlar, videolar, musiqa va hokazo.
    Yuqorida ko‘rsatilga ma’lumotlar kompyuter sotib olayotganda nimaga e’tibor berish kerak ekanligi haqida edi. Kompyuterning boshqa qismlari dasturlash uchun muhim emas va ularni o‘z didingiz va cho‘ntagingizga qarab tanlang. Misol uchun noutbuk ishlatish qulayroq, leking kompyuterdan 2 barobar qimmatroq. Noutbukning materialidagi sifati, uning firmasi, ekranning kattaligini – bular ikkilamchi narsalar.
    Lazer (kompakt) disk. CD - ROM
    CD ROM (Compact Disk Read Only Memory) – faqat ma’lumotni o‘qish uchun mo‘ljallangan lazer disk qurilmasi. Uning ishlash prinsipi shundan iboratki, u diskning yuqori ustki qismida joylashgan raqamli ma’lumotlarni lazer nuri yordamida o‘qiydi. Ma’lumot tashuvchi sifatida oddiy kompakt – disk CD ishlatiladi. Unga 650 Mbayt hajimdagi ma’lumot sig’ishi hamda uni ishlatish qulayligi bilan alohida etiborga loyiqdir. Bunday katta hajimlar multimediyali axborotlarga xos bo‘lgani uchun CD-ROM qurilmasi multimediya uskunalari sarasiga kiradi. Multimediyali axborotlardan tashqari kompakt diskda xar xil tizim va amaliy dasturlarni, electron kitoblarni ham saqlashi mumkin. Kompakt disklarning boshqa turlari ham mavjud, masalan CD Writer, CD – R, CD – RW, DVD va boshqalar.

    Download 4,08 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 4,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ram — Random Access Memory, оперативное запоминающее устройство, озу

    Download 4,08 Mb.