• Natijalar.
  • Raqamli iqtisodiyot sharoitida sifatni boshqarish




    Download 0,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana05.12.2023
    Hajmi0,83 Mb.
    #111973
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Safina Nafisa Talgatovna
    xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)
    Adabiyotlar tahlili. Sifat menejmenti modelining nazariy kelib chiqishi “Sifatni 
    umumiy boshqarish (Total Quality Management, TQM)” nazariyasi asoschilari V.Shuxart, 
    A.Feygenbaum, U.Deming, Dj.Djurana, K.Ishikavalarning tadqiqotlarida yotadi. Sifatni 
    boshqarish nazariyasi Rossiya olimlari B.L.Bentsman, V.M.Larin, I.M.German, 
    L.Yegorova, 
    T.A.Salimova, 
    L.I.Biryukova, 
    O.Yu.Gordashnikova, 
    S.A.Zaytsev, 
    A.V.Gugelev, S.M.Vdovina, V.D.Dorofeyeva, D.A.Shevchuk, O.V.Aristov, V.I.Muxin va 
    boshqalarning ilmiy ishlarida o`z aksini topgan. 
    O`zbekistonda sifat menejmentini takomillashtirishining umumiy muammolarini 
    o`rganish bo`yicha maxalliy olimlarimizdan R.Ismatullayev, Sh.Turayev, N.X.Xalilov, 
    M.Badalova, D.Raximova, J.Qambarov va boshqa olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib 
    borganlar. 
    Korxona va tashkilotlarda raqamlashtirish muammolari bilan xorijiy olimlar 
    Ye.F.Abdokushin, I.L.Avdeyeva, N.D.Guskova, A.Dolgin, V.V.Ilyinskiy, Ye.V.Levchenko 
    shug`ullangan. Raqamlashtirishning korxona faoliyati va sifat menejmenti tizimiga ta`siri 
    natijalari bilan Rossiya Iqtisodiyot Oliy Maktabi, McKincey, “BCG-group” va Deloyt 


    SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
    International scientific online conference 
    42 
    Instituti shug`ullangan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida sifat menejmenti tizimini 
    rivojlantirish masalalari bilan rus olimi A.V.Gugelev o`z ishlarida shug`ullangan. 
    Natijalar. Ushbu maqolada bildirilgan fikrlardan O‟zbekiston Respublikasi yengil 
    sanoati korxonalarida foydalanish mumkin. 
    Muhokama. Hozirgi kunda mamlakatimiz sanoat tizimidagi birinchi va eng dolzarb 
    bo`lgan muammo bu - sifat boshqaruvini biznes strategiyasining bir qismi deb 
    qaralmasligidir. Tan olish kerakki ayrim korxona va tashkilotlar asosiy urg`uni foydani 
    oshirish, marketing ishlariga qaratadilar, va o`z navbatida mahsulot sifatiga, sifat 
    boshqaruviga bog`liq masalalar shundayligicha qolib ketaveradi. Aslida esa mahsulot 
    sifatini oshirmasdan turib hech qanday natijaga erishish mumkin emas. Past sifatli yoki 
    nomuvofiq mahsulotlar daromadni yo'qotishi, tovar qiymatini kamaytirishi, xarajatlarni 
    oshirishi va samaradorlikni kamaytirishi mumkin. Haqiqatan ham sifatni yaxshilashni 
    xohlaydigan korxonalar tashkilotning har bir jabhasini qamrab oladigan sifatga 
    yo'naltirilgan kompaniya madaniyatini yaratish uchun vaqt va pul sarflashlari kerak. Ishlab 
    chiqarilgan mahsulot qanchalik raqobatbardosh bo`lsa, bozorga kirib borishi shunchalik 
    oson bo`ladi. Lekin ayrim hollarda bu masalaga ikkilamchi jarayon kabi baho berayotgan 
    tashkilotlar ham bir talay. Bunga asosiy sabab “sifat menejmenti mahsulotlarni 
    loyihalashtirmaydi, ishlab chiqarmaydi yoki sotmaydi” deb qaralishidadir. Ushbu mentalitet 
    tufayli ko`plab korxonalar o`z resurslaridan foydalanayotganda sifatni umuman hisobga 
    olmaydi. Ularning nazdida, sifat boshqaruvini takomillashtirish haqida hattoki fikr yuritish 
    ham noo`rindir. Bunday dunyoqarash bilan sifatni modernizatsiya qilish u yoqda tursin bu 
    jarayonni to`g`ri yo`lga qo`yib olish ham juda mushkul vazifadir. Sifatni boshqarishni 
    elektron tarzda ishlab chiqish ko`plab korxonalar uchun keraksiz bir xarajat sifatida ko`rilib, 
    an`anaviy tizimni maqullash holatlari ko`p kuzatilmoqda. Bu esa o`z navbatida raqamli 
    iqtisodiyotga o`tish jarayonini sekinlashtiradi. Ushbu muammoga asosiy yechim qilib 
    korxona rahbarlarining strategik menejment borasidagi bilimlarini mustahkamlashni, sifat 
    to`g`risida kengroq tushunchaga ega bo`lishni, menejerlarning bilim salohiyatini oshirishni 
    ko`rsatishimiz mumkin. Mahsulot ishlab chiqaruvchi firmalar jahon tajribalariga asoslangan 
    holda tashkiliy struktura ishlab chiqsalar maqsadga muvofiq bo`lar edi. 
    Ya`na bir hisobga olish kerak bo`lgan jihat borki istalgan davlat dastlabki o`tish 
    bosqichda aynan shu muammoga to`qnash kelgan: informatsion texnologiyalar sohasidagi 
    kadrlar yetishmovchiligi. Yurtimizga raqamli iqtisodiyot tushunchasi yaqinda kirib kelgani 
    bois, dasturchilar va tizim yaratuvchilariga sezilarli ehtiyoj kuzatilmoqda. Bu esa elektron 
    tizimlarni amalda qo`llash ancha ko`p xarajatlarni talab qilishi va mutaxasislarni kamligi 
    tufayli tizimni yangilashni qiyinlashtirishini bildiradi. 
    Bundan tashqari, O`zbekiston hududida elektr energiyasi va internet tezligi bilan 
    bo`g`liq muammolar ham, korxonalardagi ishlab chiqarish jarayoniga o`z ta`sirini 
    o`tkazmay qolmaydi. Sifatni modernizatsiya qilishda elektr ta`minoti uzluksiz berilishi juda 
    muhimdir. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida uzulish bo`lishi uning sifatiga katta zarar 
    yetkazishi yoki butun bir Tovar partiyasini yaroqsiz holga keltirishi mumkin. Bu holat oziq 
    ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham yaqqol ko`zga tashlanadi. Albatta kadrlarning 
    salohiyati va elektr energiyadagi tanqisliklar tom ma`noda korxonaning ichki muhitiga 


    SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
    International scientific online conference 
    43 
    bog`liq emas, lekin “risk” ya`ni tavakkalchilik darajasini pasaytirish uchun zaruriy chora 
    tadbirlarni ko`rish foydadan holi bo`lmaydi. Internet tezligining pastligi esa bizga jahon 
    tajribalarini amalda qo`llash imkoniyatini kamaytiradi. Misol uchun Yaponiyaning “Just in 
    time” usuli ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga va kapitalimizning keraksiz tomonga 
    yo`nalishini oldini olishga qo`l keladi. Bu usulda har bir resurs: xom ashyo yetkazilishidan 
    tortib to mahsulotni sotishgacha bo`lgan jarayonda ishlab chiqarish vaqtida olib kelinadi. Bu 
    bilan korxona omborda saqlash uchun sarflanadigan barcha xarajatlardan batamom qutuladi. 
    Ortiqcha sotib olingan resurslar muammosi ham o`z - o`zidan bartaraf etiladi. Lekin bunday 
    muhitni yartish uchun sifatli internet kommunikatsiya tizimi zarur. Sifatni yaxshilamoqchi 
    bo`lsak, mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi har bir omil ham sifatli bo`lishi zarur. 
    Keyingi raqamli iqtisodiyotga o`tishni qiyinlashtiruvchi muammo bu - tashkilotlardagi 
    texnika texnologiyalarning ma`naviy yoki moddiy jihatdan eskirganligidir. Talabga javob 
    bermaydigan stanok va uskunalar zamonaviy tizimda qo`llanilishi u yoqda tursin, an`anaviy 
    tizimda ham pand bermoqda. Aksiga olib esa, joriy qilinayotgan dasturlar mahalliy ishlab 
    chiqarish korxonalarning holatiga to`g`ri kelmaydi. Asosiy kapitalni almashtirish - aylanma 
    mablag`larning kamayishiga, vaqt o`tib esa korxonaning qo`shimcha xarajatlari hisobida 
    zarani oshishiga olib kelishi mumkin. Shu o`rinda mahsulotni islab chiqarayotgan 
    texnikaning tizimga mos kelmasligi oqibatida nuqsonli tovarlarning ko`payishi turgan gap. 
    Kompaniyaning potentsial moliyaviy xavflarini oldini olish uchun byudjetni hisobga olgan 
    holda uzoq muddatli strategiyaga ega bo'lish muhim o`rin tutadi. 
    Bundan tashqari, xodimlarning kompyuter savodxonlik darajasi borasida ham qator 
    kamchiliklar mavjud. Ishlab chiqarishning barcha jarayonlari to`liq kompyuterlashgan 
    tizimga o`tkazilsa; ya`ni xom ashyo yetkazib kelinishidan tortib mahsulot sotilgunga qadar 
    bo`lgan davr mobaynidagi operatsiyalar texnikalar orqali amalga oshirilsa, ko`plab 
    korxonalardagi xodimlar talabga javob bermasligi oqibatida tizimda nosozliklar yuzaga 
    kelishi, mahsulot sifatining pasayishi kabi holatlarga duch kelinishi mumkin. Va holangki, 
    har qanday strategiya rejalshtirilganda emas balki amalga to`g`ri tadbiq qilingandagina o`z 
    samarasini beradi. Shuningdek tizimlarni ham ular qanchalik mukammal bo`lmasin to`g`ri 
    ishlata olmasak, bu texnologiyalar oddiy raqamlar ketma ketligidan o`zga narsani 
    anglatmaydi. Shu o`rinda yurtimizdagi raqamli iqtisodiyotga oid Respublika ww.stat.uz 
    saytidan olingan ma`lumotlarga e`tiborimizni qaratsak, aniq xulosalarga ega bo`lamiz. 
    Jadval-1. Ma`lumotlar uzatish tarmog`i ko`rsatkichlari 
    T
    /N 
    Ko`rsatkichlar 
    2019 
    2020 
    2021 
    1

