• 2.6. Internetda web-vakolatni tashkil etish
  •  O‘z-o‘zini tekshirish savollari




    Download 4,94 Mb.
    bet91/201
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,94 Mb.
    #232599
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   201
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

     O‘z-o‘zini tekshirish savollari



    1. Elektron tijorat tizimlarining turlari aniqlang.

    2. Elektron tizim tizimi nima degani?

    3. B2C segmentida elektron tijorat tizimlari nimalarga maqsadlangan?

    4. B2B segmentida elektron tijorat tizimlaridaeng keng tarqalgan elektron operatsiyalarni ayting.

    5. Kompaniyaning Internetda ishlash shakllari qanday?

    6. Elektron tijorat tizimlarining maqsadlari nimada?

    7. Elektron tijoratning qanday shakllari mavjud.

    8. Elektron savdo maydonchalarining ishlash bosqichlari aniqlang.

    9. Elektron tijorat tizimini tashkil etish shakllari qanday?

    10. Elektron tijoratni tashkil etish variantlarini qiyosiy tahlil qilib bering.

    2.6. Internetda web-vakolatni tashkil etish

    2.6.1. Internet-do‘kon


    Internet do‘kon – bu elektron tijorat asosida ishlaydigan va an’anaviy xizmat ko‘rsatadigan do‘konlariga xos bo‘lgan xizmat va tijorat funksiyalarini bajaradigan avtomatlashtirilgan tizim: tovarlarni namoyish qilish va tavsiflash, buyurtmalarni qabul qilish va qayta ishlash, xaridorga texnik va boshqa yordam ko‘rsatish, yetkazib berish va boshqalar.
    Internet- do‘kon bu ixtisoslashgan sayt bo‘lib, uning yordamida tovarlar (xizmatlar) haqidagi ma’lumotlar bilan oldindan tanishib chiqib, tovarlar va xizmatlarni interfaol ravishda sotib olish yoki sotish imkonini beradi.
    Internet-do‘kon – bu elektron tijoratga yo‘naltirilgan dasturlarning ma’lum bir qatoriga ega bo‘lgan loyihadir.
    An’anaviy do‘konlardan farqli o‘laroq, elektron do‘kon yanada kengroqtovarva xizmatlarni taklif qilishi mumkin; iste’molchilarga tovarlarning xususiyatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish mumkin.
    Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda, har bir xaridorga u bilan oldingi tajribani hisobga olgan holda individual yondashuv ishlab chiqiladi.
    Onlayn do‘kon do‘kon egasi uchun ham, xaridor uchun ham bir qator afzalliklarni yaratadi.
    Internet do‘kon egasiga quyidagilarga uchun qulaylik yaratadi:

    • Internetda doimiy ravishda mavjud bo‘lgan bozorda taklif qilinadigan tovarlar yoki xizmatlarning elektron katalogini yaratish;

    • kechayu-kunduz savdo kanallarini tashkil qilish;

    • do‘konning ishini mustaqil ravishda boshqarish, taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni tezda yangilash;

    • buyurtmalarni qabul qilish tizimini avtomatlashtirish (buyurtma bo‘yicha operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlar xaridorga avtomatik ravishda yuboriladi);

    • ichki ayirboshlash kursidan foydalangan holda hujjatlarning (valyuta, dollar, yevro, so‘m ) ko‘p valyutali hisobotini saqlash va yuritish;

    • xaridorning toifasini avtomatik ravishda aniqlash usulini (ulgurji, chakana) o‘rnatish;

    • olis filiallar va biznes sheriklariga xizmat ko‘rsatish uchun biznesdan biznes tizimida ishlarni tashkil qilish;

    • marketing tadqiqotlar va bir mijozlar bazasini yaratish maqsadida qayta aloqa (so‘rovnomar, anketa, tanlovlar,

    to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta, va hokazo) o‘rnatish;

    • do‘konning ishini avtomatik ravishda shakllanadigan statistika asosida tahlil qilish;

    • o‘z biznesi uchun samarali reklama ko‘magi;

    • zudlik bilan hisob-kitob qilish uchun bitta yoki bir nechta onlayn to‘lov tizimlarini ulash;

    • xaridorga tovarlarni yetkazib berish xizmatini tashkil qi-

    lish;

    • onlayn maslahatni ulang (real vaqt rejimida xaridor bilan aloqa qilish imkoniyati);

    • saytdagi yangiliklar tizimini ulash;

    • mijozlarga do‘kondagi yangi mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumot beradigan axborot byulleteni yaratish;

    • do‘konni omborxona va buxgalteriya kabi ofis tizimlari bilan integratsiyalash, ma’lumotlarni elektron do‘kon ma’lumotlar bazalariga o‘tkazish jarayonini avtomatlashtirish.

    Internet do‘kon xaridorga quyidagilarga imkon beradi :

    • katalogdan mahsulotni tanlash va web- interfeys yordamida on-layn tartibda buyurtma berish;

    • har qanday qulay vaqtda oldi-sotdi bitimini tuzish;

    • mavjud usullardan biri yordamida to‘lovni amalga oshirish;

    • joylashtirilgan buyurtmaning tasdig‘ini olish;

    • onlayn rejimiga joylashtirilgan buyurtmaning joriy holatini doimiy kuzatib borish.

    Download 4,94 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   201




    Download 4,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O‘z-o‘zini tekshirish savollari

    Download 4,94 Mb.