11
aloqalarning mohiyatiga, har bir kishining iqtisodiy o‘zaro aloqalarga kirishishga
majbur qiladigan asosiy harakatlantiruvchi kuch – ehtiyojlarga yaqinlashmoqda.
Raqamli iqtisodiyotdagi elektron tijoratning boshqaruv jarayoni (professional
kadrlar orqali) – o‘zaro aloqalarni boshqarishningkomp’yuterlashtirilgan tizimi
bo‘lib, insoniyatning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish borasida elektron
ma’lumotlardan faol foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni olib boradi.
Masalan, unda tizim faoliyatini bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil qilish, ijro
etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan. Ya’ni, mamlakatni
rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish uchun ma’lumotlarni
to‘plash va tahlil qilish asosida xalq xo‘jaligi majmuini boshqarishning umumiy
integrallashgan tizimi bo‘lishi lozim. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi paytda
raqamli olam va jismoniy (yoki moddiy) olamlar kundan-kunga bir-biriga tezkorlik
bilan yaqinlashib kelmoqda. Bu ikki olamning jipslashuvi, oxir-oqibat, o’zaro
bog’liqlik tushunchasi katta ahamiyat kasb etuvchi idrokli olamga olib keladi.
Global raqamlashtirish jarayoni esa jismoniy shaxslar, korxonalar va
hukumatlarning barqaror o’sishi va ularga qulaylik yaratishni ta’minlagan holda
tezligini oshirishda davom etmoqda. Bunday lobal raqamlashtirish sharoitida
rivojlanishning sust bo’lishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida regress holatini
keltirib chiqarishi mumkin. Bu mamlakatlarga faqatgina yetakchi tajribalar
yaratishda yangi raqobatbardosh ustunliklarni, yangicha g’oyalarga asoslangan
qarorlarni qidirib topishni ta’minlovchi o’sish jarayoni yordam beradi, xolos.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatayaptiki, elektron tijorat sohasidagi information tizimlarga
kiritilgan investitsiyalardan tushadigan asosiy foyda iqtisodiyot rivojlanishiga
sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Misol sifatida shuni ko’rsatish mumkin: 2017 yili