• Yandex.Metrika ning LogsAPI relizi hal qilib bera oladi. Bunday vazifani hal qila oladigan yana bir uskuna Google Analitics
  • Google 2016 yilda Firebase Analitics ni taqdim qildi, Yandex esa AppMetrica ni rivojlantirdi, AppsFlyer
  • Google Play yoki AppStore
  • Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet252/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    Metrika
    va 
    Google Analitics 
    tizimlarining standart 
    hisobotlari yetishmayapti. Sayt foydalanuvchilarining boshlang’ich harakatlari 
    haqidagi ma’lumotlarni yig’ib va qayta ishlab beradigan tizimlarga ham katta talab 
    mavjud. Bu vazifani 
    Yandex.Metrika
    ning 
    LogsAPI
    relizi hal qilib bera oladi. 
    Bunday vazifani hal qila oladigan yana bir uskuna 
    Google Analitics
    dagi 
    BigQuery
    bilan 
    OWOX BI Smart Data
    ning integratsiyasidir. Ushbu yechimlar 
    natijasida foydalanucvhining birinchi tashrifidan uning maqsadli harakatigacha 
    barcha tashriflarini hisobga olish hamda uning unikal identifikatori vositasida u 
    haqdagi to’liq ma’lumotni yig’ish mumkin bo’lib qoldi.
    Bi sohadagi yana bir trend – mobil trafikning ko’payishi va mobil analitikaning 
    rivojlanishidir. 
    Google
    2016 yilda 
    Firebase Analitics
    ni taqdim qildi, 
    Yandex
    esa 
    AppMetrica
    ni rivojlantirdi, 
    AppsFlyer
    va shunga o’xshash tizimlar ham 
    rivojlanib borayapti. Mobil trafik bilan ishlash veb-ga nisbatan ancha murakkab
    bunda kerakli ilovalar 
    Google Play 
    yoki 
    AppStore 
    magazinlaridan o’rnatiladilar. 


    364 
    Digital-analitikadagi yana boshqa trendlar qatoriga ma’lumotlar yig’ishning borgan 
    sari avtomatlashuvi va digital-analitikning analitika tizimlari arxitektori bo’lib 
    borishini kiritish mumkin. Demak digital-analiticsda o’ziga hos qarama-qarshilik 
    yuzaga keladi: digital-analitikning ishi borga sari avtomatlashaveradi, ammo unga 
    hal qilinishi kerak bo’lgan masala yoki muammolarni baribir inson tomonidan 
    qo’yiladi. Chunki bu ishni mashina hozircha uddalay olmaydi. Bu borada amerika 
    aloqa operatori 
    Sprint
    da ro’y bergan bir hodisani eslab qo’yish mumkin. Bu 
    kompaniya hamkorlik foydasiz bo’lib ko’ringan mijozlar bilan shartnomani 
    to’xtatadilar. Ularning bir mijozi teskari aloqaning tez-tez uzilib turishi bo’yicha 
    hizmat ko’rsatih guruhida shikoyat qilgan. Aloqa sifati pastroq darajada ekanligi 
    tufayli liniyada uzilib turishlar ko’proq bo’lgan. Kompaniya bu mijoz uchun koll-
    markazga bo’lgan qo’ng’iroqlar sonini tahlil qilgan xolda, ularni qayta ishlash 
    qiymatini va daromadni hisoblab, foyda keltirmaydigan mijoz bilan kontraktni 
    bekor qilishgan. Lekin 
    Sprint
    kompaniyasining xodimlari mijoz nima uchun 
    ularga murojjat qilganining sababini tahlil qilmaganlar va shuning uchun ham 
    aloqa sifati muammosini hal qilmaganlar. Bir qancha vaqt o’tganidan so’ng, 
    kompaniya o’z forumini tahlil qilgan holda shuni aniqladiki, ushbu mijozning
    biznes rahbari bo’lgan eri o’zining barcha korporativ nomerlarini boshqa aloqa 
    operatoriga o’tkazgan. Demak, 
    Sprint
    kompaniyasi mashinaning bergan 
    ma’lumotlariga tayangan xolda, foyda keltirib turgan bir qancha mijozlardan 
    mahrum bo’lgan ekan. Hozirgi davrda digital-analitik tizimning loyihachisi va 
    arxitektori bo’lgani bilan bu texnologiyani real hayotning boshqa jihatlari bilan 
    to’ldirib turuvchi inson tafakkuri to’ldirib turishi kerak. Bu mulohazalar natijasida 
    digital-analitikaning rivojlanishida quyidagi tendentsiyalarni ham ajratib 
    ko’rsatishimiz mumkin: 

    Tavsiflash analitikasidan prediktiv va ko’rsatma analitikaga o’tish; 

    Baho berishda nafaqat sotuvlarni, balki foydalanuvching hatti-harakati va 
    profilini ham hisobga olish kerak; 

    Bu sohadagi eng yuqori baholanadigan ko’nikmalar jumlasiga tizimlilikni va 
    strategik fikrlashni kiritish mumkin. 


    365 
    2019yildanboshlab, mashoratlarga bo’lgan talab yanada ommaviy bo’lib 
    borishi kutilmoqda. Shuning uchun ham analitiklarga dasturlar asoslarini va 
    mashinaviy ta’lim asoslarini bilish talab etiladi. Chunki bu bilimlar analitiklarga 
    bashorat qilishda katta hajmdagi ma’lumotlardan foydalanish va ularning aniqligini 
    orttirish imkonini beradi. Keyingi yillarda metrikalarga bo’lgan yondoshuv ham 
    o’zgarib borayapti. Bir necha yillar oldin kompaniyalarning taxminan 70 foizi 
    hairdo bilan birinchi muloqotdan to uning mahsulot (
    yoki hizmat
    ) sotib olishigacha 
    buldan zanjirni tahlil qilganlar va shuning uchun ham konversiyani tushunmasdan, 
    mahsulotni bozorda ilgari surishda nimalarga e’tibor qararishni yaxshi 
    tushunmaganlar. Hozirda endi konversiyani hisoblashdan tashqari, reprezentativ 
    metrikalarni tanlay olish, har bir harakat uchun kaskadli biznes maqsadlarini 
    aniqlash talab etiladi. Tizimli bo’lmagan va o’ylamasdan qilingan qadamlardan 
    iborat bo’lgan digital-marketing bugungi kun talablariga javob bermay qo’ydi. 
    Analitik ish yo’lga qoyilmagan va 
    KPI
    o’rniga alohida ko’rsatgichar 
    hisoblanadigan kompaniyalar soni borgan sari kamayib bormoqda. Tizimli 
    bo’lmagan holda ishlaydigan, alohida usul va uskunalarnigina tushunadigan
    intuitive ravishda harakat qiladigan va kompleks ravishda fikrlay olmaydigan 
    analitiklarga zamonaviy bozorda o’rin qolmaydi. Ularning o’rniga mantiqni, 
    tizimlilikni tushunadigan va strategik yondoshuvga ega bo’lgan yangi avlod 
    vakillari keladi. Strategik fikrlashga, ma’lumotlarni tizimli tahlil qilishga va 
    zamonaviy analitik usullarni tushunishga «

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish