|
Язык программирования Java
|
bet | 1/7 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 351,43 Kb. | | #252150 |
Bog'liq 7-m Operatsion tizimda tupik (deadlock) tushunchasi Operatsion tizimlar Operatsion tizimda "tupik" (deadlock) tushunchasi - Annotatsiya: Ma’ruzada, tupik (deadlock) tushunchasi, tizim modeli, resurslarni taqsimlash grafi, wait-for (kutish) grafi, tupiklarni qayta ishlash va barataraf qilish, tizimning xavfsizlik holati, bankir algoritmi, tupiklarni aniqlash algoritmlari tushunchalari bayon qilingan.
Kirish - Operatsion tizimlarning muhim vazifalaridan biri – kompyuter resurslarini jarayonlar o’rtasida taqimslash hisoblanadi. Ushbu vazifa bilan chambarchas bog’liq bo’lgan tupik (deadlock) tushunchasi mavjud.
- Ushbu ma’ruzada rusrularni taqimlash va tupiklarni aniqlashga doir tayanch tushunchalar bayon qilingan. “Tupiklarni aniqlash va ulardan qochish metodalari” mavzusida o’rganilgan bilimlarni kengaytirish, - operatsion tizimda resurslarni taqsimlashda tupiklar bilan kurashish metodlari va algoritmlari bayon qilinadi.
Mashg’ulot rejasi Tizim modeli - Tupik (deadlock) – bloklangan (to’silgan) jarayonlar to’plami bo’lib, ularning har biri bir nechta resursga egalik qiladi va ushbu to'plamdan boshqa biron bir jarayonga tegishli resursni kutish holati.
- Tupikning oddiy misolini semaforalar yordamida modellashirish mumkin. Misol uchun, tizimda ikkita P1 va P2 jarayon murojaat qiladigan ikkita A va B tashqi qurilmalar berilgan bo’lsin. Tashqi qurilmalarning har biri sinxronlash maqsadida semaforlar bilan bog’langan va ular ham A va B bilan belgilangan bo’lsin. Semaforlar boshlang’ich holatda ochiq. Jarayonlarning har biriga ikkala qurilma ham kerak bo’lsin, lekin ular qurilmalarga teskari tartibda murojaat qilsin, ya’ni:
|
| |