Raqamli elektron biznesni yaratish bo‘yicha tavsiyalar




Download 83,25 Kb.
bet2/5
Sana30.11.2023
Hajmi83,25 Kb.
#108860
1   2   3   4   5
Bog'liq
Raqamli elektron biznesni tashkil qilish bo’yicha quyidagi bir q-fayllar.org

Raqamli elektron biznesni yaratish bo‘yicha tavsiyalar
Yangi mahsulot yoki hizmat yaratish uchun kerakli bo’lgan innovatsion
g’oyani qanday qilib topiladi? Avvalo har qanday g’oya yoki innovatsion taklif mijozning yoki resursdan foydalanuvchining biror bir muammosini hal qilib berishi yoki qandaydir yengillik yaratib berishi kerak. Startuplarning 98% qismi biznes strategiyasi xato bo’lganligi tufayli yoki komanda yaxshi bo’lmagani uchun muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Agarda muammo topilsa va real bozor mavjud bo’lsa, potentsial biznes hayotiy bo’lishi uchun ikki faktor eng muhim bo’ladi: bularning birinchisi komanda va ikkinchisi esa mahsulotning prototipidir. Biznesga investitsiyalar jalb qilish uchun mhsulotni ishlab chiqish va uni bozorga kiritish bo’yicha malakali mutaxassislar va yangi g’oyaga juda qattiq ishongan insonlar komandasi bo‘lishi lozim. Mahsulotning prototipi (MVP – minimum viable product) bu yangi mahsulotning minimal funktsiyalarga ega bo’lgan namunasi (modeli) bo’lib, u bozorga chiqarilishidan oldin yana ko’p martalab qayta ishlanishga muhtoj bo’ladi. MVP atamasini SynkDev konsulting kompaniyasining asoschilaridan biri Frank Robinson muamalaga kiritgan bo’lib, customer developmentning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib qoldi. MVPiste’molchining biror bir muammosini hal qilib beradigan bittagina funktsiyaga ega bo’lishi kerak. MVP ishlab chiqishda eng murakkab masala – sifat va sarf-harajatning optimal nisbatini topishdir. IMVU kompaniyasining asoschisi Eric Ries esa MVP ni yangi mahsulotni minimal kuchlar bilan maksimum informatsiya olishga imkon berdaigan boshlang’ich versiyasi deb hisoblaydi. Ya’ni uningcha MVP minimal funktsiyalarga ega bo’lgan va tezkorlik bilan yaratiladigan offer sifatida bo’lib, u maqsadli auditoriyaning iste’mol talablarini o’rganish, qimmat marketing izlanishlaridan voz kechish va katta harajatlardan qutulish uchun bir vosita sifatida tushnadi. Demak, MVP minimal sarf-harajatlar qilib, potentsial iste’molchilarning talablarini o’rganish va yangi biznes haqidagi gipotezani yetarli darajadagi ishonchlilik bilan tasdiqlash yoki rad qilishga imkon beradi. Yangi biznes to’g’risidagi gipotezani tekshirishning quyidagi variantlarini ajratib ko’ratish mumkin:
 E-Mail orqali mahsulot yoki hizmat haqidagi ma’lumotlarni jo’natish;
 Interv’yular o’tkazib, javoblarni o’rganish;
 Taqdimot qilish yoki bevosita sotuv uyushtirish;
 Beta landing page dan foydalanish;
 Blog va videoroliklardan foydalanish;
 Raqamli prototip yaratish;
 Imitatsion modeldan foydalanish;
 On-layn kurslar tashil qilish;
 Kraudfundingdan foydalanish;
 Sayyor tashriflar tashkil qilish, maqsadli auditoriya bilan bavosita muloqotlar tashkil qilish.
Misol sifatida oyoq-kiyimlarning jahondagi eng katta internet-magazini Zappastajribasini ko’rsatamiz. Uning yillik pul aylanmasi millard dollardan ortadi. Barcha ish Zappas kompaniyasi asoschisi Nik Suinmernning yaxshi oyoq kiyimlar tanlovi bo’lgan yirik magazinni tapa olmaganidan boshlangan. Uning biznes gipotezasi mijozlarning on-layn usulda oyoq kiyimi sotib olishga tayyor deb tahmin qilgani bo’lgan. Bu gipotezani tekshirib ko’rish uchun u barcha mahalliy magazinlarni aylanib chiqqan va ularning assortimentini rasmga olgan hamda bu rasmlarni o’z saytiga joylashtirgan. Endi agarda mijozlar bu rasmlar yordamida biror bir oyoq kiyimini tanlab, sotib olishni istasalar, uni magazinlardagi narxlarda harid qilishlariga imkoniyat yaratgan. Nik Suinmernnning asosiy maqsadi – bunday qulay internet-magazinga talab bormi yoki yo’qligini tekshirib ko’rish bo‘lgan.
Zappos ning birinchi tajribasiyoq muvaffaqiyatli chiqqan va kompaniya bu
tajribasida mijozlar va hamkorlarning faoliyatini o’rgana olgan, ulardan qandaydir
yangi narsalarni o’rgangan va ularni kompaniya faoliyatiga tadbiq qila olgan.
Bunday miqdoriy va sifatiy ko’rinishdagi ishlarni amalga oshirish raqamli biznes
uchun juda muhim va foydali hisoblanadi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki,
Zappos kompaniyasi 2019 yilda Amazon.com ni ham sotib oldi. Shunday qilib, gipotezalarni testlashtirish jarayonida qandaydir qiymatga ega bo’lgan va ishlay oladigan biznes taklifi hosil bo‘ladi. Agarda interv’yu o’tkazilgan 100 nafar shaxsdan 60-70 tasi muammo mavjudligini ko‘rsatsa, buni yaxshi natija deb hisoblash mumkin bo‘ladi.
Kompaniyaning bozorda o’z joyini (pozitsyyasini) egallab olish maqsadidagi
marketing bilan bog’liq hatti-xarakatlariga bozorda o’zining o’rnini topishni,
raqobatbardishlilikni oshirishi va aqlga muvofiq ravishda marketing chora -tadbirlarini rejalashtirishni kiritish mumkin. U yoki bu magsulot yoki h izmatning
bozordagi o’rni uning bozorda egallagan joyi, qismi, narx siyosati, iste’molchilarning bundan qoniqqanliklari darajasi, haridorlarning bu mahsulotlarga befarq emasligi kabi korsatgichlar bilan aniqlanadi. Marketing
bo’yicha ko’zga ko’ringan mutaxassis Philip Kotlerning fikriga ko’ra, bozorda o’z
joyini (pozitsyyasini) egallab olish kompaniya obrusi va uning imidjini tashkillashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar majmuasi bo’lib, bu orqali
maqsadli iste’molchilar guruhi tassavvurida kompaniya to’g’risida ijobiy fikr hosil
qilishdir. Mahsulot yoki hizmatning bozorda o’z joyini (pozitsyyasini) egallab
olishi pirovard natijada maqsadli auditoriya ongiga nima uchun bozordan huddi shu kompaniyaning tovari yoki hizmatini sotib olish maqsadga muvofiqligini tushuntirishni o’z ichiga qamrab oladi. Demak, mahsulot yoki hizmatning bozordagi o’rni – ayni zamon va makonda bozorbop taklifni ishlab chiqish va uning iste’molchilar ongida ijobiy obrazini yaratishdir. Bozordagi o’rinni egallash - bozorni o’rganish va undagi mavjud talablarga muvofiq ravishda mahsulot yoki hizmat haqidagi fikrlni iste’molchilar ongiga singdirishdir. Bunda kompaniya bozorda yo’q bo’lgan mahsulot yaratishi yoki mavjud mahsulotni mukammalashtirgan holda taqdim etishi yoki mavjud mahsulotlarga o’xshash mahsulotlar ishlab chiqarishi mumkin. Sotuvning eng asosiy elementi kompaniya mahsulotining raqobatchilar mahsulotlaridan ijobiy farqidir. Startap uchun bozorda o’z joyini egallashida bozor holatini to’g’ri baholashdir. Investorlar uchun o’sayotgan bozorlarda ishlash afzal hisoblanadi. Kompaniya mahsulotlariga hozircha bozor bo’lmagan holatlar ham uchrab turadi. Startap uchun tavakkalchilkni baholashning bir nahca usuli mavjud:
 Tavakkalchilkni „yuqoridan“ baholash usuli – bunda tahlil uchun bozorbo’yicha umumiy ma’lumotlar olinadi. Masalan, Rossiyada 30 mingdan
ortiq internet-magazinlar bo’lib, ularning 26% qismi startap ishladigan dasturiy ta’minotdan foydalanadi va demak, ular kompaniyaning mijozlari
bo‘lishlari mumkin.
 Tavakkalchilkni „pastdan“ baholash usuli – bunda tahlilda kichik raqamlardan kattalariga o’tiladi. Masalan bitta foydalanuvchini jalb qilish $5 ga tushsa, byudjet $10 000 dollar bo’lganida 2000 ta foydalanuvchini jalb qilish mumkin bo’ladi. 2000 ta foydalanuvchi esa $28 000 kirim keltiradi, bu esa bozorning 3% ini tashkil qiladi.
Shuni ham aytish kerakki, investorlar „pastdan“ hisoblash natijalariga ko’proq
ishonadilar. Agarda „yuqoridan“ va „pastdan“ deb nomlangan usullar bir hildagi natija bersalar, bu bozorni baholash to’g’ri bo’lganini anglatadi. Bozor va maqsadli auditoriya to’g’risida ma’lumotlar analitik hisobotlardan, raqobatchi saytlarga kirganlar sonini aniqlash vositasida, maqsadli auditoriyani interyu qilish orqali yoki qidiruv natijalari statistikasi vositasida yohud bu soha bo’yicha mutaxassislashga kompaniyalar (Gartner, Emarketer, Nielsen, ComScore va boshqalar) yordamida yig’lishi mumkin. Qidiruv talablarining statistikasi Internet tarmoq’i rivojlanishi tufayli vujudga kelgan usul hisoblanadi. Bu usul kalit so’zlar va so’z bo’laklarining so’rovlardagi chastotasi qanchalidi vositasida u yoki bu hodisani baholashdir. Qidiruv talablari har qanday saytni ishga tushirishdagi asosiy tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Odatda bacha qidiruv talablarini yuqori chastotali, o’rtacha chastotali va past chastotali talablarga hamda yuqori raqobatli, o’rta raqobatli va past raqobatli qidiruv talablariga bo’lish mumkin. Chastotasi nolga yaqin bo’lgan talablarga ortiqcha ahamiyat berish tavsiya etilmaydi. Yandexda Yandex.Wordstat deb nomlangan mahsus servis bo’lib, u ko’rsatilgan so’zlar yoki so’z bo’laklarining chastotasini aniqlash imkonini beradi. Ko’pchilik hollarda shu ma’lumotlarning o’zigina u yoki bu talabning qanchalik ommabop ekanini aniqlash uchun kifoya qiladi. Google tizimi ham u yoki bu talabning chastotasi qanchalik o’zgarish tarixini aniqlash uchun Google Adwords hizmatini taklif qiladi. Shuni ham aytish kerakki, ba‘zi bir turdagi talablar mavsumiy harakterga ega bo’lishi ham mumkin – ya’ni bunda „qiziqishlarning parvozi“ kuzatiladi.
Endi Unit-ekonomika (unit-iqtisodiyot, unit-ecomomics) bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqamiz. Unit-iqtisodiyot – innovatsion kompaniya moliyaviy ko‘rsatgichlarining bir mijoz hisobiga aniqlangan kattaliklaridir. Unit-iqtisodiyot quyidagi savolga javob topish uchun hizmat qiladi: biznesni tashkil qilish va uni masshtablashtirish moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiqmi yoki yo’qmi? Unit-iqtisodiyot Eliyahu Goldrattning tizimlar chagaralanishi nazariya siga asoslangan.
