“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 5-sonli Respublika ilmiy konferensiyasi
236
RAQAMLI IQTISODIYOT VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISH
ASOSLARI
Gulbahor Yuldasheva
Farg‘ona davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi
Mohlarbegim Yo‘ldosheva
Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada iqtisodiyot
taraqqiyot omillari, raqamli
iqtisodiyotning kirib
kelishi hamda rivojlanishi, shuningdek bu borada olib
borilayotgan islohotlar muhokama etiladi.
Kalit so‘zlar: sun’iy
intellekt, elektron tijorat, onlayn to‘lov,
infratuzilma,
kiberxavfsizlik, avtomatlashtirilgan reestrlar, blokcheyn texnologiyalar.
KIRISH
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi
sharoitida
O‘zbekistonning
iqtisodiy
taraqqiyotiga
raqamli
iqtisodiyotni
rivojlantirmasdan erishib bo‘lmaydi. Rivojlangan davlatlarda
raqamli iqtisodiyotni
joriy etishga allaqachon kirishilgan. Hozirgi vaqtda jadallik bilan kechayotgan
raqamlashuv jarayoni “yangi iqtisodiyot”ni vujudga keltirdi, kun sayin chuqur tomir
otib borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga
biznesda samarali
marketing kompaniyalarini tashkil etish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish,
tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal usullarini taqdim etadi,
iste’molchi, xaridor va
mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi va shu bilan bir
qatorda iqtisodiyotning keng qamrovli rivojlanishiga olib keladi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Raqamli iqtisodiyot raqamli
texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes,
elektron tijorat bilan bog‘langan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va
taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun
hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi