Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc




Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/72
Sana29.03.2022
Hajmi2.91 Mb.
#19036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
fayl 1727 20210906

Mas’ul muharrir: 
Sh.Usmonov - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona 
mintaqaviy filiali, dotsent 
Taqrizchilar
Sh.Usmonov – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona 
mintaqaviy filiali, dotsent 
U.Akbarov - Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Fizika-matematika fanlari 
nomzodi 
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 
Farg‘ona mintaqaviy filiali ilmiy Kengashining 2020-yil 2-martdagi 7-sonli qaroriga 
asosan chop etildi. 
 


3
KIRISH 
Kompyuter grafikasi tasvirlarni yaratish va qayta ishlashda vosita sifatida 
kompyuter qo‘llaniladigan faoliyat sohasi hisoblanadi. Kompyuter grafikasini 
qo‘llash sohasiga qarab ilmiy grafika, biznes grafika, konstruktorlik grafika, tasviriy 
grafika, badiiy grafika, kompyuter animatsiyasi, multimediya va boshqalarga 
ajratadi. Kompyuter grafikasining turiga qarab rastrli, vektorli va fraktal kompyuter 
grafikalarini ajratish mumkin. 
Adobe Photoshop dasturi rastrli grafik muharriri xisoblanib Adobe Inc. 
kompaniyasi tomonidan Windows va MacOS operatsion tizimlari uchun ishlab 
chiqilgan. Photoshop dasturi ko‘p qavatli rastrli tasvirlarni yaratish va tahrirlash
maska va ko‘p rang modellarini qo‘llash imkoniyatini beradi. Ushbu xususiyatlarni 
qo‘llash uchun dastur o‘zining PSD va PSB fayl formatlarini ishlatadi. Rastrli 
grafikadan tashqari dastur vektorli grafika va 3D grafikalar bilan ishlash uchun 
cheklangan imkoniyatlari mavjud. Photoshop dasturi tasvirlarni piksellar to‘plami 
sifatida yaratadi. Photoshop dasturining mo‘yqalam, aerograf, pero va qalam kabi 
uskunalari yordamida tasvirni rassom kabi xolstda yaratib olish mumkin. Dasturdagi 
barcha uskunalarning xususiyatlarini foydalanuvchi talabiga mos ravishda 
o‘zgartirib olish mumkin. Photoshop dasturining ustunlik tomonlaridan biri bu 
qavatlarning qo‘llanilishi. Har bir qavatni tasvirning qolgan qismiga ta’sir qilmagan 
holda mustaqil ravishda o‘zgartirish va xususiyatlarini belgilab olish mumkin. 
Photoshop dasturining asosiy qo‘llanilish sohasiga tasvirlarni retushlash, matn 
bo‘laklarini o‘z ichiga oluvchi kompozitsiyalarni yaratish, boshqa grafik 
muharrirlarda yaratilgan tasvirlarni tahrirlash, dasturning uskunalari va vositalaridan 
foydalanib chizish texnikasini taqlid qilgan holda tasvir yaratish kiradi. Photoshop 
dasturining asosiy imkoniyatlariga raqamli tasvirlarni qayta ishlash, ranglarni 
sozlash, tasvir nuqsonlarini yo‘qotish, ko‘p qavatli tasvirlarni yaratish, fotomontaj, 
fotokollajlarni yaratish, retushlash va eski rasmlarni tiklash, eskizlar yaratish, 
matnlar bilan ishlash, teksturalar yaratish, tasvirlarni chop etishga tayyorlash, 
tasvirlarning turli standartlari va formatlarini qo‘llash kiradi. 


4

Download 2.91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc

Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish