• Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar xaqida
  • Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet161/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    *.exe, *.com
    kengaytirgichli bajariluvchi fayllardir. Ular 
    *.doc, *.xls
    ko’rinishidagi makroprotseduralarga ega bo’lib, zararlanish oqibatida kompyuter 
    ishini izdan chiqaradigan xolatga kelib qoladilar. Tarmoq chuvalchanglari esa zarar 
    keltiradigan dasturlar turiga mansub bo’lib, ular boshqa fallarning bir qismi emas, 
    balki aloxida mustaqil fayllar ko’rinishida bo’ladilar. Bunday dasturlar lokal va 


    235 
    global tarmoqlar yoki elektron pochta orqali tezlik bilan tarqalib, ko’payib 
    ketadilar. Chuvalchang virusi sizning ruxsatingizsiz sizning pochtangizdagi 
    elektron adres kitobingizdagi barcha manzillarga qandaydir ma’lumotlar jo’natishi 
    yoki xavfli amallarni xosil qilishi mumkin. Troyan dasturlari ko’paymaydilar, 
    o’zlari biror bir ma’lumot jo’nata olmaydilar va kompyuteringizdagi 
    ma’lumotlarni o’chira olmaydilar. Ammo ular turli xil xavfli amallarni bajarib, 
    sizga katta talofat yetkazishlari mumkin. Troyan dasturining asosiy maqsadi 
    kimlargadir sizning kompyuteringizga kirish va uni o’z maqsadlarini amalga 
    oshirish uchun boshqara olish imkoniyatini yaratishdir. Bu ish sizga 
    bilintirilmasdan, asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi. Troyan dasturi faoliyati 
    natijasida sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, biznes goya va ma’lumotlaringiz yoki 
    qandaydir yozishmangiz internetda raqobatchilarga yoki barcha xalq ommasiga 
    oshkor bo’lib qolishi mumkin. Yoki turli xil elektron to’lov tizimlaridagi 
    pullaringiz qaergadir g’oyib bo’lib qolishi mumkin. 
    Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar xaqida 
    Turli xil bayramlararafasida, ayniqsa, yangi yil bo’sagasida ijtimoiy 
    tarmoqlarda ishlovchi ko’pchilik insonlarga turli xil shahslardan yoki kontakt listga 
    yozilgan «
    dust
    »lardan biror bir resursga kirish va unga ovoz berish so’ralib, 
    natijani qisqa SMS orqali jo’natish suraladi. Shundan foydalangan xolda firibgarlar 
    o’z chirkin niyatlarini amalga oshiradilar. Bunday firibgarliklarning to’riga tushib 
    qolmang va ko’rsatilgan raqamga SMS ma’lumoti jo’natmang. Taklif qilingan 
    resursga o’tish kompyuterga xavfli virus tushib qolishiga olib kelsa, ko’rsatilgan 
    raqamga SMS jo’natish hisob raqamida kattagina pul mablagning yo’qotilishiga 
    olib keladi. Ijtimoiy tarmoqdagi sizning saxifalaringizga va elektron pochtangizga 
    ruxsatsiz kirishlarning oldini olish uchun hamda firibgarlarning sizga zarar 
    yetkazishi mumkin bo’lgan xatti-xarakatlaridan himoyalanish uchun quyidagi 
    chora tadbirlarni ko’rishingiz tavsiya etiladi: 

    Elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlarda kimningdir sizga biror bir amalni 
    bajarish xaqidagi ko’rsatmalarni bajarishga shoshilmang; 


    236 

    Sizga ma’lumot yuborgan «
    do’stingiz
    » yoki muallifdan elektron xabarni 
    xaqiqatan ham u yuborganmi yoki yo’qligini aniqlashtiring; 

    Agarda ijtimoiy tarmoqdagi saxifangiz (
    yoki do’stingizning saxifasi

    begonalar tomonidan ochilgan bo’lsa, darxol elektron pochta va ijtimoiy 
    tarmoq parollarini o’zgartiring xamda kompyuteringizni viruslar bor yoki 
    yo’qligiga tekshirib ko’ring; 

    Kompyuteringizga sinovdan o’tgan va ishonchli antivirus dasturlarni 
    o’rnating hamda internetdan foydalanish bo’yicha xavsizlik qoidalariga 
    qat’iy rioya qiling. 

    Mobil telefon raqamidan foydalangan xolda insonning qaerdaligini aniqlab 
    beradigan imkoniyatlardan foydalanishda juda extiyot bo’ling! 
    Chunki 
    keyingi vaqtlarda internet tarmogida bunday takliflar ko’payib ketayapti. 
    Buning uchun firibgarlar ko’rsatilgan nomerga SMS va hisob raqamiga pul 
    o’tkazishni so’raydilar. Shu ma’lumotlardan foydalanib, tarmoq firibgarlari 
    hisob raqamingizdan kattagina pul mablagini o’marib ketadilar. Mobil 
    telefon raqami bo’yicha insonning qaerda ekanligini aniqlash mumkin, 
    ammo bu ishni mobil aloqa kompaniyasi operatori ruxsati bilan, ko’rsatilgan 
    talablarga mos ravishda amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ham agar 
    bunday taklif boshqa insonlardan chiqsa, ularni firibgar deb hisoblashdan 
    o’zga chora yo’q. 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish