• Raqamli texnologiyalar” fanidan 1-Amaliy ishi Fan o‘qituvchisi: Dotsent Ibrohimova Zulayh o
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Topshiriqni bajarish Davlat xizmatlari agentligi
  • Raqamli texnologiyalar” fanidan 1-Amaliy ishi Fan o‘qituvchisi: Dotsent Ibrohimova Zulayho




    Download 2,51 Mb.
    bet1/3
    Sana30.05.2024
    Hajmi2,51 Mb.
    #257496
      1   2   3
    Bog'liq
    Raqamli texnologiyalar 1-A


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
    TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    SAMARQAND FILIALI

    KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
    AT-servis yo’nalishi 21-06-guruh talabasi
    Daminov A’zamxonning
    Raqamli texnologiyalar” fanidan
    1-Amaliy ishi

    Fan o‘qituvchisi: Dotsent Ibrohimova Zulayho
    Mavzu: Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini raqamlashtirish. Reja:

    1. Davlat xizmatlari agentligi haqida ma’lumot

    2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

    3. Topshiriqni bajarish

    Davlat xizmatlari agentligi
    2017-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya
    vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (respublika bo‘ylab 205 ta davlat xizmatlari markazlari va 115 ta chekka hududlardagi filiallar) faoliyat ko‘rsata boshladi, bunga qadar esa davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat organi tashkil qilinmagan edi.
    Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan kundan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarga barham berish, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga kirishdi. Xususan, agar 1991-yildan 2016-yilgacha bo‘lgan davrda 16 turdagi davlat xizmatlari faqat tadbirkorlik sub’yektlari uchun ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2017-yildan 2020 yilgacha davrda yuridik va jismoniy shaxslarning 157 turdagi davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratildi, ya’ni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari 10 barobarga oshirildi, bu esa “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari soni jadal sur’atlar bilan oshib borayotganligini bildiradi.
    Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasi rivojlanishini shartli ravishda 2 bosqichga bo‘lish mumkin, bunda birinchi bosqich 1991-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davrni, ikkinchi bosqich esa 2017-yildan hozirgi kungacha davrni o‘z ichiga oladi.
    Birinchi bosqichda davlat xizmatlarini ko‘rsatish darajasi ko‘p jihatdan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining talablariga javob bermas edi, sohada yuqori darajadagi byurokratiya saqlanib turdi va umuman olganda mazkur holatlar aholining davlat boshqaruvi tizimiga bo‘lgan ishonchining oshishiga hissa qo‘shmadi.
    Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasi rivojlanishining ikkinchi bosqichida esa amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli ulkan o‘zgarishlar yuz berdi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishning butun tizimi takomillashtirildi, idoralararo elektron hamkorlik izchil yo‘lga qo‘yildi, ortiqcha byurokratik taomillar va hujjatlar talab qilish holatlari keskin kamaytirildi.
    Shu bilan birga, davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini to‘liq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishiga ayrim tizimli muammolar to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:

    • birinchidan, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatidan faqat tadbirkorlik subyektlari foydalanishi mumkin. Bunda fuqarolar hanuzgacha turli davlat organlarida hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha murakkab tartib-taomillardan o‘zlari o‘tishga majbur bo‘lmoqda;

    • ikkinchidan, qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining mavjud emasligi, ular idoralararo integratsiya qilinishining past darajada ekanligi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha davlat xizmatlari majmuasidan qulay va o‘z vaqtida foydalanishni ta’minlamayapti;

    • uchinchidan, ko‘pchilik davlat xizmatlarini ko‘rsatishning tartib-taomillari murakkab va foydalanish uchun qiyin bo‘lib qolmoqda, narxni shakllantirish mexanizmlari shaffof emas, alohida hollarda tor idoraviy manfaatlarda “monopol” xizmatlar ko‘rsatishga talablar belgilanmoqda;

    • to‘rtinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishining past darajada ekanligi, qog‘oz hujjatlar aylanmasining saqlanib qolgan andozalari asossiz moliyaviy xarajatlarga, fuqarolar ko‘p vaqt kutib qolishi va navbatlar yuzaga kelishiga hamda oqibatda, ayrim hollarda korrupsiya va byurokratiya holatlariga olib kelmoqda;

    • beshinchidan, davlat xizmatlari ko‘rsatishni, shu jumladan real vaqt rejimida masofadan monitoring qilish va jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali nazorat qilish va sifatini baholashning ta’sirchan tizimi mavjud emas.

    Yuqorida qayd etilgan omillar aholining davlat xizmatlaridan keng foydalanishini ta’minlash, ularni ko‘rsatish bilan bog‘liq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, aholining davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirish imkonini bermaydi.



    Download 2,51 Mb.
      1   2   3




    Download 2,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli texnologiyalar” fanidan 1-Amaliy ishi Fan o‘qituvchisi: Dotsent Ibrohimova Zulayho

    Download 2,51 Mb.