Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc




Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/72
Sana29.03.2022
Hajmi2.91 Mb.
#19036
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72
Bog'liq
fayl 1727 20210906

Uskunalar paneli 
Photoshop dasturi ishga tushirilganda dastur oynasining chap qismida 
uskunalar paneli joylashadi. Uskuna tugmasining ustida sichqon ko‘rsatkichi 
joylashtirib turilsa ushbu uskuna to‘g‘risida ma’lumot aks ettiriladi: 


17
Uskuna tugmasining pastki o‘ng burchagida uchburchak bo‘lsa ushbu 
tugmasining ostida yashirilgan uskunalar tugmalari joylashganligini bildiradi. Pastki 
o‘ng burchagida uchburchak mavjud uskuna tugmasi sichqon tugmasi bilan bosib 
turilganda uning ostida yashirilgan uskunalar tugmalarini aks ettiriladi: 
Uskunalar panelida joylashgan uskunalarni shartli ravishda yettita guruhga 
bo‘lish mumkin: 
1. Tanlash uskunalari; 
2. Kesish uskunalari; 
3. O‘lchash uskunalari; 
4. Retush uskunalari; 
5. Bo‘yash uskunalari; 
6. Chizish va yozish uskunalari; 
7. Navigatsiya uskunalari. 


18
1. Tanlash uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi: 
- siljitish uskunasi; 
belgilash uskunalari
- ixtiyoriy belgilash uskunalari; 









19
- tez belgilash uskunalari; 
2. Kesish uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi: 
- kesish va qirqish uskunalari; 
3. O‘lchash uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi: 
- o‘lchash uskunalari; 
4. Retush uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi: 
- tiklash uskunalari; 
- klonlash uskunalari; 
- o‘chirg‘ich uskunalari; 
- bulash uskunalari; 


20
- kuydirish uskunalari; 
5. Bo‘yash uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi: 
- qalam uskunalari; 
- tiklovchi mo‘yqalam uskunalari; 
- bo‘yash uskunalari; 
6. Chizish va yozish uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi: 
- pero uskunalari; 
- yozish uskunalari; 
- yo‘nalish tanlash uskunalari; 


21
- geometrik figuralarni chizish uskunalari; 
7. Navigatsiya uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi: 
- boshqarish uskunalari; 
- masshtabni o‘zgartirish uskunasi. 
Photoshop dasturida uskuna qanday vazifa bajarishini ko‘rib olish mumkin. 
Buning uchun uskunalar panelidagi uskuna ustiga sichqon ko‘rsatkichini 
joylashtiriladi. Natijada uskunaning qisqacha tarifi va uskuna bajaradigan amalni 
ko‘rsatuvchi videoni o‘z ichiga oluvchi yordamchi oyna aks ettiriladi: 
Uskunalar panelidagi uskuna to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yordamchi oynani 
aks ettirilishini bekor qilish uchun dasturning Edit menyusi Preferences bo‘limidan 
Tools qatori tanlanadi. Ochilgan dialog oynasidan Use Rich Tooltips elementidan 
belgilanishni olib tashlash kerak: 


22
Photoshop dasturining uskunalar panelida joylashgan uskunalarni o‘zgartirish 
imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagilarning birini bajarish kerak: 
Edit menyusidan Toolbar qatorini tanlash; 
- Uskunalar panelining pastki qismida joylashgan 
tugmani bosib turish 
va natijada ochilgan menyudan Edit Toolbar qatorini bosish kerak. 
Natijada uskunalar panelini o‘zgartirish dialog oynasi ochiladi: 
Ushbu dialog oynasida quyidagilarni bajarish mumkin: 
- uskuna va uskunalar guruhlarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab uskunalar 
panelidagi joyini o‘zgartirish; 
- ortiqcha, ishlatilmaydigan va kam ishlatiladigan uskunalarni Extra Tools 
qo‘shimcha uskunalar bo‘limiga o‘tkazish; 
- qo‘shimcha uskunalar bo‘limidagi uskunalarni ishlatish uchun uskunalar 
panelining pastki qismida joylashgan 
tugmani bosib turish kerak; 


23
- o‘zgartirilgan uskunalar panelini saqlab olish uchun dialog oynasining Save 
Preset tugmasi bosiladi; 
- oldin o‘zgartirilgan uskunalar panelini ochish uchun dialog oynasining Load 
Preset tugmasi bosiladi; 
- uskunalar panelining birlamchi ko‘rinishini qayta tiklash uchun dialog 
oynasining Restore Defaults tugmasi bosiladi; 
- uskunalar panelidagi barcha uskunalar tugmalarini qo‘shimcha uskunalar 
bo‘limiga ko‘chirish uchun dialog oynasining Clear Tools tugmasini bosish kerak; 
- uskunalar panelining pastki qismida joylashgan maxsus tugmalarni aks 
ettirish uchun dialog oynasining ushbu tugmalarini bosish kerak: 

Download 2.91 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc

Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish