Uskuna ko‘rsatkichini o‘zgartirish




Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/72
Sana29.03.2022
Hajmi2.91 Mb.
#19036
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72
Bog'liq
fayl 1727 20210906

Uskuna ko‘rsatkichini o‘zgartirish 
Turli uskunalar turlicha ta’sir doirasi, ya’ni effekt yoki amal tasvirga ta’sir 
qilish nuqtasiga ega. Aksariyat hollarda uskunaning kursori uskuna tugmasidagi 
yorliq bilan bir xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Masalan, marquee uskunasi uchun kursor 
+ ko‘rinishiga, matn uskunasi uchun I ko‘rinishga, mo‘yqalam uskunasi uchun 
moyqalam uchi ko‘rinishiga ega. Uskunalar bilan ishlashda aniqlilikni oshirish 
maqsadida uning kursorini + ko‘rinishga ega aniq kursorga o‘zgartirib olish 
mumkin. 
Uskunalar kursorining ko‘rinishini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish 
kerak: 
1. Dasturning Edit menyusi Preferences bo‘linmasidan Cursors qatori 
tanlanadi va kursor xususiyatlarini o‘zgartirish dialog oynasi ochiladi: 


33
2. Ochilgan dialog oynasidan uskuna kursorining quyidagi xususiyatlarini 
o‘zgartirib olish mumkin: 
Standard – kursor uskunaning tugmasida aks ettirilgan yorlik ko‘rinishida aks 
ettiriladi; 
Precise – kursor + ko‘rinishiga ega; 
- Normal Brush Tip – kursor mo‘yqalam uchining ta’sir doirasini 50% 
ko‘rinishida aks ettiriladi
- Full Size Brush Tip - kursor mo‘yqalam uchining ta’sir doirasini 100% 
ko‘rinishida aks ettiriladi; 
Show Crosshair In Brush Tip – mo‘yqalam uchining markazida + elementini 
aks ettiriladi; 
- Show Only Crosshair While Painting – mo‘yqalm bilan chizilganda 
mo‘yqalam uchining markazida + elementini aks ettiradi. 
3. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi. 
Dialog oynasining Painting Cursors bo‘limidagi elementlar quyidagi 
uskunalarning kursorlariga ta’sir qiladi: Eraser, Pencil, Paintbrush, Healing Brush, 
Clone Stamp, Quick Selection, Smudge, Blur, Sharpen, Dodge, Burn va Sponge. 
Dialog oynasining Other Cursors bo‘limidagi elementlar quyidagi 
uskunalarning kursorlariga ta’sir qiladi: Marquee, Lasso, Polygonal Lasso, Magic 
Wand, Crop, Slice, Patch, Eyedropper, Pen, Gradient, Line, Paint Bucket, Magnetic 
Lasso, Magnetic Pen, Freeform Pen, Measure va Color Sampler. 
Chizish uskunalarining kursor o‘lchami o‘zgartirish uchun uskunani tanlab 
klaviaturadan Alt tugmasini bosib turgan holda sichqon ko‘rsatkichini chapga yoki 
o‘ngga siljitish kerak. Kursorning ta’sir darajasini o‘zgartirish uchun uskunani 
tanlab klaviaturadan Alt tugmasini bosib turgan holda sichqon ko‘rsatkichini tepaga 
yoki pastga siljitish kerak. 

Download 2.91 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72




Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish