|
O‘z-o‘zini tekshirish savollari
|
bet | 147/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘z-o‘zini tekshirish savollari
Kriptografiyaning asosiy vazifasi nimada?
Xesh funksiyasi nima?
Xesh funksiyasi yordamida nimani amalga oshirish mumkin?
Xeshlash nima deyiladi?
Xeshning natijasi nima?
Xesh funksiyasining asosiy xususiyatlari nimada?
Kriptografik xesh funksiyalarining xususiyatlari qanday?
Xesh funksiyalari qayerda ishlatiladi?
Xesh funksiyalaridan foydalanishning qanday afzalliklari bor?
Mashhur xesh algoritmlari va ularning xususiyatlari nimada?
Xesh funksiyalarini qurishning qaysi usullarini bilasiz? Nima ular?
4.2. Tranzaksiyalar
Blokcheyin va kriptovalyuta texnologiyasini tushunish uchun, yana bir muhim tushuncha – bu tranzaksiya.
Tranzaktsiya (ing. transaction - kelishuv, shartnoma).
[14] da tranzaksiyaning bunday ta’rifi berilgan – bu mantiqiy mazmunli operatsiya bo‘lib, to‘liq bajarilgandagina ma’noga ega bo‘ladi.
Tranzaksiya deganda bitim tuzish yoki shartnoma tuzish jarayoni tushunilishi kerak. Eng muhimi shundaki, tranzaksiyani yarim yoki chorakda bajarish mumkin emas. Tranzaksiyaning faqat ikkita holati mavjud – bajarilgan yoki bajarilmagan. Aslida, bu qancha vaqt va qancha bosqichdan iborat bo‘lishidan qat’i nazar, mantiqiy yakunlangan operatsiya.
Transaksiyalarga misol ko‘rib chiqamiz – bitta hisob varaqdan boshqa hisob varaqqa pul mablag‘larni ko‘chirish:
Transaksiyani boshlash;
1234 hisob raqamidagi pul mablag‘larning miqdorini
aniqlab olish;
1234 hisob raqamidagi balansni 500 000 so‘mga
kamaytirish;
1234 hisob raqamdagi balansni saqlash;
4321 hisob raqamdagi pul mablag‘larning miqdorini
aniqlsh;
Balansni 500 000 so‘mga oshirish;
4321 hisob raqamdagi pul mablag‘larning yangi miqdorini yozi bqo‘yish;
Transaktsiyani saqlash.
Misoldan ko‘rinib turibdiki, agar tranzaktiya to‘liq bajarilgan bo‘lmasa, demak, uma’noga ega emas.
Tranzaksiyani tamom bo‘lishning ikkita varianti mavjud (4.2.1-rasm.). Agar barcha operatorlar muvaffaqiyatli bo‘lsa va operatsiya davomida biron bir dasturiy ta’minot yoki uskunada nosozliklar yuzaga kelmasa, operatsiya amalga oshiriladi.
|
| |