• Buyumlar Interneti.
  • Robototexnika va jarayonlarni avtomatlashtirish
  • Raqamli transformatsiya strategiyasi
  • Sun’iy intellekt va mashinani o‘rgatish sohasidagi yechimlar




    Download 0,76 Mb.
    bet4/7
    Sana18.11.2023
    Hajmi0,76 Mb.
    #100849
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    7-m (Raqamli transformatsiya )

    Sun’iy intellekt va mashinani o‘rgatish sohasidagi yechimlar.

    • Sun’iy intellekt tobora ommalashib bormoqda, chunki bu sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz asosida doimiy ravishda o‘rganadigan mashinaga qaror qabul qilishni ishonib topshirish imkoniyatidir. O‘qitishning samaradorligi va qaror qabul qilishning to‘g‘riligi ma’lumotlar miqdoriga bog‘liq: ma’lumot qanchalik ko‘p bo‘lsa, algoritm uchun aniq va to‘g‘ri xulosalar chiqarish osonroq bo‘ladi.

    Buyumlar Interneti.

    • Kerakli joylarga joylashtirilgan qurilmalardan foydalanish: odamda, yerda, asbob-uskunalar yoki transport vositalarida, kerakli ma’lumotlarni olish, prognozlar qilish va qarorlar qabul qilish.
    • Masalan, tibbiyotda bu texnologiya bemorlarning ahvolini kuzatish va tashxis qo‘yish, logistikada – mashinalarning holatini kuzatish, qishloq xo‘jaligida – ob-havo va tuproq holati haqida ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi.

    Robototexnika va jarayonlarni avtomatlashtirish 

    • Robotlar uzoq vaqtdan beri odamlar o‘rniga ko‘plab takrorlanadigan oddiy jarayonlarni amalga oshirib kelmoqda. Ularni korxonangiz ishiga tatbiq etish uning samaradorligini, ba’zan, hatto o‘nlab marta oshirishi mumkin. Albatta, bunday transformatsiya robotlarni boshqarish uchun maxsus dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni ham nazarda tutadi.
    • Texnologiyalarning har biri ma’lum maqsadda qo‘llaniladi, shuning uchun bitta yoki muayyan yechimlar to‘plamini tanlash kompaniyaning ehtiyojlariga bog‘liq. Shu bilan birga, texnologiyalarning har biri mutlaqo istalgan sohada samarali qo‘llanilishi mumkin.
    • Faqat vazifani aniq belgilash muhimdir.

    Raqamli transformatsiya strategiyasi

    • Raqamli transformatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun aniq strategiyani talab qiladi. Keling, rejalashtirishda yordam beradigan uchta asosiy jihatni ko‘rib chiqaylik.
    • Qo‘lda ishlov beriladigan jarayonlarini raqamlashtirish. Agar sizda hujjatlar juda ko‘p bo‘lsa, barchasi raqamlashtiriladi. Katta miqdordagi zaxiraga ega omborni hisobga olish ham «raqam» ga aylanadi. Yetkazib beruvchilar yoki mijozlar bilan o‘zaro aloqa qilishning murakkab protseduralari ham raqamlashtiriladi. Sizning barcha ma’lumotlaringiz doimo bitta ma’lumotlar bazasiga tushishi sababli ularni boshqarish osonroq bo‘ladi. Muhim ma’lumotlarni yo‘qotish xavfi bartaraf etiladi.

    Download 0,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sun’iy intellekt va mashinani o‘rgatish sohasidagi yechimlar

    Download 0,76 Mb.