Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali




Download 2,51 Mb.
bet2/3
Sana30.05.2024
Hajmi2,51 Mb.
#257496
1   2   3
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar 1-A

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 279 turdagi elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan (shundan 70 tasi avtomatik rejimda, 209 tasi esa yarim avtomatik rejimda). 2021-yilning birinchi yarmida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2,3 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilib, foydalanuvchilarning 18 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lari iqtisod qilishga erishildi.
Shu bilan birga, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat idoralariga murojaat qilayotgan aholi va tadbirkorlik sub’yektlari sonining oshib borishi davlat xizmatlari sifatini monitoring qilish va baholashning samarali tizimini, shu jumladan real vaqt rejimida masofaviy monitoring orqali hamda jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali joriy etishni talab qilmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslar my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali o’zlariga tegishli bo’lgan xizmat turlaridan foydalanishlari mumkin.
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko'rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portalning asosiy vazifalari:

  • foydalanuvchilarga davlat organlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;

  • foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;

  • foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o'zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;

  • davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to'siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;

  • «Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko'maklashish.

Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchilarning shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo'ljallangan.
Yagona portal, foydalanuvchilarga davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaktsion shakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Interaktiv davlat xizmatlari Yig'ma reestri (keyingi o'rinlarda Yig'ma reestr deb ataladi) 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yig'ma reestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.
Topshiriq

Download 2,51 Mb.
1   2   3




Download 2,51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Download 2,51 Mb.