Uzbek Scholar Journal
Volume- 25, February, 2024
www.uzbekscholar.com
320 |
P a g e
1-rasm Moliya tizimining asosiy tarkibi
Iqtisodiy jarayonlarning jadal suratlarda rivojlanishi ko'p jihatdan moliya sohasiga bog'liqdir. Takror
ishlab chiqarish jarayonlarining barcha
bosqichlarida pul
asosiy vosita sifatida qatnashadi. Moliya iqtisodiyotning asosiy ustunlaridan biri desak adashmaymiz,
chunki uning vositasida muayyan maqsadga yo'naltirilgan pul
mablag'lari fondlari vujudga keltiriladi va ular iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat
ehtiyojlarini gondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya
tizimi jismoniy shaxslar
(shaxsiy moliya), hukumatlar (davlat moliyasi) va korxonalar (korporativ moliya) o'rtasida sodir
bo'ladigan kapital oqimlaridan iborat. Zamonaviy
moliya tizimlarida
pul, kredit va moliya ayirboshlash vositalari sifatida ishlatiladi.
Moliyaviy aktivlar - moliyaviy bozorlarda sotiladigan mahsulotlar moliyaviy aktivlar deb ataladi Naqd
pul, aksiyalar, obligatsiyalar, investitsion fondlar va bank depozitlari moliyaviy aktivlarga misoldir. Yer,
mulk, tovarlar yoki boshga moddiy
aktivlardan farqli o'laroq, moliyaviy aktivlar o'ziga xos jismoniy qiymatga yoki jismoniy shaklga ega
bo'lishi shart emas. Aksincha, ularning qiymati ular savdo qiladigan bozordagi talab va taklif omillari,
shuningdek, ularning risklilik darajasi
bilan o'Ichanadi.
Moliya obyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki
moliya resurslari;
Korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan
iborat moliya munosabatlarining subyektlari
—
ishtirokchilari;
Moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va
pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet,
byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya,
sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar);
Moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari,
moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq
idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar);
Moliya bozori
— fond bozori, sugʻurta
xizmati bozori, valyuta bozori;
Moliya siyosati
— iqtisodiyot subyektlarining moliyaga oid yoʻl
-
yoʻriqlari
va xatti-harakati.