Ushbu nazariyaning asosiy g’oyasi istalgan tizimda kompaniya potentsialini
amalga oshirishga halaqit beradigan va uning o’sishini sekinlashtiradigan chegaralanish bor degan fikrdir.
Endi startap tomonidan tanlangan biznes-modelning hayotiyligini aniqlashga imkon beradigan asosiy metrikalarni ko’rib chiqamiz:
1. UAcq(Unit Acquisition) – jalb qilingan mijojlar soni;
2. CAC (Customer Acquisition Cost) – yoki CPA (Cost per Acquisition) bir
mijozni jalb qilish narxi. CAC ni hisoblash uchun barcha mijozlarni jalb qilish uchun ketgan harajatlarni mijozlar soni UAcq ga bo‘lish kerak. Masalan, mijozlarni jalb qilish uchun amalga oshirilgan tadbirlarga 200 ming so’m sarf qilingan bo’lsa va natijada 400 ta yangi mijoz topilgan bo’lsa, CAC ning qiymati 500 so’m bo’ladi. Lekin kompaniyaning jalb qilish kanallari bir nechta bo’lgani tufayli, har bir kanal uchun CAC ning qiymati ham turlicha bo’ladi;
3. CAC Payback – mijoz tufayli olingan foydamiqdori uni jalb qilish uchun
ketgan mablag’ni qoplashi uchun ketgan vaqt;
4. MRR (Monthly Recurring Revenue) – kompaniyaning barcha mijozlari tomonidan har oyda keladigan tushum miqdori;
5. ARPU (Average revenue per user) – har birjalb qilingan foydalanuvchidan
keladigan o’rtacha daromad miqdori. ARPU ning kattaligi MRR ni UAcq ga
bo’lish natijasida hosil qilinadi;
6. LTV (Life time value) – bir mijozning kompaniya mahsulotidan foydalanishi yoki kompaniya bilan muloqot qilishi natijasida olingan daromad miqdori. Masalan, mijoz servisni 3 yil davomida ishlatdi va buning uchun har oyda 350 dollardan to’lab turdi, kompaniya esa unga oyiga 100 dollardan sarf qildi. Bu holda LTVning kattaligi quyidagicha hisoblanadi: 3x12x(350-100) = 9000 dollar. Ya‘ni, mijoz 3 yil davomida kompaniyaga 9000 dollar fayda keltirgan
ekan;
7. COGS (Cost of goods sold) –har bir sotuvga hizmat ko’rsatish uchun sarflangan
mablag‘. Metrikalarning iqtisodiy turi qanday qilib katta pul topish va bu nimaga bog’liqligini ko’rsatib bersa, mahsulot metrikalari mahsulotni qanday qilib yahshilash mumkinligini aniqlashga imkon beradi.
13.3. Elektron biznesini moliyalashtirish usullari
Yuzlab milliard dollarlik kattalikka ega bo’lgan jahon internet bozorining rivojlanishi nafaqat tadbirkorlar uchun qiziqarli, balki investorlarni ham o’ziga jalb
qiladi. Chunki bu sohada tavakkalchilik miqdori ancha katta bo’lishiga qaramay,
elektron biznesga bo’lgan investitsiyalar 3-5 yilgahca bo’lgan muddatlardi Forbes
ning ma’lumotlariga ko’ra, 1000% gacha daromad keltirishi mumkin ekan.
Shuning uchun ham venchur fondlar elektron biznes yo’nalishidagi loyihalarga ularning boshlang’ich bosqichlaridayoq yaxshi niyat bilan pullar jalb qiladilar.
