Bloklarni shakllantirish va yopish




Download 4,94 Mb.
bet155/201
Sana14.05.2024
Hajmi4,94 Mb.
#232599
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   201
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Bloklarni shakllantirish va yopish


4.3.6-rasmdan ko‘rinib turibdiki, zanjirning har bir blokida ma’lum bir kalit mavjud. Kalit shifrni ochilgunga qadar blok yopilmaydi.
Blok kalitining shifrni ochishmaynerlar tomonidan amalga oshiriladi. Matematik algoritmlarning kompyuter yechimida qurilgan kriptovalyutalarni ishlab chiqarish mayning deb ataladi. Va bu bilan shug‘ullanadigan shaxslarni maynerlar deb aytishadi.

4.3.6-rasm
Kriptovalyutalarni ahtaradigan maynerlar ularni videokartalar va protsessorlarning quvvatlaridan foydalanib amalga oshiradilar. Ular, o‘z navbatida, hisoblash operatsiyalarini bajaradilar, ularning asosiy maqsadi blokka kriptografik imzoni xesh shaklida izlashdir. Uni olib topish bilanoq - blok yopiladi. Va mayner buning uchun kriptovalyuta shaklida mukofot oladi.
Mayning - Bitcoin tarmog‘ida zarur va muhim jarayon bo‘lib, natijada quyidagi vazifalar hal qilinadi:

  1. Blokcheynga yangi tranzaksiya blokini yozish.

  2. Yangi Bitcoin tangalarini chiqarish (emissiya).

  3. Tarmoq ishtirokchilariga (maynerlar) tranzaksiyalarni qayta ishlash va yangi blokni shakllantirish uchun mukofot.

  4. "51% hujum" dan himoya qilish, bu pul tarmog‘ini barbod qilish va boshqarishga ro‘xsatsiz ochish urinishini iqtisodiy jihatdan befoyda bo‘lishini ta’minlaydi.

  5. Tarmoqdagi blokcheyinning ko‘plab nusxalarini saqlash. Buning sababi shundaki, maynerlar yangi tranzaksiyalarni boshqarish uchun blokcheynning to‘liq (so‘nggi) versiyasiga ega bo‘lishlari kerak.

Blokcheynning ishlashi va uning xavfsizligi maynerlar va blokcheynning boshqa ishtirokchilari tomonidan ta’minlanadi. Zanjirning ishini qo‘llab-quvvatlaydigan barcha ishtirokchilar birbiriga tengdir. Server yoki biron bir protsessing markazi yo‘q. Har bir blokcheyn foydalanuvchisi xavfsizlik kafolati sifatida ishlaydi.
Blokcheyn operatsiyalarni to‘sib bo‘lmaydigan qilib qurilgan.
Tarmoqni markazlashtirmaslik, turli davlatlar va yurisdiktsiyalarni (sud vakolatlari doirasi) vakolatiga ega bo‘lgan subyektlar o‘rtasida ma’lumotlarni o‘zaro kelishuv asosida vositachilar yoki tartibga soluvchisiz uzatish imkonini beradi.

Download 4,94 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   201




Download 4,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bloklarni shakllantirish va yopish

Download 4,94 Mb.