|
O ‘z-o‘zini tekshirish savollari
|
bet | 151/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Tranzaksiya ta’rifini bering.
Tranzaksiya nechta holatlarga ega bo‘lishi mumkin?
Tranzaksiya bajarish uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
Tranzaksiya saqlab qolish nimani bildiradi?
Tranzaksiya qaytarilishi nima?
Ma’lumotlar bazasining yaxlitligi nimada amalga oshiriladi?
Tranzaksiya uchun qanday talablar mavjud.
Tranzaksiyalarni qayta ishlash nimaga imkon beradi?
Tranzaksiyalarni qayta ishlash jarayonida qanday harakatlar sodir bo‘ladi?
Tranzaksiya turlari qanday?
Tranzaksiyalar qanday amalga oshiriladi?
Blokcheyn (inglizcha blockchain – bloklar zanjiri) – bu ma’lumotlarga ega bo‘lgan muayyan qoidalarga muvofiq tuzilgan doimiy ketma - ketlikdagi bloklar zanjiri (bog‘langanro‘yxat).
Bloklar – bu tizim ichidagi kriptografik shaklda taqdim etilgan tranzaktsiyalarlar, bitimlar va shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Barcha bloklar zanjirda joylashtirilgan bo‘lib, unda ba’zi bir yoki so‘nggi tranzaktsiyalar yoziladi.Yozishni tugatgandan so‘ng, blok doimiy ma’lumotlar bazasi rolini o‘ynaydigan umumiy zanjirga qo‘shiladi. Darhol keyingi blokni qurib bo‘lingandan so‘ng, keyingi blok yaratish boshlanadi (4.3.1-rasm):
4.3.1-rasm. Blokcheyn
Bloklar orasidagi aloqa nafaqat raqamlash bilan, balki har bir blokda o‘z xesh - summa va xesh - oldingi blokning summasi borligi bilan ta’minlanadi.
Blokdagi ma’lumotlarni o‘zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni tahrirlashingiz kerak. Ko‘pincha blok zanjirlarining nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarda saqlanadi. Bu bloklarga kiritilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritishni juda qiyinlashtiradi.
Har bir ma’lumot bloki xuddi shunday tuzilgan: u shakllanishidan oldin tarmoqdagi barcha o‘zgarishlar haqida ma’lumotni o‘z ichiga oladi.
|
| |