|
Blokcheynning afzalliklari va kamchiliklari
|
bet | 160/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Blokcheynning afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklari
|
Kamchiliklari
|
Markazsizlashtirish - tarmoq a’zolari bir-biriga teng bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot almashishlari mumkin
|
Miqyoslilik – agar Bitcoin blokcheyn Visa tranzaktsiyalarining ulushini hisobga oladigan bo‘lsa, unda uning hajmi yuzlab terabaytlarga yetadi
|
Ishonchlilik - maxsus shifrlangan kalitlardan foydalanilganligi sababli ma’lumotlarni almashtirish va xakerlarning hujumlari chiqarib tashlanadi
|
Firibgarlik - blokcheyn ma’lumotlarini qaytarib bo‘lmaydi. Shu sababli, operatsiya hatto xato bilan bajarilgan bo‘lsa ham orqaga qaytarilmaydi
|
Shaffoflik - barcha bloklar hamma uchun ochiq. Har qanday operatsiyani bajarish uchun yo‘lni tekshirish mumkin
|
51% hujum - agar Bitcoin blokcheynda hisoblash quvvatining 51% bitta qurilmaga tegishli bo‘lsa, unda yaxlitlik buziladi
|
Universallik - blokcheyn nafaqat moliya sohasida, balki hayotning boshqa sohalarida (huquq, ko‘chmas mulk) ham qo‘llanilishi mumkin.
|
|
O‘z-o‘zini tekshirish savollari
Blokcheyn ta’rifini bering.
«Blok» nima?
Blok tarkibiga nimalar kiradi?
Har bir keyingi blokni shakllantirish uchun asos nima?
Qanday blokcheyn turlari bilasiz?
Blokcheyn tamoyillari nimadan iborat?
Qanday qilib bloklar hosil bo‘ladi va yopiladi.
"Mayning" va "maynerlar" nima?
Konsensus nima?
Qanday konsensus algoritmlarini bilasiz?
Blokcheynning qamrovi qanday?
Blokcheynning afzalliklari va kamchiliklari nimada?
|
| |