• FOREKS tizimida ishlashdagi firibgarliklar
  • Uyda ishlash taklifi bilan bog’liq firibgarliklar




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet165/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    Uyda ishlash taklifi bilan bog’liq firibgarliklar 
    Bunda uyda o’tirib qolgan va ishsiz kimsalar uchun internetda yoki 
    kompyuterda ishlab, pul topish takliflari aytiladi. Bu takliflar qandaydir matnlarni 
    komp’yuterda terish, uyda yigilishi mumkin bo’lgan konstruktsiyalar tayyorlash, 
    elektron pochta ma’lumotlarni qayta ishlash yoki ko’rib chiqish, komp’yuter 
    dasturlari yozish, konvertlar tayyorlash va shu kabi uyda masofaviy rejimda 
    bajarilishi mumkin bo’lgan ishlar bo’lishi mumkin. Bunday takliflar elektron 


    240 
    e’lonlar doskalarida, forumlarda, maxsus saytlarda, sizga jo’natilgan elektron 
    pochta ma’lumotlarida va boshqalarda bo’lishi mumkin. Firibgarlar o’z manzillari 
    sifatida faqatgina internetdagi adreslarini ko’rsatishgan bo’ladi xolos. Sizdan 
    rozilik olganlaridan sung, ko’rsatilgan manzilda qayd qilinish uchun yoki 
    keyinchalik qaytirish sharti bilan qandaydir kattalikdagi registratsion vznos, 
    ishingiz uchun xomashyo sifatidagi detallar sotib olishga yoxud kafolat uchun 
    qandaydir pul summasi junatishingizni so’raydilar. Pul junatganingizdan so’ng, 
    firibgarlar siz xaqingizda batamom unutadilar yoki yana qandaydir bir laqillatish 
    usulini o’ylab topadilar. Bunday firibgarliklarni tekshirish uchun kompaniyani 
    qayd qilinishi bo’yicha xujjatlarni, aloqa telefonlarni, kompaniya manzilini so’rash 
    mumkin. Bular bo’yicha javob berilmaydi va bu xolda siz bilan aloqalar xam 
    darxol tugatiladi.
    FOREKS tizimida ishlashdagi firibgarliklar 
    Valyuta almashtirish bo’yicha turli xildagi ishlarni amalga oshiruvchi 
    FOREKS tizimida ishlashni boshlaganlar uchun bu ish avvalida ancha murakkab 
    bo’lgani uchun ular ishonch bo’yicha boshqaruvchilarni (
    trast management)
    qidira 
    boshlaydilar. Ya’ni ular tajribali treyderlarni topib, valyuta korzinasi kapitallarini 
    boshqarishni va bu orqali yaxshigina pul ishlab olishni nazarda tutib, ularga 
    shartnoma asosida qandaydir vazifalar topshirishga urinadilar. Ammo bu yerda 
    xam barcha soxalarda bo’lgani singari, aldov va firibgarlik elementlari mavjud. 
    Ushbu tizimda ishonchli va tajribali treyderlardan tashqari, investorlarni aldab, pul 
    topishga urinadiganlar yetarlicha miqdorda topiladi. Bu tizimda ishlashda investor 
    bilan treydur orasidagi shartnoma olingan foydani qandaydir nisbatda yoki teng 
    ikkiga bo’lish shartlari orqali amalga oshiriladi. Agarda zarar ko’rilsa, u xolda 
    zararning maksimal miqdori foizi xam shartnomada ko’rsatilib o’tiladi. Zarar 
    miqdori shundan oshib ketsa, treyder o’z faoliyatini to’xtatadi. Shunday qilib, eng 
    boshdanoq treyder biroz noqulay xolatga tushib qoladi. Chunki agar foyda olinsa, u 
    foydani treyder bilan birgalikda bo’lishadi, ammo agarda zararga duch kelinsa, 
    treyder buning uchun javobgar bo’lmaydi. Shuning uchun ishonch vositasida 
    boshqaruvchda investor uchun eng yomon xolat – o’z pulining ma’lum bir qismini 


    241 
    yo’qotish, treyder uchun eng yomon xolat esa – o’z ishi uchun pul ola-olmaslikdir. 
    FOREKS da ishlashda firibgarlik sxemasi quyidagicha bo’lishi mumkin: Firibgar 
    bir qancha investorlarni topadi va ularning pullarini boshqarish uchun qabul qiladi. 
    U biror bir investorning hisobraqamida boshqalar uchun savdo olib boradi va ular 
    bilan ishlangan pulni bo’lishadi. Qolgan investorlar esa bunday qilinayotganini 
    bilmaydilar xam. Zarar miqdori shartnomada kelishilgan kattalikka yetganida 
    ushbu hisobraqami bilan ish tugatiladi. Foyda olingan hisobraqamidagi mablag’dan 
    esa treyder o’ziga tegishli foyda bo’lagini bemalol olaveradi. 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uyda ishlash taklifi bilan bog’liq firibgarliklar

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish