|
O‘z - o‘zini tekshirish savollari
|
bet | 34/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘z - o‘zini tekshirish savollari
Sanoat 4.0 deganda nimani tushunasiz?
Sanoat 4.0 atamasi qachon va qaerda paydo bo‘lgan?
Ishlab chiqarishni o‘zgartirishning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
Kiberfizik tizimining tushunchasini bering.
Sanoat 4.0 ni qurish tamoyillari nima degani.
Sanoat 4.0 tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
Sanoat inqiloblari aytib o‘ting va ular nimaga bog‘liq?
Aqlli korxona modelini yoritib bering.
Servis CPS platformasi tushunchasini bering.
Sanoat 4.0 dasturini amalga oshirish uchun qanday choralar ko‘riladi ?
1.5. Bulutli texnologiyalar 1.5.1. Bulutli texnologiyalar tushunchasi va paydo bo‘lish tarixi
Ushbu atamaning paydo bo‘lish tarixini ko‘rib chiqishda javob berish kerak bo‘lgan eng muhim savol bu – "bulut" atamasining ta’rifidir . "Bulut" atamasini birinchi marta kim ishlatganligini aniq aytish hali ham mumkin emas, ammo ba’zi manbalarga ko‘ra, atamaning kelib chiqishi kompyuter aloqasi infratuzilmasi chizmalarida bulutlardan foydalanish an’anasini bilan bog‘lash mumkin. Umuman olganda, "bulut" atamasi "Internet" atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi, ma’lum hollarda esa "bulut" uzoq serverlar, shuningdek, tarmoq infratuzilmasi yoki barchasi tushunilishi mumkin .
"Bulut" tushunchasi inqilobiy kontseptsiyasi emas, maynfreym (ta’lim muassasalari va korporatsiyalar) tng yuqori samaradorlikni va foydani olish uchun uning quvvatlarini optimal yuklab olishga harakat qilgan XX asrning 50-yillarida g‘oya va texnologiyalardan vujudga kelgan bo‘lib evolyutsion kontseptsiasi hisoblanadi.
Optimallashtirishga intilish foydalanuvchilar vaqtincha asosda uzoqdan kirish haqidagi g‘oyani paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldiva buning uchun mavjud bo‘lgan barcha resurslar va vaqtdan foydalangan.
Bulutli hisob-kitoblar kontsepsiya tarixida 1960-yilda sun’iy intellekt sohasida amerikalik mutaxassisi Djon Makkarti (John Mackarthi) "hisoblash imkoniyatlar biron kun ochiq bo‘lishi mumkin", ya’ni uning hisoblash imkoniyatlari foydalanuvchilarga xizmat (servis) sifatida taqdim etishni taklifi ahamiyatli bo‘lgan.
Keyinchalik 70-yillardan boshlab to XX asrning 90- yillargacha bulutli texnologiyalar rivojlanishi komminikatsion va tarmoq texnologiyalar nomukammalligi tufayli sekinlashdi.
Bulut hisoblashni konseptuallshtirishning keyingi qadamlari veb sayt ko‘rinishda obuna orqali taqdim etiladigan Salesforce.comning CRM-tizimining (1999) paydo bo‘lishi va Amazon.com (2002-y.) kitob magazini orqali xizmatlar taqdim etishi boshlanishi hisoblanadi.
Bulutli texnologiyalarning rivojlanishining avjiga yetishi 2006-yilda Amazon Web Service (AWS)ing Amazon platformaning ishga tushurilishi bilan bog‘liq. Kompaniya ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini modernizatsiya qilib, ko‘plab kompyuter infratuzilmalar kabi umumiy hajmining atigi 10%ni ishlatgan. Amazon bulutli hisoblash bozorini ochishda muhim rol uynadi va shu bilan o‘z resurslarini optimallashtirib, ilgari ishlatmay qolgan manbalardan foyda olishni o‘rgandi.
2008-yilda Microsoft Windows Azure va Google – Google App Engine bulutli platformalarni taqdim etgan. 2008-yildan boshlab bulutli hisoblash bozori yetakchi kompaniyalar ( Amazon, Microsoft, Salesforce, Google, HP, Dell, AT&T, RackSpace ) va muayyan muammolarni hal qilish uchun bulutli manbalarni taqdim etuvchi tashkilotlar (Engine Yard, gCloud3, OrangeScape) bilan to‘ldirilib, tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 2009-yilda GoogleApps ilovalari ishga tushirilishi targ‘ib qilisdah va bulutli hisoblashni anglashda navbatdagi muhim qadam sifatida nishonlanadi.
2009-2011-yillarda bulutli hisoblash kontseptsiyalarining bir qancha muhim holatlari shakllantirildi, xususan, tashkilotlarda foydalanish uchun mos bo‘lgan shaxsiy bulutli hisoblash modeli ilgari surildi, - Storage- as - a - Service ( SaaS ), Process-as-a-Service ( PaaS ), Information-as-a-service ( IaaS ) kabi turli xil xizmat modellari ajrala boshladi.
So‘nggi paytlarda tadqiqotchilar va ilmiy muassasalar bulutli hisoblashga jiddiy qiziqish .
|
| |