“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”




Download 341,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.11.2023
Hajmi341,02 Kb.
#101429
1   2   3   4   5
Bog'liq
raqamli-iqtisodiyot-va-texnologiyalarni-rivojlantirish-asoslari

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 5-sonli Respublika ilmiy konferensiyasi
 
238 
Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, shundan mobil 
Internet foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etdi. Respublika bo‘yicha 237 ta 
ob’ektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya 
uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari 
o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada 
esa 40 Gbit/s.ga yetkazildi. Ijobiy natijalar bor, biroq bu yetarli degani emas [13]. 
Blokcheyn texnologiyalari tomonlarning hech qanday vositachisiz bitimlarni 
xavfsiz, ishonchli amalga oshirishga imkon beruvchi texnologiyadir. Uni ko‘pchilik 
kriptovalyuta texnologiyasi sifatida bilsa-da, aslida blokcheyndan raqamli 
identifikatsiya, egalik va mulkiy huquqlar ximoyasi, to‘lov tizimi sifatida 
foydalanish mumkin. Ethereum kabi blokcheyn bazasida ishlaydigan ochiq manbali 
platformalar an’anaviy huquqiy jarayonlarsiz har qanday aktivlar bo‘yicha bitimlar 
tuzish, bank xizmatlarini ko‘rsatish imkonini 
beradi. 
Hozirda jahonning turli mamlakatlarida moliyaviy texnologiyalar, yer 
resurslarini boshqarish, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalarida blokcheyn 
tizimidan foydalaniladi. Blokcheyn tizimi har qanday sohaning shaffoflik 
darajasini oshiradi
korrupsiya 
holatlarining 
kamayishiga 
xizmat 
qiladi. 
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va blokcheyn texnologiyalarining imkoniyatlari 
nihoyatda istiqbolli hisoblanadi. 
Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y 
berayotgan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy 
texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan 
shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga 
xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va 
oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan
raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi. 
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, “Innovatsiya – bu 
kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan 
bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz 
kerak” [14]. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, 



Download 341,02 Kb.
1   2   3   4   5




Download 341,02 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”

Download 341,02 Kb.
Pdf ko'rish