    Ma`lumot uzatuvchi tarmog`iga 
    ulangan, 
    internetni 
    qo`shgan 
    holda 
    abonentlar soni, ming birlik 
    22457.

    26437.

    29500
    .2 
    2

    Internet tarmog`iga ulangan 
    16386.

    19981.

    22987
    .2 
    3

    Jismoniy shaxslar 
    15750.

    19241.

    22112
    .1 
    4

    Yuridik shaxslar 
    635.4 
    739.7 
    875.1 


    SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
    International scientific online conference 
    44 
    5

    Internet tarmog`iga keng polosali 
    ulanish bo`yicha abonentlar soni 
    725.4 
    1080.0 
    1457.

    6

    Internet tarmog`iga mobil aloqa 
    orqali ulangan abonentlar soni 
    15651.

    17946.

    20991
    .8 
    Jadval-2. Mahalliy tarmoqqa ega bo`lgan korxona va tashkilotlar ulushi. 
    T
    /N 
    Hududlar 
    2019 
    2020 
    2021 
    1

    O`zbekisto
    n Respublikasi 
    5.3 
    3.8 
    3.0 
    2

    Andijon 
    3.1 
    2.2 
    1.3 
    3

    Buxoro 
    5.3 
    4.1 
    3.2 
    .

    Namangan 
    5.5 
    3.5 
    2.3 
    5

    Toshkent 
    4.2 
    3.4 
    2.9 
    6

    Farg`ona 
    4.1 
    2.5 
    2.0 
    7

    Xorazm 
    4.6 
    3.2 
    2.3 
    8

    Qashqadar
    yo 
    4.7 
    3.2 
    2.2 
    9

    Samarqand 
    6.0 
    3.4 
    2.2 
    1
    0. 
    Toshkent 
    Sh. 
    7.9 
    6.8 
    5.7 
    Bundan tashqari, 2020 yilning birinchi choragida 65 IT-kompaniyalar IT-Park 
    rezidenti maqomiga ega bo‟lishdi. 
    Hozirgi kunda IT-Parkda 377 resident ro‟yxatga olingan, shundan xorijiy sarmoyalar 
    ishtirokida 14 ta kompaniya tashkil etilgan. Joriy yilning birinchi choragida 65 ta IT 
    kompaniyalar IT Park rezidenti maqomini oldi, shundan 12 ta kompaniya 2020 yilda tashkil 
    etilgan. 
    Rezidentlarning O‟zbekiston Respublikasi mintaqalari bo‟yicha taqsimlanishi: 
    1. 
    Qoraqalpog‟iston Respublikasi – 1 
    2. 
    Andijon viloyati – 2 
    3. 
    Buxoro viloyati – 7 
    4. 
    Jizzax viloyati – 5 
    5. 
    Qashqadaryo viloyati – 5 
    6. 
    Namangan viloyati – 4 
    7. 
    Navoiy viloyati – 1 
    8. 
    Samarqand viloyati – 3 
    9. 
    Sirdaryo viloyati – 1 
    10. 
    Toshkent viloyati – 5 


    SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
    International scientific online conference 
    45 
    11. 
    Farg‟ona viloyati – 8 
    12. 
    Xorazm viloyati – 7 
    13. 
    Toshkent shahri – 328 
    Yurtimizda jami 377 nafar rezidentdan 232 nafari kompyuter dasturlari va konsalting 
    sohasida faoliyat olib boradi, 67 rezident ma‟lumotlarni joylashtirish, qayta ishlash va WEB 
    portallari bo‟yicha xizmatlarni taqdim etadi, 63 rezident dasturiy ta‟minot ishlab chiqarish 
    bo‟yicha xizmatlarni taqdim etadi va 9 rezident axborot texnologiyalarini o‟qitish sohasida 
    faoliyat olib borishadi. Rezidentlarda ishlovchilarning umumiy soni 2020 yil 1 aprel 
    holatiga 4 144 kishiga yetdi, ulardan 15 nafari chet el fuqarolaridir. [2] 
    Bu ma`lumotlardan ko`rinib turibtiki davlatimizdagi korxonalarda transformatsiyaga 
    o`tish jarayoni sekinroq amalga oshmoqda. Vaziyatdan kelib chiqadigan bo`lsak, 
    tashqaridan resurs izlagandan ko`ra uni o`zimiz shakllantirishimiz foydaliroq bo`ladi. 
    Korxonadagi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash orqali ichki muhitni yaxshilab sifatni 
    oshirishimiz va mahsulotimizning raqobatbardoshlilik darajasini ko`tarishimiz mumkin. 
    Raqamli transformatsiya ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab qiladi va yangi boshlovchi 
    jamoaga ega bo'lish o'tish bosqichida ishni qiyinlashtiradi. 
    Undan tashqari, tizim xavfsizligi ham korxona va tashkilotlarni qiynab kelayotgan, 
    muammo hisoblanadi. Online tarzdagi sifat boshqaruv tizimlarida mukammal xavfsizlik 
    yo`lga qo`yilmasa, korxonadagi kapitalning o`g`irlanish holatalari yuzaga kelishi mumkin. 
    Hakerlar tomonidan amlga oshirilgan kiber hujumlar natijasida tashkilotlardagi qimmatli 
    qog`ozlar va korxonalarning ichki siri hisoblangan maxfiy ma`lumotlar qo`ldan ketmoqda. 
    Barcha texnologiyani amalga oshirish kiberxavfsizlikni o'z ichiga olgan rejadan boshlanishi 
    kerak. Sog'lom kiberxavfsizlik rejasi ishlab chiqaruvchilarga nafaqat joriy xavfsizlik 
    protokollarini aniqlash va yaxshilashga yordam beradi, balki ularni kelajakdagi xavflarni 
    boshqarish uchun joylashtiradi. 
    Xulosa. Ushbu ma`lumotlar va fikrlardan quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin. 
    Sifat menejmenti biznesimiz strategiyasining bir qismi bo`lib, bozorda o`z o`rnimizga ega 
    bo`lishimiz uchun xizmat qiladi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida sifatni boshqarishda ma`lum 
    qiyinchiliklarga va muammolarga duch kelishimiz mumkin. Jumladan: 

    Malakali kadrlar kamligi, mavjud potensial kadrlar salohiyati va xodimlarimizning 
    kompyuter savodxonligi darajasi bilan bo`g`liq bo`lgan muammolar; 

    Korxonadagi xodimlarning yangiliklarni qabul qilmaslik holatlari 

    Texnika texnologiyalarning ma`naviy eskirganligi. 

    Tizim havfsizligi, turli kiber hujumlar, shaxsiy ma`lumotlarning daxlsizligi; 

    Innovatsiyalardan foydalanish darajasi pastligi kabi holatlar sifatni modernizatsiya 
    qilishda asosiy to`qlardan biridir. 
    Yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etish uchun bir nechta takliflarni keltirib 
    o`tsak: 

    Korxonadagi mavjud resurslardan foydalangan holda kadrlarni tayyorlash va qayta 
    tayyorlash, ularning kompyuter savodxonligini oshirish; 

    Ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish va ularni kerakli yonlishga sarflash; 

    Erkin yollash orqali soha mutaxasislarining xizmatidan foydalanish; 


    SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
    International scientific online conference 
    46 

    Tavakkalchilik darjasini pasytirish maqsadida korxona infratuzilasini yaxshilash 
    chora tadbirlarini ko`rish; 

    Korxona ichki muhitida to`liq shaffoflikka erishish uchun tashkiliy strukturani 
    to`g`ni yo`lga qo`yish. 

    Download 0,83 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli iqtisodiyot sharoitida sifatni boshqarish

    Download 0,83 Mb.
    Pdf ko'rish