Rasmiy uslub




Download 37.36 Kb.
bet8/15
Sana27.10.2022
Hajmi37.36 Kb.
#28294
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
7-MAVZU
dddd, 10- sinf Fizika 2-chorak, kapital qojilmalar auditi, 2- Amaliyot topshiriq, 2, noinertsial, 12 – amaliy mashg’ulot, 1-маъруза (2), Tactics for Listening - Basic - Student Book (2), TSTNK FAN (1), Документ (7), 12-ma’ruza. Kiritish-chiqarishni boshqaruv tizimi. Reja, 4720 (3), 14-Yanvarga
Tushuntirish xati xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir.
Tushuntirish xati ichki va tashqi xususiyatga ega. Tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda, u ko‘pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar , loyihalar)ga ilova tarzda bo‘lib, mazkur hujjatni umuman yoki uning ba’zi o‘rinlarini qisman izohlab, tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek muassasada bo‘lib o‘tgan voqea –hodisaga, rahbarning ba’zi xatti-harakatiga, rejalashtirilgan ishlarning bajarilmay qolishiga ham izoh beradi va dalillaydi. Demak, bu holda tushuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi, shunga qaramay u muassasa xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi. Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, shirkat xo‘jaligi a’zosi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy qog‘ozga yoziladi.Shaxsiy tushuntirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelishi, unga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasi qo‘llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa, qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin.
Tashqi, xizmat yuzasidan korxona, muassasa va hokazolar nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozda rasmiylashtiriladi va ularning to‘liq nomi ushbu qog‘ozda aks etadi.Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbar yoki xodimning e’lon to‘liq nomi deyilganda, u ishlaydigan (o‘qiydigan) bo‘linmaning nomi, shaxs lavozimi, ismi, ota ismining bosh harflari va familiyasi nazarda tutiladi. TILXAT – pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yohud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
Namuna

TILXAT
Men, Toshkent davlat madaniyat va san’at institutining xo’jalik ishlari bo‘limining mudiri Bahodir Olimov, Toshkent milliy cholg‘u asboblari zavodining tayyor buyumlar ombori mudiri Erkin Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umumiy bahosi 813500 (sakkiz yuz o‘n ming besh yuz) so‘m bo‘lgan 30 (o‘ttiz) dona rubobni qabul qilib oldim.

0000.00.00 (imzo) B.N.Olimov




Download 37.36 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 37.36 Kb.