tushuncha
axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiya
tizimlari, sotsiologiya va boshqa sohalarda qo‟llaniladi.
Interaktiv xizmatlar tushunchasi
. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy,
ma'naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan
ko‟riladigan manfaat mavjud bo‟lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi.
Ya„ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan
deb tushuniladi.
Internet tarmog‟i orqali ko‟rsatiladigan interaktiv xizmat turlari. Hozirgi vaqtda,
hukumatimiz tomonidan interaktiv xizmatlarni shakllantirish, tashkil etish va ularni
boshqarishga katta e„tibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlarni tashkil etishning eng tez
va yaxshi yo‟li, bu, ularni internet tarmoqlari orqali amalga oshirish hisoblanadi.
Internet tarmog‟i orqali ko‟rsatiladigan interaktiv xizmat turlariga quyidagilar
kiradi:
Transport vositalarning harakatlanish jadvali. Respublikadagi transport vositalarini
harakatlarini ifodalash jadvali bir nechta saytlarda berilgan. Foydalanuvchi saytdan
o‟ziga maqul transport vositalarini qatnovi jadvallari haqidagi ma„lumotlarni topadi.
Quyida ushbu veb sahifalarni keltirilgan:
- sayyohlar uchun mo‟ljallangan veb sahifa;
- toshkent shahridagi transport vositalari haqidagi veb sahifa;
- O‟zbekiston transport qatnovi reys jadvallari
sahifasi.