• Doimiy xotira
  • Ram — Random Access Memory, оперативное запоминающее устройство, озу




    Download 4,08 Mb.
    bet9/13
    Sana15.05.2024
    Hajmi4,08 Mb.
    #235954
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Kurs ishi11

    Tezkor xotira (RAM – Random Access Memory – ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan) kompyuterning muhim qismi bo‘lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana saqlaydi. Shuni alohida takidlash lozimki, kompyuter o‘chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo‘q bo‘lib ketadi. Tezkor xotira juda tez yozishi va o‘qishi bilan farq qiladi. Uning «tezkor» nomini olishining sababi, u juda tez ishlaydi va protsessor berilganlarni xotiradan o‘qishida yoki yozishida kutishiga hojat yo‘q.
    Kompyuterda tezkor xotira standart panellarda joylashgan, ular modullar deb ataladi. Tezkor xotira modullari sistema platasida mos hajimlarda qo‘yiladi. Xotira modullari ikki xil bo‘ladi: bir qatorli (SIMM modullar) va ikki qatorli (DIMM modullar). Pentium protsessorli kompyuterlarda bir qatorli modullarni juft ishlatish kerak (sistema platasiga o‘rnatishda hamma vaqt juft sonda bo‘ladi). DIMM modullarni bittadan o‘rnatish mumkin. Bitta platada har xil modullarni o‘rnatish mumkin emas.
    Tezkor xotira modullarining asosiy xarakteristikasi quyidagicha:

    • xotira hajmi;

    • murojaat vaqti.

    SIMM modullari 4, 8, 16, 32, 64 Mbayt hajimga ega; DIMM modullariniki esa 16, 32, 64, 128, 256, 512 Mbayt. Murojaat vaqti xotira yacheykalariga murojjat qilishda qancha kerak bo‘ladigan vaqtni ko‘rsatib, vaqt qancha kam bo‘lsa shuncha yaxshidir. Bunda vaqt nanosekunda o‘lchanadi. SIMM modullarida – 50 – 70 ns, DIMM modullarida esa – 7 – 10 ns.
    Doimiy xotira (Read Only Memory – ROM – faqat o‘qish uchun). Bunda, berilganlar (standart dasturlar) unga avvaldan xotira mikrosxemasiga ishlab chiqarilgan zavodida joylashtirilgan bo‘ladi va berilganlarni o‘zgartirish talab qilinmaydi. Bunday xotiradan faqat unda saqlanayotgan ma’lumotlarni o‘qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM deb ataladi. ROM da kompyuter o‘chirilganda ham ma’lumotlar saqlanadi. IBM PC kompyuterlarida bu xotira kompyuter jihozlarining ishlashini tekshirish, operatsion tizimning boshlang’ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko‘rsatishning asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
    Kompyuter ishga tushganda uning tezkor xotirasida hech qanday ma’lumot bo‘lmaydi, chunki yuqorida takidlaganimizdek tezkor xotirada kompyuter o‘chirilganidan so‘ng hech qanday ma’lumot saqlanmaydi. Lekin, kompyuter ishga tushganidan protsessorga buyruq kerak. Shuning uchun protsessor unga ma’lum bo‘lgan maxsus boshlang’ich manziliga murojaat qiladi, ya’ni birinchi buyrug’iga. Bu manzil ROM yoki doimiy xotiradir. Doimiy xotiradagi dasturlar majmuyi BIOS (Basic Input Output) kiritish/chiqarish tizimning bazasini tashkil qiladi.Bu dasturlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular tizimning tarkibi va ishga yaroqliligini tekshiradi hamda klaviatura, monitor, yumshoq va qattiq disklar orasidagi bog’lanishni ta’minlaydi.

    Download 4,08 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 4,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ram — Random Access Memory, оперативное запоминающее устройство, озу

    Download 4,08 Mb.