Bog'liq Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
partiyada mahsulotlar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday
turdagi ishlab chiqarish maqkazlashmagan ishlab chiqarish degan nomni olgan –
distributed manufacturing (
Zaxarov A. 3D-ishlab chiqarish//RBK, yanvar-fevral 2017. Str.21 ).
Hozirgi zamonda robototexnikaning evolyutsiyasi shunga olib keldiki, endi
ular nafaqat oddiy operatsiyalarni bajara oladilar, balki ular insonlarning ovozlarini
taniy oladilar, harakatlarini kuzata oladilar va sun’iy intellektga egadirlar. Bular
hodimlar va ishchilar bilan birgalikda ishlay oladigan avtonom robotlaridir.
ABB firmasining
YuMI deb nomlangan poboti mahsulot mahsulot yig’ish konveerida
boshqa ishchilarning qo’llari konturlarini va yig’ilayotgan mahsulotning tarkibiy
qismlarini taniy oladi. Kaliforniya shtatidagi
Tesla avtomobillari zavodida 160
nafar universal ishlab chiqarish robotlari haftasiga 400 ta avtomobil yig’adilar.
Robototexnika halqaro federatsiyasining ma’lum qilishicha 2000-2012 yillarda
ishlab chiqarish robotlarining sotish hajmi 60% dan ortiqroq miqdorga o’sdi (
Ford M. Robotlar hujum qilayaptilar. M.: Alpina non-fikshn, 2016. str.21 ). Yaponiyada
esa robotlar hizmat qiladigan mehmonhonalar juda ommabop hisoblanadi. Bu
yerlarda robotlar ovqat pishiradilar, idish yuvadilar, yig’shtiradilar, kofe
tayyorlaydilar, yo‘lovchilarga yordam ko’rsatadilar. Misol sifatida yaponiyaning
sushi-restoranlar tarmog’i
Kura ni keltirish mumkin. Unda robotlar sushi
pishirishga yordam beradilar, ofitsiyantlar hizmatini qiladilar, hisob varaqlari
503
tayyorlaydilar va boshqa amallarni bajaradilar. Avtomatlashtirishga asoslangan
tizimga o’tish tufayli
Kura bir tarelka sushining narxini bir dollargacha tushirishga
mufaffaq bo’ldi, bu esa raqobatchilar oldida katta afzallillarga erishishga imkon
berdi. (
http://www.nytimes.com/2010/12/31/business/global/31sushi.html
). Shu
turdagi boshqa robotlarga misol sifatida ikki o’lchamli ko’rish tizimiga ega bo’lgan
robot