|
Raqamli iqtisodiyot asoslari (Darslik) toshkent – 2020
|
bet | 25/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi1.3.1-rasm. Kognitiv texnologiyalar rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari
Moliyaviy xizmatlar sohasida tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonini optimallashtirish, investitsiyalar uchun shaxsiy tavsiyalar va potentsial ob’ektlarni tayyorlash, fond birjasining moliyaviy ma’lumotlari va mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholash maqsadida kognitiv tizimlardan foydalaniladi.
Platformalarda va ularning kognitiv qobiliyatlar yordamida yaratilgan bashorat modellari eng foydali va faol rivojlanayotgan biznes yo‘nalishlarini aniqlashda yordam beradi va mijozlar investitsiyalar daromadlarini oshirishisha xizmat qiladi. Boshqa vazifalar qatoriga moliyaviy xavflarni modellashtirish va pul yuvish va shubhali operatsiyalarni aniqlash kiradi.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va shaxsga yo‘naltirilgan servis ahamiyatli bo‘lgan bank sektorida, shuningdek, boshqa tarmoqlarda kognitiv tizimlar banklar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartiradi.
Mashinada o‘rganish va foydalanuvchi hatti-harakatlarini tahlil qilish ba’zi muhim qonuniyatlarni va tendensiyalarni aniqlashga, mijozlarning kutilayotgan hatti-harakatlarini oldindan aniqlashga, mijozlar uchun moslashtirilgan shahsiy takliflarni yaratishga va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga imkon beradi.
Bundan tashqari, kognitiv tizimlar firibgarlikni aniqlash, tahlil qilish va tahdidlarni avtomatlashtirish, shuningdek, tavsiyalarni ishlab chiqish uchun foydalaniladi .
Boshqaruvning kognitiv texnologiyalarining asosiy maqsadi - operatsion xarajatlarni kamaytirishga, daromadni oshirishga, raqobatbardoshlikni oshirishga, deyarli har qanday biznesning samaradorligini oshirishga yoki oddiygina so‘rov bo‘yicha maslahat olishga yordam beradigan qarorlarni qabul qilishni qo‘llabquvvatlashdir .
Yaqin kelajakda kognitiv texnologiyalar rivojlanishi bilan, shaxsiy kompyuterlar hayotini o‘z vaqtida o‘zgartirganligi kabi ma’lumot bilan ishlash tamoyillari ham o‘zgaradi. Tizim to‘g‘risida to‘plangan bilimlar asosida – yordamchilar aniq biznesmasalani bajarish maqsadga muvofiqligi yuzasidan, uni bartaraf etish ketma-ketligi ishlab chiqish, amalga oshirilishini nazorat qilish, ishlarni bajarishda ustuvorlarini aniqlash yuzasidan oqilona maslahat bera oladi.
Zamonaviy sharoitlarda biznes muvaffaqiyati axborot texnologiyalarning apparat imkoniyatlari – infratuzilmalar va aloqa kanallar tezligi bilan bir qatorda bozorda eng qiziqarli va istiqbolli takliflarni ishlab chiqishda va ma’lumotlarni tahlil qilishda ishlatiladigan kognitiv texlogiyalar ta’minlaydi. Zamonaviy biznes jarayonlari murakkablashishda davom etmoqda va kompaniyaning ishlash jarayonida muhim qarorlarni qabul qilish uchun vaqt o‘tib bormoqda. O‘z joylarini topishga muvaffaq bo‘lgan kompaniyalar asta-sekin kengayib bormoqda, ammo kengayish jarayonida ularning aksariyati bugungi kunda duch keladigan ma’lumotlar miqdorini hal qilish uchun yakka shahs yoki guruh yetarli emasligini tushunishadi.
Tahlil, sun’iy aql, bulutlar, korporativ harakatchanlik, blokcheyn va boshqa so‘nggi texnologiyalar nafaqat yirik korporatsiyalarga, balki kichik kompaniyalargaham ko‘mak ermoqda. Ushbu jarayonlar biznesni raqamlashtirishni belgilaydi.
|
| |