Ko’pchilik xollarda bunday biznes loyihalari yuqori texnologik va innovatsion hususiyatga ega bo’ladilar. Investor uchun venchur investitsiyalash juda yuqori tavakkalchilik darajasiga ega bo’ladi. „Venchure“ so’zi ham o’zbek tiliga tajima qilinganida tavakkalchilik bilan boshlangan ish degan ma’noni berdai. Ammo bunday biznes loyihasi innovatsion yangilik bilan bog’liq bo’lganligi uchun investorning boshlang’ich kapital qo’yilmasini o’nlab, yuzlab va ba’zi xollarda esaminglab marta katta miqdorda ko’paytirishga imkon beradi. Lekin suni ham aytish kerakki, barhca vachur investitsiyalar ham muvaffaqiyatli bo’lavermaydi – 70%-80% investitsiyalar zararga ham kirib ketishi mumkin. Qolgan 20 -30% venchur investitsiyalar barcha zararlarni qoplaydi va katta foyda ham keltiradi. „MoneyTreeTM:Venchur bozori navigatori“ ning ma’lumotlariga ko’ra, 2 013 yilning uchta choragida amalga oshirilgan venchur kelishuvlarning 157 tasidan 138 tasi IT-loyihalarga to’g’ri kelganligini ko’rish mumkin. Keyingi yillarga investorlar meditsinadagi, ta’limdagi, biotexnologiyadagi, transportdagi va moliya soxasidagi loyihalarga ham faol investitsiyalarni amalga oshirmoqdalar. Bunday investorlarga misol qilib, i2bf fondini, Bright Energy (al’ternativ energetika) fondini, QWave (kvant texnologiyalari) fondini, Biopress Capital Ventures va Maxwell Biotex (biotexnologiya) fondlarini keltirish mumkin. Bright Capitalvenchur fondi top-menejerining fikriga ko’ra, industriyaga va raqamli texnologiyalar investitsiyalarning absolyut turli xildagi tipologiyasiga ega bo’ladilar. Masalan, energetika va biotexnologiyga bo’lgan investitsiyalar davomiyligi 7-8 yil bo’lib, kapital sig;imi ham ancha katta bo’ladi. Raqamli texnologiyalarda esa investitsion tsikl ancha kichik bo’ladi.
Kraudfunding platformalariga bo’lgan zamonaviy turdagi investitsiylar ham ancha samarador hisoblanadi. Bu turdagi 45 ta platforma tahlil qilinganida , ularga 230 ta moliyaviy tashkilotlardan $866 million dollar inbestitsiya jalb qilingani ma’lum bo‘lgan va bu summadan 79% qismi P2P turidagi xalq kreditlar servislariga to’g’ri kelgan (http://crowdssourcing.ru). Venchur investitsoyalar
bo’yicha eng ilg’or mamlakat AQSH hisoblanib, bu ish Xitoyda, Xindistonda, Evropa Ittifoqida va Izroilda ham yaxshi rivojlangan. Amerika venchur fondlari uchun eng qiziq bo’lgan sohalar dasturiy ta’minot, biotexnologiya va mediya tarmoqlari hisoblanadi (J’Son&Partners Consulting). Hozirda investorlarning diqqat-e’tibori ko’proq elektron savdo va bulutli texnologiyalarga qaratilmoqda. Amaliy innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlovchi davlat va davlatsifat tashkilotlarining asosiy turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: „afzallilarga erishish markazlari“ tarmoqlari, texnologiyalar transferi markazlari, ekuv moliyalash fondlari, biznes-inkubatorlar, davlat venchur fondalri va investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash universal institutlari.
