281
bilan ish olib borilganida Litecoinning kursi Bitcoinning kursiga bog’liq
ekanligi kuzatiladi. Bu ularning bir biriga bog’liqligidan emas (
chunki ular bir-
biriga bog’liq bo’lmagan valyutalardir
), balki Bitcoin va Litecoinga bo’lgan
talab va taklifning o’zaro balansi natijasida paydo bo’ladi. Kriptovalyutalarning
kurslarini umuman bashorat qilib bo’lmaydi
va xolat istalgan daqiqada
batamom o’zgarib ketishi mumkin. Ayniqsa bu xolat 21 million bitkoinlar ishga
tushib ketgandan so’ng yaqqol kuzatiladi.
Laytkoinlarning keyingi vaqtda kuzatilgan katta muvaffaqiyati quyidagilarda
deb ta`kidlashimiz mumkin:
1. Kipr davlatining o’z iqtisodiyotining ayrim qismlarni bitkoinlarga
o’tkazishni rejalashtirganligi;
2. Kriptovalyutaga juda katta pullar oqimining kirib kelganligi.
Ularning
kapitalizatsiyalashuvi bir necha milliard AQSH dollaridan oshib ketdi;
3. Ko’pchilik insonlarning 100 sumga ham, 3
dollarga ham bitkoin sotib
ollolmaganliklari ularning bitkoin millionerlari bo’lish imkoniyatlarini batamom
yo’qqa chiqarganligi, laytkoinga bo’lgan umidni oshirdi;
4. Shuning uchun ham bitkoindan keyingi ikkinchi alternativ kriptovalyuta –
laytkoinning obrusi orta boshladi. Ushbu bozorda faoliyat ko’rsatayotgan ko’pchilik
insonlar laytkoin ham bitkoinning muvaffaqiyatini qaytarishiga va u ham 1000
dollargacha kattalikka o’sa
olishiga ishonadilar;
5. Kriptovalyutalarning asosiy birjalari o’zida laytkoinlardan ham
foydalanish mumkinligini bildirdi;
6. Yuqoridagi ko’rsatilgan sabablar tufayli ko’pchilik
insonlar yaxshi umid
bilan laytkoinlarni faol ravishda sotib ola boshladilar.
Xozirgi davrdagi asosiy kriptovalyutalarning qisqacha tavsifi quyidagi
jadvalda keltirilgan:
Valyuta
Kod
Yaratil
gan
vaqti
Muallif
Faollik
Sayt
Xesh
Izox
282
Bitcoin
BTC
2009
Satoshi
Nakamoto
Ha
bitcoin.org
SHA-256
Birinchi va eng ommabop
kriptovalyuta, proof-of-work
Litecoin
LTC
2011
Coblee
Ha
litecoin.org
Scrypt
proof-of-work
Namecoin NMC
2011
Vinced
Ha
dot-bit.org
SHA-256
proof-of-work.
Markazlashmagan DNS
sifatida, internet-tsenzurani
qiyinlashtirish maqsadida
Kriptovalyutalarning ba`zi bir xususiyatlarini va internet manzillarini quyida
qisqacha tavsiflab o’tamiz: