• TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
  • “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”




    Download 341,02 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana19.11.2023
    Hajmi341,02 Kb.
    #101429
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    raqamli-iqtisodiyot-va-texnologiyalarni-rivojlantirish-asoslari

    “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
    mavzusidagi 5-sonli Respublika ilmiy konferensiyasi
     
    237 
    atomdan bitga, ya’ni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka o‘tishga 
    asoslanadi. 
    “Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik 
    sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels 
    tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va 
    madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, 
    raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik 
    iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda hozirgi 
    zamon “Yangi raqamli iqtisodiyoti” turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, 
    “Postindustrial iqtisodiyot” (D.Bell), “Axborotlashgan iqtisodiyot” (O.Toffler), 
    “Megaiqtisodiyot” (V.Kuvaldin), “Axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot” 
    (I.Niiniluto), “Texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” (B.Geyts), “Bilimlarga 
    asoslangan iqtisodiyot” (D.Tapskott) [1]. 
    TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL 
    Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat ob’ektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab 
    chiqarishni o‘stirish, faoliyat shaffofligini ta’minlash, mahsulot tannarxini 
    kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar 
    natijalariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga 
    oshiradi, shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham beradi [2]. Davlatning 
    o‘z fuqarolari uchun elektron xizmatlarni ko‘rsatishi va elektron mahsulotlarni taklif 
    etishi — bu raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatimizda 
    ushbu sohani keng rivojlantirish korrupsiya illatiga barham beradi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
    rivojlantirish 
    vazirligi 
    axborot 
    xizmati 
    bergan 
    ma’lumotlarga 
    ko‘ra, 
    telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida ham bir qator ishlar 
    amalga oshirilmoqda. Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik 
    qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s 
    tezlikda Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish 
    darajasi 76,6 foizni tashkil etmoqda. 



    Download 341,02 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 341,02 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”

    Download 341,02 Kb.
    Pdf ko'rish