O’zbekistonda va jahonda elektron tijoratning rivojlanish tendentsiyalari




Download 83,25 Kb.
bet4/5
Sana30.11.2023
Hajmi83,25 Kb.
#108860
1   2   3   4   5
Bog'liq
Raqamli elektron biznesni tashkil qilish bo’yicha quyidagi bir q-fayllar.org

O’zbekistonda va jahonda elektron tijoratning rivojlanish tendentsiyalari
Xitoydagi eng yirik kompaniyalardan biri – Alibaba Group ning asoschisi va

direktorlar kengashi raisi Djek Maning ta’kidlashicha, «Taxminan 30 yillardan so’ng, biznesning 80% dan ortigi internet orqali amalga oshiriladi . . . . Agar bu paytga kelib, ertangi kun uchun qandaydir yechimingiz bo’lmasa, bu yechim kimdadir albatta bo’ladi». Xaqiqatan xam, bugungi kunda informatsion va kommunikatsion texnologtyalar xayotimizning barcha soxalariga shiddat bilan kirib kelmoqda. Insonning kundalik xayotini ancha yengillashtiradigan va ma’lumot uzatilishini xamda uning qayta ishlanishini tezlashtiradigan texnologiyalarning va internetning bunday tezkorlik bilan rivojlanishi industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o’tishining o’ziga xos katalizatori sifatida namoyon bo’la boshladi. Bunday jarayonlarning natijasida an’anaviy jamiyat raqamli jamiyatga aylana boshladi. Internet Live Stats ning ma’lumotlariga ko’ra, xar kuni Google tizimiga uch milliarddan ziyod so’rovlar bo’lar ekan. Undan tashqari, internet foydalanuvchilar orasida internet orqali telefon va video qo’ngiroqlar, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash xam borgan sari ommaviy bo’lib bormoqda. Oxirgi besh yilda internet foydalanuvchilari soni 29% dan 39% gacha ortdi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni esa 53% dan 64% gacha ortdi. Bu ma’lumotlar internetdan foydalanish ko’pchilik mamlakatlardagi insonlar uchun oddiy bir xolat bo’lib qolganini ko’rsatadi. Yoshlar va bolalar esa qandaydir darajada raqamli qurilmalar va ijtimoiy saytlarga bog’lik bo’lib xam qoldilar.


Raqamli texnologiyalarning misli ko’rilmagan imkoniyatlari tufayli ko’pchilik
tashkilot va korxonalar raqamli muxitga ulanib, mijozlar bilan onlayn muloqot qilgan xolda o’z bizneslarini elektron usulda tashkil etmoqdalar. Turli darajalardagi faoliyat turlarining integratsiyasi yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib, konkret biznes modellarning rentabelliligini oshirayapti. Xuddi shuning uchun xam ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat turlarini raqamlashtirish avvalgidan xam ko’ra ko’proq dolzarb bo’lib bormoqda. Chunki bu amal iste’molchilarning afzalliklaridan tortib, to yangi biznes modellargacha bo’lgan jaxon iqtisodiyotining bir qancha aspektlarini o’zgartirib yuboradi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy munosabatlarnig tubdan o’zgarishiga va raqamli iqtisodiyot tushunchasining paydo bulishiga olib keladi.
O’tgan asrning 90 yillarida AQSH iqtisodiyotining rivojlanishi ancha tezlashdi va
bu xolat iqtisodiyotga zamonaviy raqamli informatsion texnologiyalarning tezkorlik bilan kirib kelishiga sabab bo’ldi. Olimlar bu fenomenni ko’rib chiqib, AQSH da ishlab chiqarishning o’sishi hamda informatsion texnologiyalar soxasiga bo’lgan investitsiyalar orasida kuchli korrelyasiya borligini topishdi. Dunyo bo’yicha kompaniyalar xamda uy xo’jaliklariri faoliyatiga shaxsiy
kompyuterlarning kirib borishi borgan sari kupayib borayotgan bir vaqtda, amerika
kompaniyalari internetni “fuqarolik dasturlari” uchun (ma’lumotlarni uzatish va ko’plab sondagi insonlarga jo’natishni amalga oshiradigan ommaviy internet-muxit yaratish maqsadida) moslashtirishga qaror qildilar. Smartfonlar bilan to’yinib borayotgan internet tizimi iste’mol va ishlab chiqarishning yangi usullarini yaratdi. Bu esa zamonaviy to’lov va ish yuritish tizimlarini xosil qilgan xolda iqtisodiyotning yangidan-yangi raqamli sektorlarining xosil bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. Xuddi shu tariqa internet -iqtisodiyot, veb-iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyot tushunchalari paydo bo’ldi. Ilmiy adabiyotda raqamli iqtisodiyotning turli-tuman aniqlanuvlari keltiriladi va ular vaqt o’tishi bilan xamda texnologiyalar rivojlanishi bilan o’zgarib turadi. Oxirgi paytlarda raqamli iqtisodiyotning aniqlanuvlari mobil (mobile technologies) va sensor tarmoqlarini (sensitive technologies), bulutli texnologiyalarni (cloud technologies) va katta ma’lumotlarni (big data) o’z ichiga ola boshladi. Amerikalik mutaxassis Tarskottning fikriga ko’ra, raqamli iqtisodiyot ikki segmentga bo’linadi: tarmoq texnologiyalari va «inson va texnika» ning o’zaro muloqoti. Demak, raqamli iqtisodiyot nafaqat tarmoq texnologiyalari, aqlli mashin alar va texnologik rivojlanishni, balki inson faktorini, ya’ni, boyliklar xosil qilish va ijtimoiy rivojlanish uchun kerakli bo’lgan intellektni, bilimlarni va ijodni xam o’z ichiga qamrab oladi. Keyinchalik Evropalik olim Margerino raqamli iqtisodiyotninganiqroq tushuntirib, iqtisodiy o’sishga ta’sir kiladigan to’rtta faktorni ajratib ko’rsatdi:
 Internetdan va tarmoq texnologiyalaridan foydalanish;
 Korxonalar orasidagi elektron savdoning amalga oshishi;
 Maxsulot va xizmatlarning raqamli usulda yetkazilib berilishi;
 Internet orqali moddiy tovarlar bilan chakana savdo amalga oshirilishi.
Margerinoning ishini davom ettirgan xolda, boshqa olimlar ham raqamli iqtisodiyotning eng muxim xususiyatlarini aniqlab berdilar va raqamli iqtisodiy jarayonlar tarmoqlarining quyidagi tashkil etuvchilarini tasniflab berdilar:
 Yuqori sifatli raqamli maxsulot va xizmatlarning raqamli tarqatilishi –ya’ni, raqamli ko’rinishdagi maxsulot va xizmatlarni material tashuvchisiz
tarqatish. Misol sifatida onlayn ta’lim, onlayn informa tsion xizmatlar, onlayn o’yinlarni sotib olish hamda sotish va boshqalar (Facebook, Instagram, Google, Yandex …).
 Material tovarlar realizatsiyasi uchun raqamli xizmatlar – bunday xizmatlarga mexmonxonalardagi nomerlarni onlayn bron qilish, tovarlar marketingi, maxsulotlarni kiritish mumkin (kiyim, oziq-ovqat, kitoblar va
x.k. - Amazon, eBay, Alibaba…).
 Tovarlar ishlab chiqarishdagi informatsion xizmatlar yoki informatsion texnologiya xizmatlari – informatsion texnologiyalarga kritik ravishda bog’liq bo’lgan servislar va ishlab chiqarishlar. Masalan, kompyuterlashtirilgan usullarda avtomobillar ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishning rejalashtirilishi hamda nazorat qilish tizimlari va boshqalar (MyTaxi, Airbnb, Uber, YandexTaxi …)
 Informatsion texnologiyalar industriyasi – raqamli iqtisodiyotning yuqorida
eslatib o’tilgan uchta segmentini qo’llab-quvvatlaydigan IT-industriyaning mahsulotlari va hizmatlari (komp’yuter tarmoqlari industriyasi, shaxsiy komp’yuterlar ishlab chiqarish va kommunikatsion xizmatlar) - (Apple, Microsoft, 3D-va 4D-pechat …).
Bulardan shuni hulosa qilish mumkinki, raqamli iqtisodiyot o’z tarkibiga tarqatilishi raqamli texnologiyalarga to’liq bog’liq bo’lgan tovarlar, hizmatlar,
ishlab chiqarish va sotuvni qamrab oladi. Shuning tufayli E.Maletski va B.Moristlarning fikrlariga ko’ra, raqamli iqtisod bu – information texnologiyalarning apparat ta’minoti, dasturiy ta’minoti, telekommunikatsiyalar va
ilovalarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, shu jumladan, tashkilotning ichki operatsiyalari (tijorat, davlat va notijorat) yo’nalishlarida ham faol ravishda ishlatishdir. Bunga tashkilotlararo aloqalar ham, iste’molchi, fuqaro yoki korxonalar bilan munosabatlar ham kiradi. Shunday qilib, ta’kidlash mumkinki, raqamli texnologiyalar qandaydir ma’noda raqamli iqtisodiyotning asosi hisoblanadi va internet hamda mobil texnologiyalar vositasida iqtisodiy faoliyatni optimallashtirilgan holda amalga oshirishga yordam beradi. Quyida keltirilgan ruyhatli-chizma raqamli iqtisodiy fazoning tarkibiy qismlarini ko’rsatib berish uchun hizmat qiladi:
Raqamliiqtisodiyfazoningtarkibiy elementlari
 Texnik ta’minot
 Informatsion ta’minot
 Dasturiy ta’minot
 IT-konsalting
 Telekommunikatsiyalar
 Plarformali iqtisodiyot
 Raqamli hizmatlar
 Algoritmik iqtisodiyot
 Katta na’lumotlar iqtisodiyoti
 Raqamli sektor
 Raqamli iqtisodiyot
 Raqamlashtirilgan iqtisodiyot
 Almashinuv iqtisodiyoti
 Gigi iqtisodiot
 Frilansing
 Elektron tijorat
 Industriya4.0
Raqamli iqtisodiyotni torroq ma’noda tushunish uni raqamli hizmatlar, gigonomika va ma’lumotlarga raqamli ishlov berish bilan chegaralab qo ’yadi.
Uni keng ma’noda tushunish esa raqamli iqtisodiyotni yuqoridagi ruyhatda keltirilgan barcha yo’nalishlarga bog’lab beradi. Bunda raqamlashtirish deganda,
Yangi intellectual raqamli tarmoqlar tushunilib, ular boshqaruv usullarini, optimallashtirishni, resurslarni birgalikda ishlatishni va elektron savdo jarayonini tubdan o’zgartirib yuboradi.
Yuqoridagi bacha tashkil etuvchilarni integratsiya qilish asosida raqamli texnologiyalar va raqamli faoliyat bilan birgalikda biznes-modellarning raqamli sektori ham daraqamli iqtisodiy fazo hosil bo’ladi.
Endi yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning tarkib topishi va rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqamiz.
Dunyodagi ko’pchilik mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, raqamli iqtisodiy fazo shakllanishining boshlang’ich bosqichida buning uchun kerakli bo’lgan IT-infratuzilmasini tashkil etish va buning uchun kerakli bo’lgan tarkibiy elementlarni yaratish kerak bo’ladi.
Ko’pchilik Osiyo mamlakatlarida ularning mentalitetiga bog’liq ravishda, Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etuvchi, boshqaruvchi, uning qonun-qoidalari va standartlarini yaratuvchi hamda asosiy investori sifatida davlat ishtirok etadi.
Ammo bu infratuzilma yaratish uchun mamlakat ichidagi va tashqarisidagi investorlarni jalb qilishni ham istisno etmadi, albatta.
AQSH va bir qancha Evropa davlatlarida esa raqamli iqtisodiyot uchun IT-infratuzilmasini yaratish va uni rivojlantirishda asosiy ishni transmilliy korporatsiyalar va yirik kompaniyalar amalga oshiradilar.
Boshqa bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlarda esa raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratishda va ular uchun investitsiyalar kiritishda halqaro tashkilotlar (Jahon Banki, BMT va boshqalar) asosiy rol o’ynaydilar.
Quyida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda davlatning poli qanday bo’lishini ko’rib chiqamiz.
