|
Ovoz va matn bilan ishlash
|
Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 25,4 Mb. | | #155335 |
Bog'liq 5-sinf informatika 31.Ovoz va matn bilan ishlash
@dars_ishlanma_yangi
Scratch dasturida kichik dialog (muloqot) dasturchalarini yaratish mumkin. - Scratch dasturida kichik dialog (muloqot) dasturchalarini yaratish mumkin.
- Bunday dasturlarda sprayt qahramonlari bilan muloqot olib borish: ular savol bersa, foydalanuvchi javob berishi kabi qiziqarli loyihalarni yaratish mumkin.
- Muloqot dasturlarida foydalanuvchi ixtiyoriy qiymat yoki matnni kiritishi uchun qandaydir buyruq yoki muloqot oynasi bo‘lishi lozim.
Scratch dasturida ma‘lumotlarni kiritish uchun
foydalanuvchi bo‘limidan foydalanishi mumkin.
Bu bo‘limdagi asosiy ko‘rsatmalardan biri bu –
ask … and wait (so‘rash va kutish) buyrug‘i.
Dastur skriptiga shu blok qo‘yilib, dastur ishga tushirilganda, sahna oynasining quyi qismida matn yoki sonni kiritish uchun maydon paydo bo‘ladi.
Foydalanuvchi bu maydonga o‘zining javobini yozadi va ENTER tugmachasini bosadi yoki maydon oxiridagi belgini bosadi.
1-mashq. Dastur ishga tushirilganda ism so‘raydigan va ovoz beradigan skriptni hosil qilish.
Bajarish texnologiyasi:
Dasturni ishga tushiramiz va mushukchani ekran o‘rtasida qoldiramiz.
1
1-mashq. Bajarish texnologiyasi:
Skriptlar oynasiga 1-ustunchadan rasmdagi bloklarni olib o‘tamiz.
2
1-mashq. Bajarish texnologiyasi:
3
Sensing bo‘limidan
blokini olib o‘tgach, sichqonchani matn oynasiga olib boramiz va What is your name? yozuvi o‘rniga o‘zimiz xohlagan savolni kiritamiz.
1-mashq. Bajarish texnologiyasi:
4
Bloklarni joylab bo‘lganimizdan so‘ng dasturni ishga tushirib ko‘ramiz. Bunda mushukcha ism so‘raydi, biz esa quyida joylashgan oynachaga o‘z ismimizni kiritamiz va davom ettirish tugmachasini bosamiz.
2-mashq. Ashula aytib beraymi?
1
Dasturni ishga tushiramiz. Mushukcha spraytini olib tashlamiz va spraytlar kolleksiyasidan Piko spraytini sahnaga joylashtiramiz.
Costumes (kostumlar) bo’limidan uning a, b, c – liboslarini ishlatamiz.
2-mashq. Bajarish texnologiyasi:
Sounds → “Choose a sound” → “VOICE” → “Singer2” musiqasini belgilaymiz.
2
2-mashq. Bajarish texnologiyasi:
3
Code – skriptlar bo’limiga o’tib, quyidagi bloklarni yig’amiz.
2-mashq. Bajarish texnologiyasi:
4
Loyihani ishga tushiramiz va “Piko” deb saqlab qolamiz.
3-mashq. Yangi qahramon – qisqichbaqa spraytini harakatlantirish va unga ovoz berish dasturini tuzish.
Bajarish texnologiyasi:
Dasturni ishga tushiramiz va mushukcha spraytini olib tashlaymiz.
1
3-mashq. Bajarish texnologiyasi:
Shu joyning o‘zida Choose a Sprite→ “Animals” bo‘limida CRAB spraytini tanlaymiz.
1
3-mashq. Bajarish texnologiyasi:
Sounds → Animals → ga o‘tib, CHATTER musiqasini tanlaymiz.
3
3-mashq. Bajarish texnologiyasi:
Skriptlar paneliga o‘tib, rasmdagi dasturni teramiz va kerakli qiymatlarni o‘zgartiramiz.
4
3-mashq. Bajarish texnologiyasi:
SAY blokini o‘rnatgandan keyin, “Привет!” yozuvining o‘rniga “Meni yemang! Mening qaychi qo‘llarim bor” matnini kiritamiz.
5
3-mashq. Bajarish texnologiyasi:
Barcha bloklarni joylashtirb bo‘lgach, dasturni ishga tushiramiz.
6
3-mashq. Bajarish texnologiyasi:
Animatsiya uchun fon tanlaymiz:
Choose a Backdrop → “Underwater” → Underwater 1
7
3-mashq. Bajarish texnologiyasi:
8
Savollar:
1. Skratch dasturida SENSING bloki qanday vazifani bajaradi?
2. Muloqot so‘zlarini yozish uchun qaysi blok tanlanadi?
3. Sprayt kostyumlarini almashtirish uchun qaysi rangdagi blok ishlatiladi?
4. Spraytlarga ovoz qo‘shish qanday amalga oshiriladi?
Topshiriqlar :
Yangi loyixa yarating. Rasmda tasvirlangan qahramon – mushukchaning maktab binosi fonida harakati ssenariysi (algoritmi) va dasturini tuzing.
Uyga vazifa:
1. O‘ngdan chapga, chapdan o‘nga yurib ketayotgan mushukcha har 50 qadamda to‘xtab, “Myau” degan ovoz chiqaruvchi dastur tuzing [bu misolni bajarish uchun “Control” (boshqarish) blokiga murojaat qilinadi].
2. Spraytlar kolleksiyasidan ixtiyoriy qahramonni tanlang va uning ishtirokidagi animatsiya ssenariysini yarating.
|
| |