Raqamli iqtisodiyot asoslari (Darslik) toshkent – 2020




Download 4,94 Mb.
bet150/201
Sana14.05.2024
Hajmi4,94 Mb.
#232599
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   201
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Tranzaksiya turlari


Tranzaktsiya – pulni o‘tkazish, oldi-sotdi bitimini tuzish bo‘yicha operatsiya. Tranzaksiya natijasi har doim mijozning bank yoki karta hisobvarag‘idagi holatining o‘zgarishi hisoblanadi.
Bu yerda quyidagi operatsiyalar turlarini ajratish mumkin:

  • Bank – bir joriy hisobvaraqdan boshqasiga pul o‘tkazilganda.

  • Bankomatli – plastik kartadan naqd pulni bankomat orqali yoki har qanday xizmatni to‘lash orqali tamalga oshiriladi.

  • Ma’lumotlar bazalarida tranzaksiyalar. Ma’lumotlar bazasini alohida xotirada saqlanadigan ma’lumotlarga ega jadval sifatida tasavvur qilish mumkin. Ushbu jadvalga yangi ma’lumotlar qo‘shishingiz yoki eskilarini o‘zgartirishingiz mumkin. Aslida, bu o‘zgarishlar faqat ikkita holatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar deb ataladi – muvaffaqiyatli yoki yo‘q. Agar tizim tranzaksiyani qabul qilmasa, u holda ma’lumotlar bazasi dastlabki (oldingi) holatga qaytadi.

  • Bitkoin va boshqa kriptografik valyuta tranzaksiyasi.

Kriptovalyuta pul o‘tkazmalari shunga o‘xshash bank operatsiyalariga o‘xshaydi, chunki pul bilan operatsiyalar mavjud: birinchi holatda ham raqamli pullar bilan, ikkinchisida an’anaviylar bilan, ya’ni sumlar, dollarlar, yevro va boshqalar bilan.
Tranzaktsiyalar ikki usulda amalga oshiriladi:

  • online tranzaktsiyalar – barcha to‘lovlar (debetatsiya, kredit berish, mablag ‘berish) real vaqt rejimida amalga oshiriladi, masalan bankomatlar yoki bitta bankda o‘tkazilgan bank operatsiyalari;

  • offline tranzaktsiyalar – bu holda, jarayon ishtirokchilari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa yo‘q va hisob-kitoblar biroz vaqtdan keyin amalga oshiriladi. Shunday qilib, masalan, ish haqi bankka o‘tkaziladi - tashkilotning hisobvarag‘idan ularning umumiy miqdori chiqariladi va tegishli qismlar xodimlarning karta - hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.


Download 4,94 Mb.
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   201




Download 4,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli iqtisodiyot asoslari (Darslik) toshkent – 2020

Download 4,94 Mb.