O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish uchun avvalo buning uchun mos bo’lgan normativ –huquqiy bazani yaratish kerak bo’ladi.
Bu baza o’z ichiga yangi munosabatlar qanday amalga oshishini, iste’molchilar faoliyatini, infratuzilma qanday bo’lishini, qanday platformalardan foydalanish zarurligini, jamiyatni bu turdagi iqtisodiyotda faoliyat ko’rsatish uchun tayyorlashni, infinformation havfsizlikni qanday ta’minlashni, ma’lumotlar konfidentsialligi qanday amalga oshirilishini, virtual olamdagi mulk egalarining haq-huquqlarini qanday himoyalash kerakligini qamrab olishi zarur bo'ladi.
Respublika prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi 2017-2021 yillarga mo’ljallangan
“O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh prioritetli rivojlanish yo’nalishlari bo’yicha davlat dasturi” doirasida ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha bir qancha chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Davlat dasturining iqtisodiyot rivojlanishi va faol tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash deb nomlangan 3-bo’limining 3.1, 3.2 va 3.5 punktlarida “iqtisodiyotni boshqarishning yangi mexanizmlarini hamda zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish”, “raqamli texnologiyalarni tadbiq qilshga ko’mak berish”,“halqaro to’lov tizimlari bilan integrallashgan innovatsion texnologiyalar
Yordamida yangi turdagi bank hizmatlarini yaratish va bunda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” kabi bir qanch aishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Yuqorida sanab o’tilgan va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar shuni ko’rsatadiki, respublikamizda raqamli iqtisodiyotning faol rivojlanishi uchun shart –sharoitlar asta-sekin bilan bo’lsada, yaratilayapti.
Bu yo’nalishdagi normativ-huquqiy hujjatlar yaratish davlat, fan va biznes orasida yakin aloqalari bo'lishini talab qiladi.
Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratishda davlat nodavlat tashkilotlari, xususiy va davlat sektori korxonalari hamda bunga qiziqish bildiradigan mahalliy va halqaro kompaniyalar (Qualys, Google, Amazon, Alibaba, Softline, Samsung, Huawei, UzCard, Uzonlinevaboshqalar) bilan yaqindan muloqot qiladi.
Toshlent shaxrida bo’lib o’tgan (2017) IDC (International Data Corporation /Halqaro information korporatsiya) ning uchinchi yillik anjumani ham zamonaviy iqtisodiyotdagi raqamli transformatsiya, buymlar internet, qo’shimcha virtual reallik va sun’iy intellect kabi masalalarni ko’rib chiqib, O’zbekistonning raqamli texnologiyalarni va uzoq muddatli raqamli platformalarni rivojlantirishining bir qancha perspektiv yo'nalishlarini aniqlab berdi.
Raqamli iqtisodiyot zamonaviy AKT infratuzilmasi asosida rivojlanib, uning asosiy hususiyatlari – kompetentsiyalar, innovatsion yangiliklar va insonning bilimidir.
Huddi shuning uchun ham mehnat bozorini transformatsiya qilish, ommani AKT bo’yicha savodhonlik darajasini oshirish hamda bilimli IT-kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga egadir.
Respublikamizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’siq qiladigan asosi faktorlar jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
 Insoniy resurslar
 Telekommunikatsiyalarga bo’lgan investistiyalar va raqamli infratuzilmalar
 Dasturiy mahsulotlar va ilovalar yaratish
 Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga faol ta’siri
 Davlat boshqaruvi
 Xususiy sector
O’zbekiston Respublikasi xudularida raqamli iqtisodiyot shakllantirish va uni
rivojlantirish uchun insoniy resurslarga, IT-sohasiga investitsiyalarga, raqamli
infratuzilmalarga, dasturiy ta’minot ishlab chiqarishga tayanadigan va bunda
asosiy oyinchilar davlat hamda xususiy sector bo’lgan milliy raqamli strategiyani
ishlab chiqish zarur.O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotning qanday rivojlanayotganligi haqidagi ma’lumotlarni quyidagi jadvaldan kuzatishimiz
mumkin:



Download 83,25 Kb.
1   2   3   4   5




Download 83,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonda va jahonda elektron tijoratning rivojlanish tendentsiyalari

Download 83,25 Kb.