6-rasm. ICQ oynasini ko
’rinishi
Tvitter ommaviy axborotlarni jo‟natish tizimi
, undan to‟g‟ri foydalanish.
Internet tarmog‟ida Blog degan tushuncha ko‟p uchraydi. Bu blogda har bir
foydalanuvchi o‟z fikrini qoldirishi va shu fikriga tahlillarni olishi mumkin. Tvitter
fikr almashish uchun mo‟ljallangan kichkina blog hisoblanadi.
Kichkina blog
deyilishiga sabab belgilar soni 140 tani tashkil etadi, ya„ni siz 140 tadan ortiq belgini
kirita olmaysiz. Shundan qilib Tvitter axborotlarni jo‟natish
tizimi veb sayt orqali
matn xabarlarni, SMS xabarlarni, tabriklarni, minnatdorchiliklarni
hamda shunga
o‟xshash turli ma„lumotlarni jo‟natish mumkin. Shuni unutmang - siz jo‟natgan xabar
yoki ma„lumot barchaga Internet orqali ko‟rinadi va imkonli bo‟ladi. Shuning uchun,
xabarlarni yozishda va jo‟natishda axborotlardan foydalanish
va ishlash madaniyati
qoidalariga rioya qiling.
Internet orqali muloqot qilish va izoh qoldirish madaniyati. Axborot saytlari
tomonidan taklif qilinayotgan yoki ushbu axborot saytidan foydalanishingiz oqibatida
paydo bo‟layotgan
barcha sharhlar, o‟zaro aloqa, taklif va fikrlar axborot saytining
shaxsiy mulki hisoblanadi va bulardan axborot sayti tomonidan istalgan yerda va
istalgan maqsadda dunyoning istalgan yerida sizning
ruxsatingizsiz bilan ham
foydalanish mumkin. Shuning uchun saytlarda o‟zingiz to‟g‟ringizdagi ma„lumotlarni
kiritishda yoki materiallarga izohlar kiritishda ehtiyot bo‟ling. Izohlar qoldirishda
birovning nafsoniyatiga tegadigan ma„lumotlarni, har xil nojo‟ya so‟zlarni yozishdan
saqlaning. Axborotdan foydalanish madaniyatiga rioya eting.