Trasmilliy korporatsiyalar innovatsion loyihalarga quyidagi bir qancha usullar vositasida kirishlari mumkin:
 To’g’ridan-to’g’ri (bevosita) investitsiyalar – bunda tavakkalchilik darajasi
juda katta bo’ladi, ammo juda katta foydaga ham ega bo‘lish mumkin;
 O’zining kichik innovatsion korxonasini tashkil qilish;
 Korporatsiya oldindan mavjud bo’lgan va tegishi mutaxassislakka ega
bo’lgan venchur fondga kirishi mumkin;
Venchur fondlarga investitsiya qiladigan korporatsiyalar sifatida Intel Capital, Google Ventures va Mikrosoft firmasining investitsiyalar fondini ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun foydalaniladigan tashkilotlar sifatida esa quyidagilarni keltirishimiz mumkin: texnologik markazlar (klasterlar), innovatsion-texnologik markazlar, texnoparklar, biznes -inkubatorlar va biznes-akseleratorlar. Bunday tashkilotlarning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
 Ish yuritish uchun qulay va foydali bo’lgan ofislar hamda ishlab chiqarish
maydonlarini olishga yordam berish;
 Informatsion qo’llab-quvvatlash;
 Investitsiyon loyihalarni amalga oshirishda ish kuchini, mutaxassislarni va
xamkorlarni topishda yordam berish;
 Potentsiyal investorlar guruxini kengaytirish;
 Soha bo’yicha mutahassislarni topishda ko’mak berish;
 Innovatsion joyihalarning boshlang’ich bosqichlarida moli yaviy ko’mak
ko’rsatish.Innovatsion loyihalar uchun moliyaviy mablag’lar topishning eng yaxshi usullariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: o’z mablag’laringiz, do’stlar va olilaviy mablag’lar, grant yoki subsidiyalar olish, bankdan kradit olish, biznes-farishtalarga murojaat qilish va venchur kapitaldan foydalanish. Biznes-farishtalar deb, biznesning ilk bosqichlarida investitsiyalardan katta foyda olishni mo’ljallagan hususiy investorlarga tushuniladi. AQSH dagi unday turdagi tashkilotlarga New York Angels, Tech Coast Angels, Launchpad Venchure kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Venchur fondlar keng tanlash imkoniyatiga egadirlar, ammo ularga bank,
sug’urta va investitsion kompaniyalarga vositalar jalb qlishga ruxsat berilmaydi. Ular aniq bir yoki bir necha yo’nalishlarga mablag’lar jalb qilishlari mumkin. Masalan, venchur fondlar faqat meditsinaga yoki og’ir sanoatga investitsiya qilishari mumkin yoki bir vaqtning o‘zida ham tibbiyotga, ham og’ir sanoatga, ham aloqaga va ham ekologiyaga investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Oxirgi yillarda startaplar orasida elektron biznesga, ijtimoiy saytlarga, tanishuv saytlariga, blokcjeynlarga, ta’limga va mediaga investitsiyalar jalb qilish ommabop bo’lib bormoqda. Bu sohalarga bo’lgan investitsiyalar 2015 yilda barcha startaplarning 55% ga tegishli bo’lgan (Internet servislar va kontentlar bozori 2014 -2015 yillarda. RAEK, NIU VIGE. Ekonomika Runeta RF. str.58).
Startaplarga investitsyalar qilishning asosiy shartlari sifatida quyidagilarni
keltirishimiz mumkin:
Loyihaning tijoriy jihatdan maqsadga muvofiqligi;
Kuchli boshqaruv komandasining mavjudligi;
Yangi turdagi mahsulot yoki hizmatning yaratilishi yoki uning texnik darajasining
oshirilishi;
Fondning kompaniya boshqaruv organlarida ishtirok etishi;
Kompaniyaga bo’lgan investitsiyalarning aniq vaqt gorizonti va undan chiqish
shartlari;
Mamlakat ilm-fani, texnik va texnologik rivojlanishining pioritetli rivojlanish
yo’nalishlariga mos kelishlik.
Ozbekistonda venchur investitsiyalar bir qancha muammolarga duch keladi.
Ulardan birinchisi intellektual mulkni himoya qilish bilan bog’liq, ikkinchisi esa vencher fondlarni boshqarish bo’yicha malakali mutaxassislarni yo’qligidir.
Uchinchi muammo venchu fondlar tashkil qilish va uni yuritish o’yicha soliq
imtiyozlari mavjud emasligi. Dunyo miqyosida venchur kompaniyaarning muvaffaqiyati ularning kapitalizatsiyasi va daromadliligi bilan aniqlanadi. Sobiq sovet ittifoqi xududidagi aktiv venchur fondlar safiga quyidagilarni kiritshimiz mumkin: Almaz Capital, Runa Capital, Kite Venchures, Runet Venchures, AddVenture, iTech Capital, ABRT, Mangrove Capital, RBK, Bright Capital, Inventure Capital va boshqalar.
Venchur investitsiyalarning bir qancha turalri bo’lib, ular orasida eng keng tarqalganlari quyidagilardir:
1. Biznes loyihaga investitsiya qilish (seed investment);
2. Boshlang’ich biznesga investitsya qilish (start-up investment);
3. Qandayidr mahsulot loyixasi, ishga tushirilayotgan mahsulot yoki hizmat
lineykasiga va biznes tarixiga ega bo‘lgan kompaniyaga investitsiya qilish
(earlystage investment);
4. Stabil va perspektiv kompaniyaning mahsulotlarini mukammalashtirish va
uning bozor ulushini kengaytirish uchun investitsiya (expansion investment).Venchur investitsiyalarning turlari startaplarning quyida keltirilgan rivojlanish bosqichlariga mos tushadi:
1. Ekish bosqichi – Seed, Seedstage – kompaniyada biznes go’ya bor, mahsulot
yoki hizmatning prototipi yaratilishi ustida ish olib borilayapti, biznes-reja ishlab
chiqilmoqda yoki u yo’q, bozorga chiqish va capital axtarish uchun bir qancha tayyorgarlik ishlarini olib borish kerak, risklarni baholash lozim, byudjetnu rejalashtirish zarur, potentsiyal investor uchun loyihaning taqdimot versiyasini ishlab chiqish kerak. Bubosqichda startaplar Ekish fondlaridan yoki biznes-farishtalardan moliyalashtirish olishlari mumkin. AQSH da super -farishtalar bitta loyihaga $1 milliondan ko’proq pul tikishlari mumkin va bunda boshqa venchur kapitalistlar bilan sifatli startap uchun raqobat ham qiladilar. Loyihani baholash uchun esa huquqiy, moliyaviy, marketing va ilmiy texnik expertiza o’tkaza oladigan kompaniyalarga ham murojaat qilinishi mumkin.
2. Startap – start-upstage – startapning ishga tushirilishi, pilot versiyada mahsulot yaratigan, uni testlashtirish jarayoni boshlangan va birinchi mijozlarga hizmat ko’rsatish boshlangan. Bu bosqichda g’oyaning mualliflari vechur fondlardan investitsiya olishlari mumkin.
3. O’sish bosqichi – Early Stage – Mahsulot bozorga chiqarilishga tayyor,
startapning rivojlanishi amalga oshirilayapti, mahsulot sotuvi o’sayapti, stabil
iste’molchilar paydo bo’layapti. Bu bosqichda venchur fondlar yoki banklardan investitsiya olinishi mumkin.
4. Kengayish bosqichi – Expansion Stage – kompaniya faoliyati tezlik bilan o’sib
borayapti, sotuv bozorlari kengayayapti, aktiv sotuvlar amalga oshayapti. Bu
bosqichda qo’shimcha moliyalashtirish talab qilinishi mumkin. Bu bosqichda
banklardan investitsiya olinishi mumkin.
5. Rivojlanishning keyingi bosqichi – Later Stage – bu bosqich kompaniyaning keyingi rivojlanishi va uning katta ommaviy tashkilotga aylanishi bilan bog’liq.
6. Chiqish bosqichi – Exit – bu bosqichda investor biznesdan chiqib ketishi
mumkin, kompaniya esa hech kimning yordamisiz o’z faoliyatini davom ettirishi
mumkin.
Tashqi moliyaviy mablag’larni jalb qilishning keng tarqalgan usullaridan biri moliyaviy royalty (Royalty Financing) hisoblanadi. Bunda investor ustav kapitalda
ulush emas, balki kelishilgan vaqt davomida daromaddan ma’lum bir qismini olish
bo’yicha shartnoma tuzadi. Bunday kelishuvlar odatda loyihaga investitsya
qilingan summa miqdoridan 3-6% ko‘proq pulni qaytarib olishni ko’zda tutgan holda tuziladi. Ushbu moliyalashtirish usulida kichik biznes egalari biznesga bolgan egalikni saqlab qoladilar. Bu usulda moliyalashtirishga erishishda investorni kelajak mahsulotning foyda bera olishiga ishontirish kerak bo’ladi.

Download 83,25 Kb.
1   2   3   4   5




Download 83,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli elektron biznesni yaratish bo‘yicha tavsiyalar

Download 83,25 Kb.