Raqamli iqtisodiyotni mamlakatimizdagi roli va ahamiyati




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana24.05.2024
Hajmi0,59 Mb.
#253045
1   2   3   4   5
Bog'liq
raqamli-iqtisodiyotni-mamlakatimizdagi-roli-va-ahamiyati

MUHOKAMA 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida O’zbekistonning 
iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin. Tadqiqotlar natijalariga
ko’ra, 2022-yilga kelib global YaIMning chorak qismi raqamli sohada bo’lishini taxmin
qilinmoqda. Lekin, xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish indeksi 
bo’yicha O’zbekiston 170 dan ortiq davlat ichida 103-o’rinni egallab turishining o’zi 
mamlakatimizda bu sohada hali o’z yechimini kutayotgan masalalar va qilinishi lozim bo’lgan 
ishlar ko’pligidan dalolat beradi. Davlatimiz rahbarining ta’kidlashicha, “…yurtimiz xalqaro
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo’yicha 2019-yilda 8 
pog’onaga ko’tarilgan bo’lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar,
korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta,
raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko’p mablag’ va mehnat resurslarini 
talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo’lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, 
qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo’ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o’tish – 
kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo’ladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat
mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni 
juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og’ir illat – korrupsiya balosini 
yo’qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor.
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy
etib, natijadorlikni oshirish, bir so’z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash 
mumkin”.
XULOSA 
O’z o’rnida qayd etib etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli iqtisodiyotning 
ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va
kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o’tkazilishini hisobga olib, 
elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga 
o’tkazilmoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta’biri bilan aytganda, “raqamli 
iqtisodiyot yangi xavf-xatarlarni vujudga keltirishi mumkin, shu jumladan, kiberxavfsizlikka 
tahdidlar, noqonuniy iqtisodiy faoliyatning yengillashuvi, shaxsiy hayot daxlsizligini 
buzilishi bilan bog’liq sabablarni keltirish mumkin. Yangi qarorlar qabul qilish hukumatlar
fuqarolik jamiyati, akademik guruhlar, ilmiy hamjamiyat va texnologik sektorlarning 
hamkorlikdagi harakatini talab etadi”. 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
83 

Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli iqtisodiyotni mamlakatimizdagi roli va ahamiyati

Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish