• Sog‘liqni saqlash.
  • Bank sektori.
  • Ulgurji savdo
  • Avtomobil sanoati
  • Xizmatlar va xodimlarni boshqarish sohasi




    Download 0,76 Mb.
    bet7/7
    Sana18.11.2023
    Hajmi0,76 Mb.
    #100849
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    7-m (Raqamli transformatsiya )

    Xizmatlar va xodimlarni boshqarish sohasi.

    • Tovari yo‘q, biroq odamlar ko‘p jalb qilingan biznes raqamlashtirilishi oson kechadi. Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimi aloqani o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashga, konversiyani oshirishga yordam beradi. Xodimlarning ish faoliyatini nazorat qilish, ularning ish jadvali va ish yukini yagona tizim doirasida to‘g‘ri rejalashtirish mumkin.

    Sog‘liqni saqlash.

    • Klinikada shifokorlarning ishini «raqamlar» yordamida yo‘lga qo‘yish yoki dorixona omborini boshqarish mumkin. Bundan tashqari, siz real vaqt rejimida bemorlaringizning ahvolini kuzatishingiz, ularga yangi xizmatlarni taklif qilishingiz va tezkor maslahat berishingiz mumkin.

    Bank sektori.

    • Moliyaviy menejment nafaqat banklarga tegishli, balki u ma’lum darajada har bir kompaniyada ham mavjud. Barcha moliyaviy hujjatlar bitta ma’lumotlar bazasida saqlanishi mumkin va har qanday operatsiyani tugmachani bir necha marta bosish orqali amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga, tizim har bir foydalanuvchi ma’lumotlarining xavfsizligini, shuningdek, kompaniya ma’lumotlarining yaxlitligi va xavfsizligini kafolatlaydi. Shunday qilib, siz moliyaviy boshqaruvni soddalashtirishingiz va tezlashtirishingiz mumkin, shu bilan birga, foydalanuvchilaringiz tajribasini yanada yaxshilashingiz mumkin.

    Ulgurji savdo:

    • Onlayn va oflayn savdolar ham zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Siz nafaqat potensial mijozlarga mahsulotingizni reklama qilishingiz, balki qulay sodiqlik dasturini taklif qilishingiz, do‘koningizni osongina topishga yordam berishingiz yoki u haqda eslatishingiz, tez va qulay xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin.

    Avtomobil sanoati:

    • bu soha robototexnika va jarayonlarni avtomatlashtirishning afzalliklarini boshidan eng ko‘p ko‘rgan hisoblanadi. Agar biz nafaqat ishlab chiqarish haqida gapiradigan bo‘lsak-chi? Avtomobil sanoati uchun mahsulotni savdoga chiqarish eng qiyin va eng davomli jarayonlardan hisoblanadi. Avtomatlashtirish nafaqat biznes uchun resurslarni boshqarishni osonlashtirishga, balki mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi.

    Download 0,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xizmatlar va xodimlarni boshqarish sohasi

    Download 0,76 Mb.