• Juda xam ajoyib firmada ishlash taklifi
  • Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet171/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    «Tekinga mobil telefon oling» 
    Xozirgi paytda bunday firibgarliklarning ikki xil usuli mavjud: Ularning 
    birinchisini internet magazinlar ishlatishsa, ikkinchisini kim oshdi savdosi 
    o’tkazish baxonasi bilan ishlatishadi. Internet-magazinlar o’z saytlarida eng yangi 
    mobil telefonni yutib olish mumkin bo’lgan tadbir o’tkazilishini reklama qilib, 
    bunda ishtirok etish uchun ulardan, masalan, ikkitagina musika diski sotib olishni 
    taklif qiladilar va kim sotib olsa, ular orasida telefon yutib olish bo’yicha tanlov 
    o’tkaziladi deydilar. Siz albatta yutmaysiz xam, kim yutganini bilmaysiz xam. 
    Chunki bu tanlov magazinga xaridorlarni jalb qilish uchungina o’tkaziladi. Agar 
    kimdir yutsa xam, u odam magazin bilan oldindan kelishib olgan odam bo’lib 
    chiqadi. Bir oz vaqtdan so’ng, uning yutib olgani reklama qilinib, yana boshqa 
    laqmalar bu tanlovga jalb qilinadi. Ikkinchi usulda firibgarlar sizga ma’lum bir 
    telefon nomeriga SMS-xabar jo’natishni taklif qiladilar va kim ko’proq xabar 
    yuborsa, o’sha eng yangi modeldagi mobil telefon egasi bo’ladi deb ishontiradilar. 
    Siz biror muddat SMS-xabarlar jo’natganingizdan so’ng, sizga «
    Eng oldindasiz, 
    tezrok xarakat kiling, liderdan 1-2 tagina xabar orqadasiz
    » degan ma’noda SMS-
    xabarlar kela boshlaydi. Siz yana xam qiziqib ketib, SMS-xabarlar jo’nataverasiz. 
    Tanlov tugaganidan so’ng, sizga «
    Ishtirokingiz uchun katta raxmat, siz 222 ta 
    xabar jo’natdingiz, yutuq esa 223 ta xabar joqnatganga berildi. Yana bir marta 
    ishtirok etishingiz mumkin – sizning omadingiz kelishiga biz astoydil ishonamiz
    » 
    degan ma’lumot keladi.
    Juda xam ajoyib firmada ishlash taklifi 
    Sizga qandaydir firma nomidan ish taklif qilinadi va buning uchun kerakli 
    xujjatlarni xamda qandaydir miqdordagi pulni jo’natish taklif qilinadi. Bu firmaga 
    ishga kirish uchun ular bilan birgalikda ish olib boradigan biror bir joyda 


    248 
    malakangizni oshirish, test topshirish yoki sertifikat olish xam taklif qilinishi 
    mumkin. Bu ish nima uchun qilinganinin tushungan bo’lsangiz kerak – tushungan 
    odamning sadag’asi bo’laylik! 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish