|
Tranzaksiyalarni qayta ishlash
|
bet | 3/4 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 58,96 Kb. | | #115743 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot fanidan mustaqil ishi3. Tranzaksiyalarni qayta ishlash
Tranzaksiyalarni qayta ishlash kompyuter tizimlarini (odatda ma‘lumotlar bazasini yoki biror zamonaviy fayl tizimlarini) tizimda amalga oshiriladigan har qanday amaliyotlar o‗zaro bog‗liq va barchasi muvaffaqiyatli tugatilgan yoki to‗liq va muvaffaqiyatli bekor qilingan bo‗lishini ta‘minlash yordamida ma‘lum, kelishilgan holatda saqlashga qaratilgan. Misol uchun, mijozning omonat raqamidan mijozning hisob raqamiga 700 dollar o‗tkazishdan iborat odatiy bank tranzaksiyasini ko‗rb chiqamiz. Ushbu tranzaksiya bank uchun bitta amaliyotdir, ammo kompyuter atamasida kamida ikkita alohida amaliyotni o‗z ichiga oladi: depozit raqamga 700 dollar kiritiladi, hamda 700 dollarga hisob raqami kreditlanadi. Debet amaliyotlari muvaffaqiyatli, kredit amaliyotlari esa muvaffaqiyatsiz (yoki aksincha) o‗tsa, bank kitoblarida kun yakunida qoldiq bo‗lmaydi. SHu bois ikkala amaliyot yo muvaffaqiyatli, yo muvaffaqiyatsiz bo‗lishini kafolatlaydigan usul bo‗lmoq lozimki, umuman olganda bankning ma‘lumotlar bazasida hech qachon hech qanday nomuvofiqlik bo‗lmaydi. Tranzaksiyalarni qayta ishlash shuni ta‘minlashga mo‗ljallangan [1]. Tranzaksiyalarni qayta ishlash bir nechta alohida amaliyotlarga avtomatik ravishda bir-biriga, yagona bo‗linmas tranzaksiyaga o‗xshab, bog‗liq bo‗lishga imkon beradi. Tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlari tranzaksiyadagi yo barcha amaliyotlar, yo hech qaysisi xatosiz tugatilishiga kafolat beradi. Agar ba‘zi amaliyotlar xatolar bilan, boshqalari xatosiz tugatilsa, tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlari tranzaksiyadagi barcha amaliyotlarni (shu jumladan, muvaffaqiyatlilarni) “orqaga qaytarish” ga buyruq beradi, bu esa amaliyotning barcha izlarining o‗chirilishi va tizimni tranzaksiya jarayoni boshlanishidan oldingi kelishilgan ma‘lum holatiga qayta tiklanishini bildiradi. Agar tranzaksiyaning barcha amaliyotlari muvaffaqiyatli tugatilgan bo‗lsa, tranzaksiya tizimda qayd etiladi va ma‘lumotlar bazasidagi barcha o‗zgarishlar ―doimiy‖ bo‗lib qoladi; tranzaksiyalar amalga oshirilib bo‗lgandan keyin bekor qilina olmaydi. Tranzaksiyalarni qayta ishlash tranzaksiyalarni qisman tugallangan, noma‘lum, ziddiyatli holatdagi tizim bilan qoldiradigan apparat va dasturiy xatolardan himoya qiladi. Kompyuter tizimida tranzaksiya o‗rtasida nosozlik ro‗y bersa, tranzaksiyalarni qayta ishlash har qaqsi qayd etilmagan (ya‘ni, to‗liq qayta ishlanmagan) tranzaksiyalardagi barcha amaliyotlar bekor qilinishini kafolatlaydi. Tranzaksiyalar turlari Tranzaksiya – pul mablag‗larini o‗tkazish bo‗yicha amaliyot, oldi-sotdi bitimini amalga oshirish. Tranzaksiya natijasi – har doim mijoz hisob raqami holatining o‗zgarishi bo‗ladi, u bankdagi hisob raqammi yoki plastik karta egasining karta hisob raqamimi, baribir. 17 Bundan kelib chiqib, tranzaksiyalarning quyidagi turlarini ajratish mumkin: Bank turi – bunda pul bir hisob raqamdan boshqasiga o‗tkaziladi; Bankomat turi – bunda bankomat orqali plastik karta bo‗yicha naqd pullar echiladi yoki biror xizmatlarga to‗lov qilinadi; Ma‟lumotlar bazalaridagi tranzaksiyalar. Ma‘lumotlar bazasini xotiraning alohida sohasida saqlanadigan ma‘lumotlar jadvali ko‗rinishida tasavvur qilish mumkin. Ushbu jadvalga yangi ma‘lumotlar kiritish yoki eskilarini o‗zgartirish mumkin. Aslida, shu o‗zgarishlarning o‗zi tranzaksiyalar deb atalib, ular ham ikki holatga ega bo‗lishi mumkin – muvaffaqiyatli yoki yo„q. Agar tizim tranzaksiyani qabul qilmasa, ma‘lumotlar bazasi dastlabki (undan avvalgi) holatga qaytadi. Bitkoin va boshqa kriptografik valyuta tranzaksiyasi. Kriptovalyutalarning elektron o‗tkazmalari analogik bank amaliyotlari bilan faqat u erda ham, bu erda ham pul mablag‗lari bilan harakatlar amalga oshirilishi bilan o‗xshaydi: birinchi holatda – raqamli pullar bilan, ikkinchisida – standart pullar, ya‘ni so‗m, dollar, evro va hk. Tranzaksiyalar ikki usulda bajariladi: Onlayn-tranzaksiyalar – barcha hisob-kitoblar (mablag‗larni hisob raqamdan echish, tushirish, berish) real vaqt rejimida amalga oshiriladi, masalan, bitta bank doirasida amalga oshiriladigan bankomat yoki bank tranzaksiyalari; Offlayn-tranzaksiyalar – bu holda jarayon ishtirokchilari o‗rtasida bevosita aloqa bo‗lmaydi, va hisob-kitoblar birmuncha vaqt o‗tgach amalga oshiriladi. SHu asnoda, misol uchun, bankda ish haqining tushirilishi amalga oshirilib, bunda tashkilot hisob raqamidan umumiy summa echiladi va xodimlarning kartahisoblariga tegishli qismlarda tushiriladi.
|
| |