• Photoshop dasturida izlash
  • Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc




    Download 2.91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/72
    Sana29.03.2022
    Hajmi2.91 Mb.
    #19036
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
    Bog'liq
    fayl 1727 20210906

    Uskuna yo‘riqnomasi 
    Photoshop dasturida muayyan bir uskuna qanday vazifa bajarishini bilib olish 
    uchun uskunalar panelida joylashgan uskuna ustiga sichqon ko‘rsatkichi joylashtirib 
    turilsa dastur ushbu uskuna bajaradigan amallar to‘g‘risidagi qisqa animatsion 
    videoni namoyish etadi. 
    Ushbu yo‘riqnoma animatsiyalarini aks ettirmaslik uchun dasturning Edit 
    menyusi Preferences bo‘limidan Tools qatori tanlanadi va ochilgan xususiyatlar 
    dialog oynasidan Enable Rich Tooltips elementidan belgilashni olib tashlash kerak 
    bo‘ladi. 


    13
    Photoshop dasturida izlash 
    Photoshop dasturi yagona izlash dialogi orqali foydalanuvchi interfeysi 
    elementlari, hujjatlar, yordamchi materiallar, Stock elementlarini izlash 
    imkoniyatini beradi. Izlashni dastur ishga tushirilganidan so‘ng yoki biror bir hujjat 
    ochilgandan so‘ng boshlash mumkin. 
    Izlashni boshlash uchun quyidagilardan birini bajarish kerak: 
    - dasturning Edit menyusidan Search qatorini tanlash; 
    - klaviaturadan Ctrl+F tugmalar kombinatsiyasini bosish; 
    - dastur oynasining hususiyatlar panelining o‘ng qismida joylashgan 
    tugmani bosish kerak bo‘ladi. 
    Photoshop dasturining izlash funksiyasi yordamida quyidagilarni topish 
    mumkin: 
    - Foydalanuvchi interfeysi elementlari: 
    - uskunalar; 
    - panellar; 
    - menyu elementlari; 
    - yangi hujjat andozalari; 
    - ochilgan hujjatlar; 
    - so‘nggi fayllar; 
    - qavatlar; 
    - smart obyektlar; 
    - Yordamchi materiallar; 
    - Stock elementlari. 
    Photoshop dasturining izlash funksiyasi faollashtirilganda quyidagi dialog 
    oynasi aks ettiriladi: 
    Dialog oynasida izlash natijalari quyidagicha tartiblanadi: 


    14
    - All: izlash natijalarini barchasini Foydalanuvchi interfeysi elementlari
    Yordamchi materiallar, Adobe Stock elementlari ketma-ketligida tartiblaydi: 
    - Photoshop: izlash natijalarida dasturning foydalanuvchi interfeysi 
    elementlarini aks ettiradi: 
    Learn: izlash natijalarida yordamchi materiallarni aks ettiradi; 


    15
    Stock: kiritilgan so‘zga mos Adobe Stock tasvirlarini aks ettiradi; 
    Lr(Lightroom)Photos: kiritilgan so‘zga mos keluvchi Lightroom tasvirlarini 
    izlash, filtrlash, tartiblash va import qilish imkonini beradi; 


    16
    Izlash natijalari tanlanganda Photoshop dasturi tanlangan element turiga qarab 
    quyidagi amallarni bajaradi: 
    Qavat: qavatni tanlaydi va qavatlar panelida uni aks ettiradi; 
    - Uskuna: uskunani faollashtiradi va foydalanuvchi interfeysida uning 
    elementini ajratadi; 
    Panel: panelni aks ettiradi va faollashtiradi, uni ajratadi va ochadi; 
    Menyu buyruqlari: buyruqni bajaradi; 
    Yaqin orada ishlangan fayl: faylni ochadi; 
    Ochiq hujjat: hujjatni joriy qiladi;
    Yordamchi materiallar: brauzerda yordamchi materialni ochadi; 
    - Stock elementi: tasvir elementini yuklab oladi va faol Creative Cloud 
    bibliotekasiga qo‘shadi. 

    Download 2.91 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




    Download 2.91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc

    Download 2.91 Mb.
    Pdf ko'rish